kovolent bog`lanish
ion bog`lanish
metall bog`lanish
vodorod bog`lanish
Kovolent bog`lanish
Metalmas atomlari orasida yuzaga keladi va elektron juftlar hisobiga ya`ni toq elektronlarning qo`shilishi hisobiga yuzaga keladi.
Kovolent bog`lanish “to`yinuvchanlik” va “yo`naluvchanlik” xossalariga ega ya`ni element atomlari elektron olib to`yinadi(to`yinuvchanlik) va shu atomlar o`rtasida yuzaga kelgan juft elektron qaysidur atom tomon tortilsa (elektromanfiyligi katta atom tomon) bu yo`nalgan bo`ladi
Masalan: H
Kovalent bog`lanish 2 ga bo`linadi:
qutibsiz kovolent bog`lanish
qutibli kovolent bog`lanish
bundan tashqari donor akseptor bog`lanish ham mavjud.
Qutubsiz kovolent bog`lanish
Bir xil metalmas atomlari o`rtasida yuzaga keladi yoki N.E.M (nisbiy elektromanfiylik) lari bir-biiga juda yaqin bo`lgan metalmas atomlari orasida yuzaga keladi ya`ni N.E.M lar ayirmasi “0” dan “0,4” gacha bo`lsa
Masalan: H2, Cl2, O2, N2, H3P, CS2, S8
Xususiyatlari: Qaynash-suyuqlanish temperaturasi juda past, eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o`tkazmaydi (noelektrolit), qutubli erituvchilarda erimaydi(masalan, H2 suvda erimaydi), qutibsiz erituvchilarda yaxshi eriydi (masalan, H2 kislorodda yaxshi eriydi), to`yinivchanlik xususiyatiga ega , yo`naluvchanlik xossasiga deyarli ega emas.
Dostları ilə paylaş: |