Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   171
zoologiya 7 uzb

Qorin bo‘limi.
Bronza qo‘ng‘izining qorin bo‘limi 8 ta bo‘g‘im-
dan iborat. Qornini yelka tomondan ustki qanotlar yopib turadi. 
Ustki qanotlar ostidan faqat qorinning uchki qismi chiqib turadi. 
Qorin bo‘g‘imlari tanasining ostki tomonidan ko‘zga tashlanadi. 
Qorin bo‘limi ko‘krak bilan harakatsiz qo‘shilgan.
1. Bronza qo‘ng‘izining tanasi qanday bo‘limlardan iborat?
2. Qo‘ng‘izning bosh bo‘limi qanday tuzilgan?
3. Qo‘ng‘izning og‘iz organlari qanday tuzilgan?
4. Hasharotlar ko‘zlari qanday tuzilgan?
5. Ko‘krak bo‘limida qanday organlar joylashgan?
6. Qo‘ng‘izning qanotlari qanday tuzilgan?
7. Hasharotlar oyoqlari qanday tuzilgan?
8. Qorin bo‘limi qanday tuzilgan?
1. Qo‘ng‘izning pastki jag‘ va pastki lab paypaslagichlari:
a) oziqni maydalash vazifasini bajaradi;
b) tuyg‘u va ta’m bilish vazifasini bajaradi;
d) ta’m va hid bilish vazifasini bajaradi.
2. Bronza qo‘ng‘izi mo‘ylovlari: 
3. Hasharotlar gavdasi bo‘limlari:
a) yelpig‘ichga o‘xshaydi; 
a) bosh, qanotlar, oyoqlar, ko‘krak;
b) arrasimon
b) boshko‘krak, oyoqlar, qorin;
d) patsimon. 
d) bosh, ko‘krak, qorin.
Bronza qo‘ng‘izi tanasi qismlarini ularga mos keladigan tuzilish belgilari bilan 
birga juftlab yozing.
a) mo‘ylovlar; 
1) murakkab tuzilgan;
b) ko‘zlar; 
2) yupqa, pardasimon;
d) jag‘ paypaslagichlar
3) qalin, xitinlashgan;
e) ustki qanot; 
4) bir xilda tuzilgan;
f) ostki qanot; 
5) yelpig‘ichsimon;
g) oyoqlar; 
6) 8 bo‘g‘imli;
h) qorin bo‘limi. 
7) tuyg‘u, ta’m bilish organlari.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Hasharotlar, yashil bronza qo‘ng‘izi, ustqanot, ostqanot, tirnoqlar, yuqori 
jag‘lar, pastki jag‘lar, ustki lab, pastki lablar.
20-§. Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi 


76
Jumboqni yeching. Ko‘pchilik hasharotlar chiroyli rangda bo‘ladi. Bir qancha 
hasharotlar ovoz chiqaradi. Ayting-chi, hasharotlarga chiroy va ovoz chiqarish 
nima uchun kerak?
Topishmoqda qaysi hayvonning afti-angori tasvirlangan?
20. To‘ni zardek yaltiroq,
Mo‘ylovi mitti taroq.
Chiroy berar yashil qanoti, 
Qani ayt-chi, nimadir oti?
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2a, 3d.
Juftlab yozish javoblari: a-5, b-1, d-7, e-3, f-2, g-4, h-6.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin