73
7.3.
HASHAROTLAR SINFI
Hasharotlar – tabiatda juda keng tarqalgan bo‘g‘imoyoqlilar. Ta-
nasi bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat. Oyoqlari 3 juft,
boshida bir juft mo‘ylovlari, ko‘zlari va jag‘lari bor. Ko‘krak bo‘limida
qanotlari va oyoqlari joylashgan. Ayirish organi – malpigi naychalari,
tra
xeya orqali nafas oladi. Yuragi naysimon, ko‘p kamerali, 40 ga ya-
qin turkumlari bor. Vakili yashil bronza qo‘ng‘izi. Bu qo‘ng‘iz Yevropa
va Osiyo qit’asining deyarli hamma joyida uchraydi.
Yashil bronza qo‘ng‘izining
20-§.
tashqi tuzilishi
Yashash muhiti va gavda bo‘limlari.
Bahor
va yoz oylarida da-
lalarda gullarning ustida yirik (uzunligi 1–2 sm) yashil qo‘ng‘izlarni
ko‘rish mumkin. Qo‘ng‘iz tanasining ustki tomoni yaltiroq-yashil,
qorin tomoni esa qizg‘ish tusda bo‘ladi. Bronza qo‘ng‘izi
Yevropa
va Osiyo qit’asining deyarli hamma joyida uchraydi. Qo‘ng‘izni
qo‘lga olib ko‘rilganda uning xitin qobig‘i qalin va qattiq ekanligini
sezish mumkin (42-rasm).
Bosh bo‘limi.
Qo‘ng‘izning boshida og‘iz
va sezgi organlari joy-
lashgan. Og‘iz teshigini ustki tomondan kichik plastinka shaklidagi
20-§. Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi
Dostları ilə paylaş: