82
1. Hasharotlarning erkagi urg‘ochisidan qanday farq qiladi?
2. Hasharotlarning jinsiy hujayralari qayerda hosil bo‘ladi?
3. Bronza qo‘ng‘izi qurti qanday tuzilgan?
4. Bronza qo‘ng‘izi qurti nima bilan oziqlanadi?
5. Qurtning g‘umbakka aylanish davrida qanday jarayon sodir bo‘ladi?
6. G‘umbak qanday tuzilgan?
7. Chala o‘zgarish bilan rivojlanish qanday sodir bo‘ladi?
1. Hasharotlar erkagi urg‘ochisiga nisbatan:
a) mo‘ylovlari kalta,
hidni yaxshi sezadi;
b) mo‘ylovlari uzun, hidni yaxshi sezadi;
d) mo‘ylovlari kalta, hidni yaxshi sezmaydi.
2. Bronza qo‘ng‘izi g‘umbagi:
a)
harakatsiz, oziqlanmaydi;
b) kamharakat,
chuvalchangsimon;
d) kamharakat, xitin qoplag‘ichi bo‘lmaydi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Lichinka, qurt, g‘umbak, chala o‘zgarish, to‘liq o‘zgarish, o‘zgarish
bilan
rivojlanish, spermatozoidlar.
Quyidagi topishmoqlarda qaysi hayvonlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan?
22. O‘zi qora, qanotli,
23. Uchganida g‘o‘ng‘illaydi,
Shoxlari bor, tirnoqli.
Qo‘nganida go‘ng kovlaydi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a, 3a.
Chala o‘zgarish bilan
23-§. rivojlanadigan hasharotlar
Ninachilar turkumi.
Ninachilar – eng qadimgi hasharotlar. Ular-
ning qanotlari taxlanmasdan tanasi ikki yoniga yoyilib turadi.
Qorin
bo‘limi ingichka va uzun bo‘ladi. Ko‘zlari juda yirik,
lichinkasi
suv
da rivojlanadi (48-rasm).
Ninachilar va ularning lichinkalari yirtqich yashaydi. Voyaga
yetgan ninachilar o‘ljasini oldingi oyoqlari yordamida havoda tu-
tadi. Ular zararkunanda va qon so‘ruvchi
hasharotlarni qirib, foyda
keltiradi. Ninachilarning
lichinkalari chivinlar, kunliklar va boshqa
hayvonlarning suvda yashaydigan lichinkalari bilan oziqlanadi. Voha-
7.3. Hasharotlar sinfi
83
lardagi suv havzalari yaqinida moviy ninachi, tog‘li
hududlarda halqali
ninachi, oqmaydigan suv havzalari yaqinida suluv ninachi uchraydi.
Dostları ilə paylaş: