Asalarilar oilasining hayoti.
Erkak va ona arilar og‘iz organlari
yaxshi rivojlanmaganligidan mustaqil oziqlanolmaydi. Ishchi arilar
uyani tozalash, qo‘riqlash, ona va erkak arilar hamda qurtlarni
oziqlantirish, gul changi va nektar yig‘ish kabi ishlarni bajaradi.
Arilar yig‘gan nektar katakchalarda asalga aylanadi. Ishchi arilar
tuxumdan chiqqan qurtlarni gul changi va asal bilan boqadi.
Yangi asalari oilasi may – iyun oylarida g‘ujlanish, ya’ni
ko‘chib chiqish orqali paydo bo‘ladi. Oziq mo‘l bo‘lganida ona ari
urug‘langan va biroz urug‘lanmagan tuxum qo‘yadi. Urug‘
lanmagan
tuxumlardan erkak arilar, urug‘langan tuxumlardan esa ishchi arilar
chiqadi. Qurtlardan birini ishchi arilar alohida yirik katakda tarbi-
yalab, ona ari yetishtiradi. Eski ona ari bir to‘da ishchi arilar bilan
birga uyadan chiqadi va biron daraxt shoxiga g‘uj bo‘lib o‘tiradi.
Ular boshqa qutilarga joylanadi. Sovuq kunlar tushishi bilan ishchi
arilar erkaklarini uyadan quvib chiqaradi.
Asalarilar «tili».
Uyadagi ishchi arilarning turli harakatlar yor-
damida axborot almashinishi «asalarilar tili» deb ataladi. Ari nek-
targa boy gulni topganda qornini likillatib aylanib, raqsga tushayot-
gandek harakatlar qiladi. Bu harakatlar nektar yig‘ish uchun qaysi
tomonga borish kerakligi
ni bildiradi.
Asalarilar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega.
Ko‘pchilik o‘simliklar asalarilar yordamida changlanadi. Asal
arilar
25-§. Pardaqanotlilar turkumi: asalarilar
5
6
4
8
9
7
12
13
10
2
3
1
14
15
11
16
51-rasm. Asalarining tuzi lishi:
1 – mo‘ylovlar; 2 – murakkab ko‘z; 3 –
oddiy ko‘zchalar; 4 – bosh; 5 – ko‘krak;
6 – lab; 7 – so‘ruvchi xartum; 8 – 9
– 10 – oyoqlar; 11 – savatcha; 12 –
cho‘t kacha; 13 – nishtar; 14 – qorin; 15
– oldingi qanotlar; 16– keyingi qanotlar
90
changlatgan o‘simliklar mo‘l hosil beradi. Asal qimmatbaho va
shifobaxsh oziq hisoblanadi. Uning tarkibida oson hazm bo‘ladigan
shakar moddalar, organizm uchun juda zarur bo‘lgan har xil mine-
rallar mavjud. Shifokorlar darmonsiz kishi
lar uchun asal iste’mol
qilishni tavsiya etishadi. Asalari zaharidan tibbiyotda dorivor mod-
dalar tayyorlanadi; mumi esa texnikada ishlatiladi.
Chumolilar ham asalarilar singari oila bo‘lib yashaydigan
pardaqanotlilardir. Ular qorin bo‘limining ikki bo‘g‘imli ingichka
bel orqali ko‘krakka qo‘shilishi, boshining yirik va jag‘larining
kuchli rivojlanganligi bilan boshqa pardaqanotlilardan farq qiladi.
Chumolilar oilasi bir nеcha ming, hatto millionlab individlardan
tarkib topgan. Individlari orasida bir nеcha ona, o‘nlab erkak va
bir nеcha minglab ishchi chumolilar bo‘ladi. Ishchi chumolilar
ko‘payish qobiliyatini yo‘qotgan urg‘ochilardan iborat. Ular chala
hazm bo‘lgan oziq bilan qurtlar, navkarlar va ona chumolini bo-
qishadi. Chumolilar tuproqda murakkab, ko‘p kamеrali in quradi.
Ko‘pchilik chumolilar foydali hasharotlar hisoblanadi. Kеng
bargli va nina bargli o‘rmonlarda yashaydigan sariq o‘rmon chu-
molisi zararkunanda hasharotlarni qirib, daraxtlarni himoya qiladi.
O‘rta Osiyo cho‘llarida tarqalgan chopqir faeton chumoli mayda
zararkunanda hasharotlar, o‘simliklar doni va mevasi bilan oziqla-
nadi. Cho‘l va sahrolarda uchraydigan qir chumoli o‘simliklar doni
bilan oziqlanadi. Xonadonlarda yashaydigan sariq fir’avn chumolisi
sara shirinliklarni xush ko‘radi. Bog‘ qora chumolisi shira bitlari
ajratgan suyuqlikni yalab, ularni yirtqich hasharotlardan himoya
qiladi.
1. Asalarilar oilasi qanday arilardan iborat?
2. Ishchi arilar qanday vazifani bajaradi?
3. Nektar qanday qilib asalga aylanadi?
4. «G‘ujlanish» nima?
5. «Asalarilar tili» nima?
6. Asalarilar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
1. Asalari oilasi qanday arilardan iborat?
a) juda ko‘p ishchilar, navkarlar, bitta ona ari;
b) bitta ona ari, bir qancha ishchi va juda ko‘p erkak arilar;
d) bitta ona ari, juda ko‘p ishchi arilar, bir qancha erkak arilar.
2. Arilar qurtlarini nima bilan boqishadi?
a) nektar, gul changi;
7.3. Hasharotlar sinfi
91
b) asal, gul changi;
d) gul changi, mum.
Quyidagi topishmoqlarda qaysi hasharotlarning tuzilishi va hayoti tasvirlangan?
28. Qush emas – uchag‘on,
29. Zuv boradi,
Chayon emas – chaqag‘on.
Zuv keladi,
Erta-yu kech o‘zini
Gulga qo‘nadi,
Viz-vizlab maqtab qog‘on.
Sharbat yig‘adi.
30. Beli qilday,
31. Erta-yu kech tinmaydi,
Boshi xumday.
Qishga don-dun g‘amlaydi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1 d, 2 b.
Dostları ilə paylaş: |