Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171
zoologiya 7 uzb

Qon aylanish sistemasi
hamma xordalilarniki singari yopiq bo‘la-
di. Lekin qon yagona qon aylanish sistemasi bo‘ylab harakatlanadi. 
Asosiy qon tomirlari qorin va orqa aortalardan iborat. Karbonat 
angidrid bilan to‘yingan qon qorin qon aortasi orqali ol 
dinga, jabra 
kapillyarlariga oqadi. Jabralarda qon karbonat angidridni suvga berib, 
kislorod bilan to‘yinadi va orqa aortaga chiqadi. Bu tomirdan qon 
kichikroq tomirlar orqali tanaga tarqaladi. To‘qi 
malarda karbonat 
angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasiga oqib keladi. Lansetnik-
ning yuragi bo‘lmaydi. Yirik tomirlar devorining qisqarishi tufayli 
tomirlarda qon oqib turadi.
Ayirish organlari.
Lansetnikning ayirish organlari halqali chuval-
changlarnikiga o‘xshash tuzilgan naychalardan iborat. Naychalar 
halqum bo‘ylab joylashgan jabraoldi bo‘shlig‘iga ochiladi.
28-§. Lansetnik – tuban tuzilgan xordali hayvon


100
Nerv sistemasi
xorda ustida joylashgan, tana bo‘ylab ketgan nerv 
nayidan iborat. Nerv nayidan ichki organlar va tana sirtiga juda 
ko‘p nervlar tarqaladi. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Teri 
ostida nerv nayi bo‘ylab bir tekis joylashgan yorug‘lik sezuvchi hu-
jayralar ko‘rish vazifasini bajaradi. Bu hujayralar faqat yorug‘likni 
sezadi. Bezovta bo‘lib qumdan chiqqan lansetnik yorug‘dan qochib, 
tezroq qumga ko‘milib oladi. Teri sirtida joylashgan nerv hujayralari 
kimyoviy va mexanik ta’sirlarni sezadi.
Lansetnikning umurtqasiz hayvonlarga o‘xshashligi
. Lansetnik ni 
rus olimi akademik A. O. Kovalevskiy kashf qilgan. Lansetnik 
tuzilishi 
ning ko‘p belgilari xordasining bo‘lishi, nerv sis 
te 
ma 
sining 
naysimon bo‘lib, tanasi orqa tomonida joy 
lashganligi bilan xordali 
hayvonlarga o‘xshaydi. Shuning bilan birga ayirish sistemasi va 
muskullarining tuzilishi, yuragi va bosh miya 
sining bo‘lmasligi 
bilan haqiqiy xordalilardan farq qiladi. Lan 
setnikning tuzilishini 
o‘rganish orqali hamma xordali hayvonlarning kelib chiqishini 
tushunib olish mumkin.
Ko‘payishi.
Lansetnik – ayrim jinsli hayvon. Jinsiy organlari 
jabra oldi bo‘shlig‘i yon tomonida juft-juft bo‘lib joylashgan. Yetil-
gan tuxumlari suvga tushib urug‘lanadi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin