102
harakat
lanayotgan jismga ko‘proq qarshilik ko‘rsatishini bilasiz.
Shuning uchun baliqlar tanasining suyri
shakli va tuzilishi suvning
qar
shiligini yengib, tez harakatlanishga imkon beradi.
Suzgichlari.
Zog‘ora baliq tanasini o‘ngga va chapga biroz bukib,
suz
gichlari yordamida oldinga qarab suzadi. Baliqning toq (orqa,
dum, anal) va juft (ko‘krak, qorin) suzgichlari mavjud. Dum suz-
gichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari dumining ostida joylashgan.
Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadigan suzgich
yoylardan iborat. Oldingi tomonga suzishda
dum suzgichlari katta
ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini muvozanatga
solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki to‘xtashiga, shuning-
dek, oldinga qarab asta-sekin suzishiga yordam beradi.
Terisi.
Terisi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalarning
oldingi
qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi o‘zidan keyingi
tangacha chetiga yopishib turadi. Tangachalar baliq tanasini tash-
qi ta’sirdan himoya qiladi, lekin uning suzishiga xalaqit bermaydi.
Baliq o‘sgan sayin tangachalar ham yiriklasha boradi. Tangacha-
lardagi halqalar soniga qarab
baliqning yoshini aniq
lash mumkin.
Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqa
radigan yupqa shilliq
parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib,
harakatini
osonlashtiradi.
Baliqlar tanasi rangi atrof-muhit rangiga bog‘liq. Chuchuk suv
havzalarida yashaydigan ko‘pchilik baliqlar tanasining orqa tomoni
balchiq rangiga o‘xshash to‘q yashil, qorin tomoni oqish bo‘ladi.
Shu sababli suv tubida suzayotgan baliqni yuqoridan qarab payqab
olish qiyin. Suv yuzasidagi baliqni pastdan
qaralganda suv qatlami-
Dostları ilə paylaş: