104
Suzgich pufagi
qorin bo‘sh
lig‘ida ichagining ustida joylashgan.
Pufak o‘rtasidan tortilib ikkiga bo‘lingan, gaz bilan to‘lgan ku-
mushrang xaltachadan iborat. Suzgich
pufagi ichak bilan ingichka
naycha orqali tutashgan bo‘ladi. Tuxumdan chiqqandan 2–3 kun
o‘tgach, lichinka suv yuzasiga ko‘tarilib, atmosfera havosi bilan suz-
gich pufagini to‘ldirib oladi.
Pufak yuzasi kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan.
Baliqning
suv yuzasiga ko‘tarilishi yoki suv tubiga tushishi suzgich pufagi
hajmining o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Suzgich pufagining ken
gayishi
qondan ajralib chiqadigan gazlarning pufakni to‘l
dirishi bilan bog‘liq.
Pufak gazga to‘lganida baliq yuqoriga ko‘tariladi. Gazlar pufak-
dan
ingichka nay bilan ichakka, undan jabra yoriqlari orqali suvga
chiqqanida pufak puchayadi. Tanasi birmuncha og‘irlashgan
baliq
suv tubiga tushadi. Suzgich pufagining hajmi o‘zgarmasa, baliq
muayyan chuqurlikda muallaq turadi.
Suzgich pufagi tovushni kuchaytiradigan
rezonator vazifasini ham
bajaradi. Bu esa tovushni yaxshiroq eshitish imkonini beradi.
1. Baliqlarning tana shakli yashash muhitiga qanday moslashgan?
2. Baliqlarning suzgichlari qanday tuzilgan?
3. Baliqlar terisi qanday tuzilgan?
4. Baliqlar umurtqa pog‘onasi qanday tuzilgan?
5. Suzgichlar skeleti qanday tuzilgan?
6. Suzgich pufagi qanday tuzilgan?
1. Baliqlarning juft suzgichlari vazifasi:
a) oldinga sekin suzish;
b)
oldinga tez suzish;
d) burilish;
e)
muvozanat saqlash;
f) to‘xtash;
g) suv qarshiligini yengish.
Dostları ilə paylaş: