108
8.1. Baliqlar
chiqariladi. Qon qorin
aortasidan jabra arteriya
lariga, ulardan ka-
pillyarlarga o‘tadi. Kapillyarlardagi qon karbonat angidridni suvga
chiqarib, kislorod bilan boyiydi.
Kislorod bilan boyigan qon arteriya
qoni deyiladi. Bunday qon qið-qizil bo‘ladi. Arteriya qoni jabralar-
dan chiqib, umurtqa pog‘onasi ostidan butun tana bo‘ylab o‘tadigan
orqa aortaga keladi. Orqa aorta organlar yaqinida arteriyalarga, tana
organlarida esa mayda kapillyarlarga ajraladi.
Kislorod va ichakdan
so‘rilgan oziq moddalar kapillyarlar devori orqali to‘qimalarga, kar-
bonat angidrid va moddalar almashinuvi mahsulotlari esa to‘qimalar-
dan qonga o‘tadi. To‘qimalarda qon karbonat angidrid bilan to‘yi-
nib to‘q qizil rangli vena qoniga aylanadi va vena qon tomirlariga
to‘planib, yurak bo‘lmasiga quyiladi.
Dostları ilə paylaş: