103
ning oqish rangidan ajratib bo‘lmaydi. Gavda rangi atrof-muhitga
mos bo‘lganida hayvonlar yirtqichlar ko‘ziga tashlanmaydi. Bu ho-
disa himoya rangi deyiladi. Siz o‘tgan darslardan
hasharotlar himoya
rangiga ega bo‘lishini bilasiz.
Skeleti.
Zog‘ora baliq skeleti asosini tana bo‘ylab o‘tadigan
umurtqa pog‘onasi tashkil etadi (59-rasm). Umurtqa pog‘onasi cha-
la harakatchan birikkan 39–42 ta umurtqalardan iborat. Har bir
umurtqaning tanasida bir juftdan ustki va ostki yoylar bor. Ustki
qarama-qarshi yoylar o‘zaro tutashishi tufayli ular orasida umurtqa
nayi hosil bo‘ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashgan. Tana
bo‘limidagi umurtqalarga ikki yon tomondan qilichsimon qovurg‘alar
birikadi. Qovurg‘alarning ikkinchi uchi muskullar
orasida erkin yota-
di. Dum umurtqalarida qovur
g‘alar bo‘lmaydi; ular ostida uzun qil-
tanoq suyakchalar joylashgan. Baliq umurtqa pog‘onasi
kalla suyagi
bilan ha rakatsiz bi rikkan.
Suzgichlar skeleti suzgich yoylari va ular kamari suyaklaridan
iborat. Kamar su
yaklar umurtqa pog‘onasiga
tutashmaganligi bilan
boshqa umurtqalilardan farq qiladi.
5
4
2
3
1
7
8
6
59-rasm. Zog‘ora
baliq skeleti:
1 – bosh qutisi; 2 –
jab ra qopqog‘i; 3 – or qa
suzgich; 4 – umurt qa po-
g‘o nasi; 5 –
anal suz gich;
6 – ko‘krak suz gich;
7 – qorin suzgich;
8 –
dum suzgich
Bosh skeleti bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi,
og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab turadigan jag‘lar, jabra ravoqlari va jabra
qopqoqlari suyaklaridan iborat.
Skelet
muskullar uchun tayanch, ichki organlarni himoya qilish
vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: