99
vazifasini o‘taydi; tanani egiluvchan qilib turadi. Lansetnik va
unga o‘xshash tuban tuzilgan xordalilarning
xordasi butun hayoti
davomida saqla
nib qoladi. Bosh miyasi va bosh skeleti bo‘lmaydi.
Shuning uchun lansetniklar
bosh skeletsiz xordalilar kenja tiðiga
kiradi.
Lansetnikning muskullari ikki yon tomonida tana bo‘ylab uzun
tasma shaklida joylashgan. Lansetnik juda oddiy harakatlanadi: tana-
sini u yoki bu yoniga egib suzib yuradi yoki qumni yorib ki
rib
oladi.
Hazm qilish sistemasi.
Og‘iz teshigi maxsus chuqurcha –
og‘iz
oldi voronkasida joylashgan bo‘lib, paypaslagichlar bilan o‘ralgan.
Paypaslagichlarning harakati tufayli suv og‘iz teshigiga haydaladi.
Juda mayda plankton organizmlar suv oqimi bilan og‘iz
orqali
halqumga o‘tadi va uning devoriga ilakishib qoladi. Oziq luqmalari
halqumdan ichakka tushib hazm bo‘ladi. Suv esa halqum devoridagi
jabra teshiklari orqali chiqib ketadi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari
dum suzgich ostida joylashgan orqa chiqarish teshigi orqali tashqa-
riga chiqarib yuboriladi.
Nafas olish organlari.
Lansetnik halqumi ikki yoni bo‘ylab juda
ko‘p tirqishsimon
jabra teshiklari joylashgan.
Jabra teshiklarini tash-
qi tomondan qoplab turadigan teri burmalari
jabraoldi bo‘shlig‘ini
hosil qiladi. Jabra teshiklari devori juda ko‘p mayda qon tomirlari
– ka
pillyarlar bilan qoplangan. Kapillyarlar
devorida qon bilan suv
o‘r
tasida gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Teri bur
ma
lari jabralarga
qum kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Dostları ilə paylaş: