113
32-§. Baliqlarning ko‘payishi va rivojlanishi
va ko‘llarga tuxum qo‘yadi. Urg‘ochi baliq suv o‘simliklari
ustiga
uvildiriq tashlaydi. Erkagi esa tuxumlar ustiga o‘zining «suti»ni sepib
ketadi. «Sut»dagi spermatozoidlar tuxum hujayralarini urug‘lantiradi.
Rivojlanishi.
Zog‘ora baliqning urug‘langan tuxum hujayralari
dan
qulay sharoitda 4–6 kun ichida juda mayda baliqchalar (cha voqlar)
rivojlanib chiqadi. Chavoqlar dastlab
suvdagi mayda mikroorganizm-
lar, keyinroq mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlana boshlaydi.
Yilning oxiriga kelib, ularning uzunligi 5–10 sm ga yetadi.
Naslga g‘amxo‘rlik qilishi.
Zog‘ora baliqning nasliga g‘amxo‘rlik
qilishi tuxum qo‘yish uchun joy tanlashdan iborat. Tuxum qo‘ygan
baliq bu joyni tark etadi. Nasli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmaydigan
baliqlar, odatda, juda ko‘p tuxum qo‘yadi. Masalan,
okun 300
minggacha,
treska bir necha million tuxum qo‘yadi.
Ular naslining
juda oz qismigina voyaga yetadi. Chunki tuxumlari va lichinkalar-
ining juda ko‘p qismi boshqa hayvonlarga yem bo‘ladi.
Ayrim baliqlarning nasli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish instink-
ti kuchli rivojlangan.
Chuchuk suv tikanbalig‘ining erkagi urchish
davrida suv o‘tlarini so‘lak bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik bi-
lan
yopishtirib, urg‘ochilari uchun qulay uya yasaydi. Bu uyaga bir
necha urg‘ochi baliq tuxum qo‘yadi. Erkak baliqlar uyaga qo‘yil-
gan tuxumlarni urug‘lantiradi va tuxumdan chiqqan ba
liqchalarni
mustaqil oziqlana oladigan bo‘lguncha himoya qilishadi (65-rasm).
Dengiz otchasi erkaklari tuxumlarini qornidagi maxsus xaltachasida
Dostları ilə paylaş: