1-amaliy mashg’ulot
Kirish. Chizma geometriya fanining tibbiyotda qo‘llanishi. Monj usuli.
Nuqtaning koordinatalari bo‘yicha epyuri. Chizmalar to’plami uchun titul
varag’i yaratish.
Chizmachilik asboblari va ulardan foydalanish.
Chizmachilik asboblariga gotovalnya, chizg’ich, uchburchakliklar, lekalolar,
reysshina, transportir kabilar kiradi. Chizmachilik ashyolariga chizma qog‘ozi,
qalam, chizg’ich, tush, qadoqlar kiradi. Chizmachilik
jihozlariga chizma stollari,
chizma taxtalari, chizma mashinalari, shaxsiy kompyuter kabilar kiradi.
Qalamlar va ularni ishga tayyorlash. Chizmachilikda ishlatiladigan
qalamlar “Konstruktor” nomi bilan ataladi. Grafitining
tarkibiga qarab ular uch
ko‘rinishga ega - yumshoq, qattiq va o‘rtacha yumshoq (qattiq) qalamlarga
bo’linadi.
Yumshoq qalamlar yumshoqligining ortishiga qarab M, 2M, 3M va hokazo.
Qattiq qalamlar qattiqligining
ortishiga binoan T, 2T, 3T va hokazo. O‘rtacha
qalamlar TM bilan belgilanadi.
Horijiy mamlakatlarda tayyorlanadigan “KOH-I-NOOR” qalamlarning
yumshoqlari B, 2B, 3B va hokazo, qattiqlari H, 2H, 3H va hokazo, o‘rtachasi HB
bilan belgilanadi.
Hozirgi vaqtda turli yo‘g‘onliklardagi grafit sterjenli sangali qalamlar
sotilmoqda. Chizmalar chizishda ulardan samarali foydalanish mumkin.
Ingichkaroq sterjenlardan foydalanib ingichka (yordamchi) chiziqlarni, yo'g'onroq
sterjenlardan kontur va boshqa chiziqlarni chizish mumkin.
Chizg'ich. Chizma chizishda chizg’ichning millimetrlangan qirrasidan
foydalaniladi. Uning xuddi shu qirrasi yaxshi holda saqlanishi lozim.
Uchburchakliklar. Uchburchaklik chizg'ichlar yog'ochdan, selluloiddan,
plastmassadan tayyorlanadi. Chizmachilik darslari uchun 45°x45°x90° va
30
o
x60°x90° burchakli ikkita uchburchaklik bo’lishi kerak. Uchburchaklikning
to‘g‘ri (90°) burchagi aniq yasalganligini
tekshirish uchun, uning bir tomonini
chizg'ichning to‘g‘ri qirrasiga qo‘yib, vertikal kateti bo'yicha chiziq chiziladi. Keyin
chizg‘ichning vaziyatini o‘zgartirmasdan, uchburchaklikni aylantirib qo'yiladi.
Shunda uchburchaklikning kateti oldingi chizilgan chiziqqa ustma-ust tushsa, 90° li
burchak aniq yasalgan bo’ladi. Agar ustma-ust tushmasa, 90°
li burchak xato
yasalgan hisoblanadi. Uchburchaklikning 90° li burchagini qum qog'ozga ishqalansa
to‘g‘irlash lozim bo'ladi.
O'chirg'ich (rezinka). Chizmalarni chizishda xato va ortiqcha chiziqlarni
o‘chirishda yumshoq o‘chirg‘ichlardan foydalaniladi. O‘chirg‘ich diogonali
bo'yicha
ikkiga qirqib ishlatilsa, ba’zi joylardagi ortiqcha chiziqlarni osongina
o'chirsa bo'ladi.
Gotovalnya (chizmachilik asboblari to'plami). Aylanalarni chizadigan,
chizmalarni o'lchaydigan, chizmalarni tushlaydigan
va boshqa ishlarni bajarish
uchun qo'llaniladigan asboblar to'plamiga gotovalnya deyiladi.
Chizmachilik sirkuli. Sirkullar chizadigan va o'lchaydigan bo'ladi. Chizish
sirkuli aylana va uning yoylarini chizishda ishlatiladi. Sirkulning asosiy qismlari -
uzun oyog'i va katta oyog'i hamda qisqichi hisoblanadi. Aylana yoki aylananing
yoylari chizishga kirishishdan oldin sirkulning grafit sterjenini va ignasining uchlari
baravar qilib olish kerak.
O'lchagich yoki rejalash sirkuli. Chizmada o'lchash chizg'ichiga va
chizg'ichdan chizmaga o'lchash hamda ko'chirish
uchun rejalash sirkulidan
foydalaniladi. Sirkulga qalamli moslama o'rniga ignali moslama o'rnatilsa, rejalash
sirkuli hosil bo'ladi. Rejalash sirkulidan foydalanishda uning ignalik uchlarini
barobar qilib olish zarur.
Chizma qog'ozi. Chizma qog'ozi yuqori sifatli В markali va oddiy О markali
qog‘ozlar ishlab chiqariladi. Ikkala turdagi qog'ozning o'ng silliq va teskari g‘adir -
budir tomonlari bo’ladi. Chizmalar qog‘ozning o‘ng tomoniga chiziladi. Qog‘ozning
orqa tomoniga akvarel bo‘yoqlarda rasm bajariladi.
В markali qog‘oz uzoq vaqt saqlanidagan muhim chizmalarni chizish uchun
mo’ljallangan va u О markaliga nisbatan qattiqroq va qalinroq bo’ladi.