1-amaliy mashg’ulot Kirish. Chizma geometriya fanining tibbiyotda qo‘llanishi. Monj usuli. Nuqtaning koordinatalari bo‘yicha epyuri. Chizmalar to’plami uchun titul varag’i yaratish. Chizmachilik asboblari va ulardan foydalanish



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix24.11.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#70351
1   2   3
1-amaliy mashg\'ulot matni

Chiziq turlari 
Har qanday chizma shartli tasvir hisoblanadi va u turli yo‘g‘onlikdagi 
chiziqlardan foydalanib chiziladi. 
O‘zDSt 2.303:2003 chizma chiziqlaming quyidagi ko‘rinishlarini tasdiqlagan: 
1. Asosiy tutash yo‘g‘on kontur chiziq; 


2. Shtrix ko‘rinmas kontur chiziq; 
3. Ingichka tutash chiziq; 
4. Shtrix-punktir chiziq; 
5. Tutash to’lqin chiziq; 
6. Ikki nuqtali shtrix punktir chiziq; 
7. Uzuq yo‘g‘on chiziqlar. Bu chiziqlarning grafik tasvirlanishi va tatbiq etilishi 
chizma, a, b larda ko'rsatilgan. 
1. Asosiy yo‘g‘on tutash chiziq - u bilan detallning ko'rinib turadigan kontur 
chizig‘i, kesim va qirqim tarkibiga kiruvchi konturlari chiziladi. 
2. Shtrix chiziq - detallning ko‘zga ko‘rinmaydigan konturlarini tasvirlash 
uchun qoilaniladi. 
3. Ingichka tutash chiziq - undan detallga o ‘lchamlar qo‘yishda kesim 
yuzalarini shtrixlashda, o‘chamlar qo‘yishda, shuningdek, chizmalarni chizishda 
yordamchi chiziq sifatida foydalaniladi. 


4. Ingichka shtrix-punktir chiziq - aylana markaz chiziqlari, simmetriya o‘q 
chiziqlarini tasvirlashda qo‘llaniladi. 
5. Tutash to’lqinsimon chiziq - undan detaining tasviridagi qismini qirqimda 
ajratib ko‘rsatishda, detal to ‘liq tasvirlanmaganda, uni uzib tasvirlashda 
foydalaniladi. 
6. Ikki nuqtali ingichka shtrix-punktir chiziq detal yoyilmalarini bajarganda 
bukiladigan joylarini tasvirlash uchun qo'llaniladi. 
7. Uzuq yo‘g‘on chiziqlar - kesuvchi tekislik yo‘nalishining boshi va oxirgi, 
shuningdek, sinish joylarini tasvirlashda tatbiq qilinadi. 
Asosiy tutash chiziq yo‘g‘onligi s harfi bilan belgilanadi va qolgan chiziqlar 
yo‘g‘onliklari asosiy yo‘g‘on tutash ciziqqa nisbatan aniqlanadi, ya’ni uning tanlab 
olingan yo‘g‘onligiga bog’liq bo‘ladi. Chizmadagi tasvirning kattaligi va 
murakkabligiga qarab asosiy yo‘g‘on tutash chiziq orqali tasvirlanayotgan kontur 
chiziqning yo‘g‘onligi s = 0,6 mm dan 1,5 mm gacha olinadi. Qabul qilingan kontur 
chiziqning yo‘g‘onligiga qarab, ko‘rinmas kontur chiziq shtrixlarining uzunligi 2 
mm dan 6 mm gacha bo’lishi lozim. Shtrixlar oralig‘i 2 mm gacha olinib undan oshib 
ketmasligi kerak. Qabul qilingan shtrixlar uzunligi va ular orasidagi masofa shu 
chizmaning barcha joyida bir xilda bo’lishi ta’minlanishi lozim. Shtrix-punktir 
chiziqlarda shtrixlarning uzunligi taxminan 15 mm dan 30 mm gacha, shtrixlar 
orasidagi masofa 3 mm dan 5 mm gacha bo’lishi mumkin. Shtrixlar orasidagi nuqta 
biroz cho‘zilgan, y a’ni ikki-uch nuqta birlashtirilgandagi kabi cho‘zilgan nuqta 
tarzida tasvirlanishi lozim. Shtrix-punktir chiziqlar aylana markazida nuqta bilan 
emas, balki, shtrixlarning o ‘zaro kesishishi bilan, oxirida ham shtrix bilan 
tugallanishi lozim. Aylana diametri 12 mm dan kichikroq bo'lsa, ulardagi markaz 
chiziqlar tutash qilib chiziladi. 



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin