bo’lgan buyumlar ishlab chiqarish uchun idoralar
tomonidan qabul qilingan
standartlardan foydalanishgan.
Sobiq SSSRda standartlarning quyidagi kategoriyalari mavjud edi: Butun
ittifoq standard (GOST); xalq xo‘jaligi tarmoqlari standartlari (OST); respublikalari
standartlari (RST); korxona standartlari (STP).
1-yanvar 1963-yildan boshlab SEV (o'zaro iqtisodiy yordam ittifoqi) standarti
kiritildi. Shundan so'ng GOST (SEV) ko'rinishda belgilanadi. 1971-yildan boshlab
YESKD standartlari amal qila boshladi.
O'zbekiston mustaqillika erishganidan so'ng barcha standartlar isloh qilinadi.
Vazirlar mahkamasining “O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha
ishlami tashkil qilish to‘g‘risida”gi 1992-yil 2-martdagi 93-sonli
Qarorida sobiq
SSSR ning davlat standartlari GOST MDH ning davlatlarida standarti sifatida amal
qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining konstruktorlik hujjatlari yagona tizimi
(O'zKHYT) 2003-yil 17-noyabrda qabul qilindi va O'zD St 2.001:2003 deb
belgilandi.
O'zDSt standart nomeri O'zKHYT standartlar klassiga berilgan 2 raqam bilan
tuzila boshlanadi (quyidagi jadvalga qaralsin):
Klassifikatsion guruhlaming tarkibi:
1-jadval
O‘zDSt — O‘zbekiston davlat standartining belgisi (indeksi)
2 - O‘z
KHYT standartining klassi
0 - Standart guruhining klassifikatsiya shifri
01 - Guruhdagi standartning tartib raqami
2003 - Standart ro'yxatga
olingan yil
O‘zKHYT standartning belgilanishiga misol:
O‘zDSt 2.001:2003
Dostları ilə paylaş: