Ўзр вазирлар Маҳкамасининг



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
 
 
 
 
 
 
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING
DAVLAT TA’LIM STANDARTI 
VA O‘QUV DASTURI 
ONA TILI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent-2017 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
UMUMIY O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR 
TA’LIMINING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASH 
TO‘G‘RISIDA 
 
«
Ta’lim to‘g‘risida
»gi va «
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida
»gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning 
uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, 
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini 
kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik 
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil 
etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar: 
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti 
1-ilovaga 
muvofiq; 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti 
2-ilovaga 
muvofiq; 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari 
bo‘yicha malaka talablari 
3-ilovaga 
muvofiq; 
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlarining davlat namunalari
4-ilovaga 
muvofiq; 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun 
umumta’lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab 
chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar 
5-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki: 
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim 
standartlari 2017-2018 -o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy 
etiladi; 
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari uchun filologiya fanlari va 
aniq fanlar bo‘yicha mashq daftarlarini nashr etish hamda yetkazib berish 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» 2006-yil 1-iyundagi PQ-363-son qarorida belgilangan 
darsliklarni nashr etish hamda yetkazib berishni moliyalashtirish tartibiga asosan, 
multimediali disk ilovasi bilan ta’minlash esa — o‘qituvchilarni o‘quv-metodik 
qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi asosida amalga oshiriladi. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
ikki oy muddatda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining 
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quv dasturlarini yangidan ishlab 



chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi muassasalariga yetkazsinlar; 
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda 
yaratilayotgan o‘quv-metodik majmualarning o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga 
undaydigan, rasmlarga boy, zamonaviy matbaa talablariga javob beradigan 
shakllarda chop etilishini ta’minlasinlar; 
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim 
standartlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan tegishli 
mutaxassislar uchun 2017-2018- o‘quv yilidan boshlab maqsadli o‘quvlar tashkil 
etsinlar hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish kurslari dasturlari va o‘quv modullarining qayta ko‘rib chiqilishini 
ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat 
vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy 
akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-2018 
o‘quv yiliga qadar akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar 
kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va 
dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi taqdim 
etgan xarajatlar smetalari asosida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limining davlat ta’lim standartlari, akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari va 
kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablarini, 
o‘quv rejalari va dasturlarini, akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlari 
blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda 
ajratsin. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
6-ilovaga 
muvofiq ayrim 
qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
7-ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlari 
2020-yil 1-sentabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 
8. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir 
oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining 
Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin