A2+
Ona tili fanini
o‘rganishning
kuchaytirilgan tayanch
darajasi
O‘rta ta’lim
Ona tili fani
chuqurlashtirilmagan o‘rta
ta’lim bitiruvchilari
В1
Ona tili fanini
o‘rganishning darajasi
Ona tili fani chuqurlashtirilgan
o‘rta ta’lim bitiruvchilari
В1+
Ona tili fanini
o‘rganishning
kuchaytirilgan darajasi
Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy
maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan,
kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar
fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol
toptirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy
vazifasi:
o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki
hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani
rivojlantirish;
o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika,
leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va
imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;
15
ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon
bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni
shakllantirishdan iborat.
Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limi muassasalari (barcha ta’lim
olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari
1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
A1
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
matnni tushunib o‘qiy oladi;
og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi;
65 — 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va
husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila
oladi;
do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi.
A1+
sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi;
matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi;
70 — 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi.
A2
tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni
tushuna oladi;
so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy oladi;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila
oladi;
140 — 160 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, 20 — 25 gapdan iborat ijodiy
matn (bayon, insho) yoza oladi,
ijodiy matnga reja tuza oladi, epigraf tanlay oladi;
matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi;
husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi;
ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lonlarni) yoza
oladi.
A2+
ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb mavzularga doir xabar va
ma’lumotlarni tushuna oladi;
turli janrga oid matnlardagi so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini
tushunib, to‘g‘ri va ravon o‘qiy oladi;
tanish mavzuda taqdimot qila oladi;
160 — 180 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; o‘qib eshittirilgan matn yoki
mavzu asosida 26 — 30 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yarata oladi;
ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lonlarni) yoza
oladi.
16
|