Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

3-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari 
uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari 
7. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida 
amalga oshiriladi: 
12 


o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
prinsiplari asosida yaratilganligi; 
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik 
xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi
o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga 
qaratilganligi; 
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining zarur hajmi 
berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va 
amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi. 
4-bob. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga qo‘yiladigan 
talablar 
8. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar 
qo‘yiladi: 
Didaktik talablar:
o‘quvchi tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash; 
matnlar axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmun-mohiyatini 
tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi
qiziqarli, lo‘nda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan bo‘lishi; 
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik 
talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi
ta’limning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini ta’minlashga, 
olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa 
o‘quv fanlari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi; 
rasmlar ko‘rinishidagi illustrasiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, 
diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi; 
yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, formulalar, ta’riflar va shu kabilar 
lug‘at ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi lozim. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin