usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va
boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv
nashri.
Darsliklarning multimediali ilovalari
—
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va
o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali
o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi
hamda
video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni
nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy
mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki
shu kabi
manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim
resursi.
3. O‘quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va
dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va
gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o‘qituvchi
uchun
metodik qo‘llanma va darslikning multimediali ilovalarini o‘z ichiga oladi.
4. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda ushbu
Umumiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari
5. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun
zamonaviy fan va texnika
rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv
materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or
xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat.
6. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda
ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli
munosabatni tarkib
toptirish;
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim,
ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy
qobiliyatlarini
rivojlantirish;
yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish
kompetentligini
shakllantirish;
umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida
ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.
Dostları ilə paylaş: