Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


A2+  Ona tili fanini  o‘rganishning  kuchaytirilgan tayanch  darajasi  O‘rta ta’lim



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

A2+ 
Ona tili fanini 
o‘rganishning 
kuchaytirilgan tayanch 
darajasi 
O‘rta ta’lim 
Ona tili fani 
chuqurlashtirilmagan o‘rta
ta’lim bitiruvchilari 
В1 
Ona tili fanini 
o‘rganishning darajasi 
Ona tili fani chuqurlashtirilgan 
o‘rta ta’lim bitiruvchilari 
В1+ 
Ona tili fanini 
o‘rganishning 
kuchaytirilgan darajasi 
 
Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari 
Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy 
maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, 
kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar 
fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol 
toptirishdan iborat. 
Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy 
vazifasi
o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki 
hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani 
rivojlantirish;
o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, 
leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va 
imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; 
15 


ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon 
bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni 
shakllantirishdan iborat. 
Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limi muassasalari (barcha ta’lim 
olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari 
1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): 
A1 
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; 
matnni tushunib o‘qiy oladi; 
og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi;
65 — 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va 
husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila 
oladi; 
do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi.
A1+ 
sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi;
matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi;
70 — 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi. 
A2 
tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni 
tushuna oladi; 
so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy oladi; 
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila 
oladi; 
140 — 160 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, 20 — 25 gapdan iborat ijodiy 
matn (bayon, insho) yoza oladi,
ijodiy matnga reja tuza oladi, epigraf tanlay oladi; 
matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi;
husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi
ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lonlarni) yoza 
oladi. 
A2+ 
ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb mavzularga doir xabar va 
ma’lumotlarni tushuna oladi; 
turli janrga oid matnlardagi so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini 
tushunib, to‘g‘ri va ravon o‘qiy oladi; 
tanish mavzuda taqdimot qila oladi
160 — 180 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; o‘qib eshittirilgan matn yoki 
mavzu asosida 26 — 30 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yarata oladi; 
ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lonlarni) yoza 
oladi. 
16 



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin