Ўзр вазирлар Маҳкамасининг



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

В1 
Leksika: so‘zlarning ko‘chma ma’nosi, uslubiy xususiyatlari va atamalarni 
farqlay oladi, ulardan nutqda to‘g‘ri foydalana oladi. O‘zbek tili leksikasining 
rivojlanishi, boyishi manbalarini izohlay oladi.
Uslubiyat: so‘z turkumlari, ularning otlashishi hamda uslubiy xususiyatlarini 
tushuna oladi va izohlay oladi. So‘z birikmasi gap va uning grammatik belgilari
dialogik nutq belgilari, gap bo‘lagining tiplari, sodda va qo‘shma gaplar 
ma’nodoshligini, sintaktik qurilmalarni, ko‘chirma gap, matnning o‘ziga xos 
17 


xususiyatlarini farqlay oladi va muloqotda grammatik hamda sintaktik birliklardan 
o‘rinli foydalana oladi.
В1+ 
Leksika: leksik vositalarni nutqiy uslublarda o‘rinli qo‘llay oladi.
Uslubiyat: so‘z turkumlari, gap bo‘laklarining uslubiy xususiyatlarini 
tushunib, izohlay oladi. Nutqda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli 
foydalana oladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
18 


ONA TILI FANIDAN O‘QUV DASTURI 
(5-9-sinf) 
UQTIRISH XATI 
 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning maqsadi – 
o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmasini, ijodiy fikrlash malakasini, 
kitobxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.
Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasio‘quvchi shaxsini fikrlashga, 
o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon 
qila olishga qaratilgan nutqiy (kommunikativ) kompetensiyani rivojlantirish; 
o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, 
leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va 
imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish 
hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va 
ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni 
shakllantirishdan iborat.
Ona tili fanidan o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib 
tuzildi. O‘quv dasturida o‘quvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik 
kompetensiyalarni hamda tayanch kompetensiyalarning elementlarini 
shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, adabiy 
nutq me’yorlariga og‘zaki va yozma nutqida rioya qilishni shakllantirish; 
Umumiy o‘rta ta’limda – ona tili imkoniyatlari asosida ta’lim oluvchida 
mustaqil va ijodiy fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq muhiti, sharoiti va vaziyatiga 
mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon va aniq ifodalash 
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin