Pedagogik-psixologik talablar:
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar,
o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri
hisobga
olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy
qiziqishlarini
rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan
shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
o‘quv fani mavzularining o‘quvchi yoshi va psixofiziologik
xususiyatlariga
mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo
bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
o‘quvchilarning yangiliklarni
qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini
o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: