Ўзр вазирлар Маҳкамасининг



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

В1 Nutqiy kompetensiya(tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): 
Tinglab tushunish: sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan 
matndagi asosiy axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb 
axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etadi, tinglab tushunadi. Nutqning 
to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglaydi, barqaror 
atamalar, kasb-hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlaydi.
So‘zlash: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi
leksik, grammatik va uslubiy me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni 
o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi. 
O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali va ta’sirchan o‘qiy oladi, gapning 
ifoda maqsadi, his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib o‘qiydi.
Yozish: Ijodiy matnlar yarata oladi. Imlo, tinish belgilari va uslubiy 
qoidalarga amal qiladi. Fikr ifodasida mantiqan izchillikka rioya qiladi, unda 
kirish va kiritmalar, ko‘chirma gaplar, tilning ifoda vositalaridan foydalanadi. 
Rasmiy va shaxsiy xatlarni farqlaydi, izohlay oladi. 
30 — 35 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi.
В1+ 
Tinglab tushunish: ilmiy manbalardagi o‘rtacha murakkablikdagi 
ma’lumotlarni tinglab tushunadi. Nutq uslubiyotiga xos xususiyatlarni tinglab 
tushunadi. 
So‘zlash: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi, 
leksik, grammatik va uslubiy me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni 
o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi. 
O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali hamda ta’sirchan o‘qiy oladi, ulardagi 
uslubiy vositalarning ahamiyatini his qiladi 
Yozish: Ixtisoslikka oid matn tuza oladi, bunda til birliklaridan o‘rinli 
foydalanadi. 
35 — 40 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi. 
2. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, 
leksika, grammatika va uslubiyatga oid): 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin