Ўзр вазирлар Маҳкамасининг



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

Boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 
1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
2. Amaliy fonetika va grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
Savodga o‘rgatish jarayoni ikki davrni: alifbegacha tayyorlov va alifbe 
davriga ajratiladi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning 
tahlil-tarkib tovush usulida amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar nutqini yangi 
so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. 
Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi o‘quvchilarda nutqiy faoliyatning 
asosiy turlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Shuning uchun ona tili o‘quv fani 
mazmunini nutq tovushlari, yozma nutqda tovushlarning ifodalanishi, so‘z 
turkumlari, ularning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi, so‘zlarning 
morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik-semantik guruhlari, imlo 
qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishiga doir bilimlar tashkil etadi.
5-9-sinflarda ona tili fonetikasi, leksikasi, morfologiya va sintaksisini tizimli 
va amaliy samarali o‘rganish natijasida ta’lim oluvchiga tilshunoslik fani asoslarini 
berish emas, balki ayni bir narsa-hodisani atash, fikrni ifodalash uchun ona tilida 
19 


o‘nlab imkoniyatlar borligini, xilma-xil shakl va ko‘rinishlarga ega bo‘lgan bunday 
rang-barang imkoniyatlarning har birining o‘z ifoda va ta’sir xususiyatini 
o‘quvchiga yetkazish, unda mana shu jihatlarni ilg‘ay olish, bunda axborot 
resurslariga murojaat qilish madaniyatini shakllantirish, har bir shakl va 
imkoniyatdan o‘z o‘rnida foydalana olish malakalarini rivojlantirishdir. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili ta’limida o‘rganilgan o‘quv 
materiallarning akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida aynan takrorlanmasligi
o‘quvchilarning yoshi, psixo-fiziologik xususiyatlari, umumiy o‘rta ta’lim 
tayyorgarligiga mos kelishi hamda grammatik materiallarni asta-sekin, oddiydan 
murakkabga tomon borish tamoyiliga asoslanishi e’tiborga olingan. 
Shuningdek, ona tili chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan 
umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va 
samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste’dodni yanada kamol 
toptirish uchun ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturi kompetensiyalarni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturiga moslashtirildi. Bunda yillik o‘quv 
soatlari A2 bosqichda 646 soat bo‘lsa, A2+ bosqichda esa 986 soatni tashkil etadi.
Buning uchun o‘quv dasturida qo‘shimcha ikki soat vaqt ajratilgan. Bu ikki 
soatning bir soati (34 soat) oddiy sinflar (A2) uchun tuzilgan o‘quv dasturi 
mavzulari tarkibida berildi, ikkinchi soati esa, “Nutq madaniyati” yondosh dasturi 
uchun ajratildi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar bilan 
birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga 
ko‘ra, ona tili fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi tayanch 
kompetensiyalar shakllantirilib boriladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin