Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid savollarga javob berish,
rasmlar asosida suhbatlashish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qilish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan
qo‘llab, gaplar tuza olish.
48-49-mavzu. Yoz. (2 soat, A1+4 soat)
Lug‘at: yoz fasli, yozgi ta’til, oromgoh, dam olish maskani, sayohat, tog‘,
daryo, anhor kabi tayanch so‘zlar;
xushmanzara, so‘lim, sho‘x, muzdek kabi
belgi bildiruvchi va
o‘ynaymiz, dam olamiz, suzamiz, cho‘milamiz, sayohatga
chiqamiz, chiniqamiz kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar.
-ga, -ka, -qa qo‘shimchalari (1 soat),
qayerga? so‘rog‘i (1 soat).
Nutq namunalari: Yoz keldi. Yoz fasli eng sevimli fasl. Yozda o‘qish
tugaydi. Yozgi ta’til boshlanadi. Men ham yozda oromgohga boraman. Bolalar
bilan tog‘ga chiqamiz.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash:
A1
mavzuga oid savollarni, audiovizual vositalar yordamida eshittirilgan gaplar
ma’nosini tushuna oladi;
tasdiq yoki inkor so‘zlardan foydalanib, mavzuga oid dialogik suhbatlarda
qatnasha oladi;
savollar bilan murojaat eta oladi;
salomlashish, xayrlashishga oid muomala odobini vaziyatlarga mos holda
qo‘llay oladi.
A1+
o‘qilgan topishmoq, tez aytish, ertaklar, namoyish qilingan multfilm
mazmunini tushuna oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:
A1
mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi;
berilgan she’r va qo‘shiqlarni ifodali o‘qiy oladi;
tutuq belgisini to‘g‘ri yoza oladi;
kichik matnni, maqol va tez aytishlarni ko‘chirib yoza oladi.
Dostları ilə paylaş: