Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘z va jumlalarni
to‘g‘ri talaffuz qilish, suhbatlarni dialog tarzida mos ohangda o‘qiy olish; matn
tarkibidagi so‘zlarni bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratib ko‘chira olish, o‘rganilgan mavzular
bo‘yicha 25-30 ta so‘zdan iborat diktant yoza olish.
Nazorat ishi: diktant. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. (1 soat) 20-22-mavzu. Bozorda. (3 soat, A1+: 4 soat) Lug‘at: bozor, sotuvchi, xaridor, sabzavotlar, ko‘katlar, quruq meva, yong‘oq, yeryong‘oq, qancha, narx, arzon, qimmat, necha pul, necha dona, necha so‘m, ko‘rsating, tortib bering kabi tayanch so‘zlar (1 soat).
Nutq namunalari: Onam bilan bozorga bordik. Bozorda turli sabzavotlar,
ho‘l va quruq mevalar ko‘p. Bizga bir kilogramm nok va ikki kilogramm olma
bering (1 soat).
Qanday? qanaqa? Nima qildi? (qilyapti?) so‘roqlari (2 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid savollar, matnlar mazmunini tushunib, savollarga javob bera
oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi;
berilgan she’r, hikmatli so‘zlarni ifodali o‘qiy oladi va yoddan ayta oladi;
matn yuzasidan savollarga javoblarni xatosiz yoza oladi;
berilgan tayanch so‘zlar asosida matnni to‘ldirib yoki davom ettirib, yoza
oladi;
mavzu yoki rasm asosida 6-8 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn yoza oladi.
147
Nazorat ishi: test. (1 soat) Takrorlash: (1 soat) Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A1+: 2 soat) 23-25-mavzu. Do‘konda. (3 soat, A1+: 4 soat)