6-8-mavzu. Kutubxonada. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: maktabimiz kutubxonasi, kutubxonachi, darsdan keyin,
sinfdoshlarimiz bilan, qiziqtirgan kitoblar, sarguzasht asarlar, she’riy
kitoblar, har qaysimiz, ko‘proq, hammamiz, xursand bo‘ldik, olib o‘qidik,
yaxshi ko‘radi, topib berdi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Shaxs otlari (1soat). Narsa-buyum otlari. Ularning yasalishi va
imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid adabiy matnlardan parchalar, rivoyatlar,
maqollar, she’rlar.
Nazorat ishi: diktant. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
9-11-mavzu. Bilim – xazina. (3 soat, A2+: 5 soat)
Leksika: bilim, tuganmas boylik, kitob - bilimlar kaliti, kitobni sevish,
mutolaa qilish, o‘qigan – o‘zar, hech kim, allaqancha, hech qachon, kimdir,
allakim, nimadir, qaysidir, qanchadir, hech qancha kabi tayanch birikmalar.
Grammatika: Belgilash olmoshlari (1soat). Jamlash olmoshlari (1soat).
Ularning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi (1 soat).
Adabiy o‘qish: Ilm, ustozlar haqidagi adabiy matnlardan parchalar, rivoyat
va maqollar, she’rlar.
12-13-mavzu. Tabiat va iqlim. (2 soat, A2+: 3 soat)
Leksika: O‘zbekiston tabiati, mintaqa, baland tog‘lar, keng sahrolar,
jazirama issiq, quruq havo, ikki daryo oralig‘i, so‘lim vodiylar, mo‘tadil
iqlim, yog‘ingarchilik, quyoshli kunlar, bulutli kunlar kabi tayanch so‘zlar va
birikmalar.
Grammatika: Bo‘lishsizlik olmoshlari. Ularning egalik va kelishik
qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi (2 soat)
Adabiyo‘qish: O‘zbekiston tabiati, tog‘lar va sahrolar iqlimi haqida adabiy
matnlardan parchalar, maqollar, she’rlar.
Dostları ilə paylaş: |