Zuhra Kattabekova Yoshlarni ijtimoiy kompetentligini shakllantirish yo'nalishlari Reja



Yüklə 31,23 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü31,23 Kb.
#199607
  1   2
Yoshlarni ijtimoiy ...


Zuhra Kattabekova
Yoshlarni ijtimoiy kompetentligini shakllantirish yo'nalishlari
Reja:

  1. Talabalarda ijtimoiy va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi.

  2. Ijtimoiy kompetentlikni shakllantirish metodlari.

  3. Bo`lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.

Jamiyat va madaniyatning rivojlanishi bugungi kunda ta’lim va tarbiya ishlarining qanday tartibda amalga oshirilayotganligiga bog’liq. Bu esa davlat ahamiyatiga ega ijtimoiy qonuniyatdir. Davlatning buyuk kelajagi, albatta, biz yoshlarni chuqur bilimli bo’lib yetishishimiz bilan bog’liqligini unutmagan holda mahoratli pedagoglarni shakllantirishni asosiy maqsad qilib belgilab olishimiz zarur. Hozirda respublikamizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarning taqdiri yoshlarning ma’naviy kamoloti, intellektual salohiyati va kasbiy fazilatlariga bog’liq. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda o’zining tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan , o’z malakasini doimiy va mustaqil ravishda oshirib boradigan, har qanday masalaga ijodiy yondashib , tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan barkamol avlodni tarbiyalash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yilgan.


Axborot texnologiyalari asrida yashayotganimizga qaramasdan ta’lim jarayonida hali ham zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalana olmayotgan pedagoglarni uchratamiz. Ko’plab pedagoglarimiz faoliyati faqat ma’ruza bilan cheklanib qolmoqda. Bo’lajak pedagodlar o’z oldilariga ta’lim jarayonini interfaol metodlar, multimedia, slayd, audio-video vositalari bilan boyitish uchun o’zlarida texnologik kompetentlikni, mahoratni shakllantirishni maqsad qilib olishlari shart. Buyuk rus pedagogi Y.A.Komenskiy “Eshitsam unutaman, ko’rsam eslab qolaman, bajarsam anglab yetaman” deb bejiz ta’kidlamagan.
Oliy ta’lim sifatini yaxshilash barkamol avlodga ta’lim-tarbiya beruvchi bo’lajak
pedagoglarni har tomonlama yetuk kadr bo’lib yetishishlarini kafolatlaydi.Bunga sabab,
pedagogik kasb bir vaqtning o’zida ham islohotchilik, ham boshqaruvchilik kasbidir. Shaxs kamolotini boshqarish uchun kompetent bo’lish lozim. Shuning uchun ham o’qituvchining kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi bilan bir qatorda yuksak mahoratini ham ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunining 5-moddasida “Yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega” ekanligi ko’rsatilgan.
Bugungi zamonaviy ta’lim tizimiga ahamiyat beradigan bo’lsak, pedagoglarning
mahorati uning kompetentligi ta’limni sifatli amalga oshirish garovi ekanligiga guvoh bo’lamiz.
Inglizcha “competence” tushunchasi lug’aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Kompetensiya - muayyan fan bo’yicha talaba egallagan nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan nazariy va amaliy masalalarni yechishda foydalanib , amaliyotda qo’llay olishidir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o’z faoliyatida qo’llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi:
- murakkab jarayonlarda; - noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo’la olishda.
Kasbiy kompetentsiyaga ega mutaxassis:
- o’z bilimlarini izchil boyitib boradi;
- yangi axborotlarni o’zlashtiradi;
- davr talablarini chuqur anglaydi;
- yangi bilimlarni izlab topadi;
- ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy faoliyatida samarali qo’llaydi.
Ijtimoiy kompetensiya jamiyatda bo’layotgan voqea yoki hodisa, jarayonlarga dahldorlikni his qilish va ishtirok etishni ifodalaydi. Kasbiy mavqeyining o’sishiga intilish ham ijtimoiy kompetentlikning bir bo’lagi hisoblanadi. Ijtimoiy-psixologik kompetentlik ta’lim tizimini boshqarish uchun muhim. Kompetentlikni “tajribaga ega bo’lgan kishi” , “yaxshi biladigan inson” kabi ma’nolarni bildirishi eski adabiyotlarda ko’p izohlangan. Hozirda esa kompetentlik ta’lim jarayonida sodir bo’ladigan vaziyatlarda, kutilmagan holatlarda o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishuvchanligi, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanishga egalikni anglatadi. Pedagog olim N.A.Muslimov ta’kidlab utganidek, “o’qituvchining kasbiy shakllanishi uning jamiyatdagi o’rni, talabaning oliy pedagogik ta’lim muassasasidagi majburiyatlari va vazifalariga bog’liq bo’lib, talabaning o’rni nisbiy tavsifga ega, biroq uning o’quv jarayonida ishtiroki, o’quv vazifalarining ma’lum minimumini bajarish kabi ma’lum belgilarga ega”.
V.N.Vedenskiy fikricha “Kompetentlik- bu qandaydir shaxsiy tavsif, kompetensiyaesa aniq kasbiy yoki funksional tavsiflar majmuasidir”. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirsak, ijtimoiy kompetentlikning namoyon bo’lishi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- komil inson sifatida ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish.
- axloqiy sifatlar, hayotiy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lish.
- kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.
- muammolarni hal etishda samimiy bo’lish.
- kreativ yondashish.
- ta’lim jarayonini amalga oshirishda zamonaviy usul, vositalardan maqsadli foydalana
olish.
Bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarining kasbiy va ijtimoiy kompetensiyasini baholash metodlari asosan, test va nazorat hisoblanadi. Ta’lim oluvchi yoshlarning kasbiy kompetensiyasini baholashadi nazoratlarning an’anaviy ta’lim tizimidagi nazoratlardan farqi, kasbiy kompetensiyasini baholahsda bilim, ko’nikmalarning mavjudligi emas,balki o’zlashtirilgan bilim, ko’nikmalarni amaliy faoliyatda qo’llay olish layoqatlari orqali orqali baholanadi.
Talabalarning kasbiy muammolarni muvaffaqiyatli hal eta olish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun real kasbiy va ijtimoiy vaziyatga o’xshash topshiriqlar ishlab chiqish kerak. Bo’lajak pedagoglarda ijtimoiy kompetentlikni shakllantirishda turli metodlardan foydalaniladi. Hozir biz ularning ayrimlarini tahlil qilamiz:
O’z-o’zini ta’riflash metodi. Bunda talabalar o’z kompetensiyasini o’zlari ta’riflaydilar, bu ta’riflar esa boshqa talabalar va o’qituvchi tomonidan tasdiqlanadi. Bu metod baholanuvchi talabaning o’z kompetensiyalarini darajasini yozma ravishda o’zi baholashidir. O’z-o’zini ta’riflash metodi pedagogikaning boshqa ta’lim yo’nalishlari orasida kasb ta’limi yo’nalishiga ko’proq mos keladi, chunki ushbu yo’nalishda kasbiy kompetensiyalar kompetentlarning turlari ko’p va xilma-xil, kompetentlikni rivojlantirish shakllari ham turlicha.
“Portfolio” metodi. Ushbu metod talabalarning kasbiy va ijtimoiy kompetensiyalarning shakllanishini namoyon qiladigan materillar va ma’lumotlar to’plamidan iborat. Portfolio ularning ta’lim jarayonida erishgan natijalarini, olimpiadalar, tanlovlar, xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalardagi yutuqlaridan iborat bo’ladi.
Imitatsion topshiriqlar metodi. Imitatsion (taqlidga oid) topshiriqlar bo’lajak kasbiy faoliyatga maksimal darajada yaqinlashtirilgan vaziyatlarni hal etishga qaratilgan topshiriqlardan iborat bo’ladi. Bu metodning mohiyati talabalarga qo’yilgan kasbiy vazifalarni mustaqil amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratish, kasbiy faoliyat muhitiga olib kirish orqali ularning ijtimoiy va kasbiy kompetensiyalari mavjudligining dalillarini namoyon qilishdadir. Keltirilgan dalillar talaba tomonidan kasbiy faoliyatga tegishli bo’lgan vazifalarning yechilishi jarayonini kuzatish natijasida to’plab boriladi.
Biz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz lozim. Tarixga nazar tashlasak, ona yurtimiz tuprog’ida qanchadan-qancha ma’rifatparvar siymolar, buyuk daholar yetishib chiqqanligini ko’ramiz. Biz kimning avlodlari ekanligimizni unutmasligimiz kerak. Vatanimizni kelajagi bizning qo’limizda. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov o’z ma’ruzalarida ta’kidlagan quyidagi hikmatli so’zlari ham bejiz emas: “Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qoldirishi lozim”.
Bugungi globallashuv jarayonida dunyoning har qarich yerida inson ongi va tafakkuri uchun jiddiy kurash ketayotgani ayni haqiqatdir. Birda yovuz, birda madaniy ko‘rinishdagi bu kurash har birimizdan atrofga teran nazar tashlash, jahonda kechayotgan turfa jarayonlarni aql va tafakkur bilan sarhisob etishga undaydi.
Ma’lumiki, Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori , 2020-yil 25-dekabrdagi O‘zbekiston Yoshlari forumida hamda 2020-yil 29-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasi da hamda joriy yilning 19-yanvar kuni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda vazirliklar, qator davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashga chorlaydi.
Davlatimiz rahbarining “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni, ruhi ma’naviyatdir”, degan so‘zlari mohiyatidagi uyg‘onish nafasi Hazrat Navoiy da’vatlariga mohiyatan uyg‘un bo‘lib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga azm-u shijoat bilan kirishgan xalqimiz uchun tarbiya, yaxshi xulq, aql-idrok, bilim, ma’naviyat naqadar tengsiz qudrat va ruhiy manba ekanligini yana bir bor anglatdi. Demak, yuksak ma’naviyat bilan jamiyat hayotining tanasi bo‘lgan iqtisodiyot vujudiga jon, ruh kiradi, unga tiriklik, tengsiz yaratuvchi qudrat baxsh etiladi.
Negaki ma’naviyat va ma’rifat barcha zamonlarda tengsiz qudrat, baxt-saodat, tinchlik, bunyodkorlik, hamjihatlik mezoni, ruhiy poklanish va qalbni yuksaltiruvchi ne’mat bo‘lib kelgan. Chunki u millatni, xalqni, demakki, insonlarni yuksak fazilatlar, kamolotga yo‘llovchi axloqiy mezonlar asosida yashashga, xudbinlik, g‘aflat asiriga aylanmay hamisha yaxshilik yo‘lida bedor bo‘lishga, bu olamni obod qilishga, go‘zallikka burkashga chorlagan.
Endilikda, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ta’kidlanganidek, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni jaholat soyasidan asrash, tinimsiz chiranib yotgan ma’naviy tahdidlardan himoya qilish uchun tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi talablar asosida yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligini mustahkamlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi.
Mavjud muammolarni hal etish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida Vatanimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha yagona tizim yaratish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishni talab etadi. Bu borada nafaqat respublikamiz, balki jahon ta’lim tizimida yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mexanizmi, yoshlarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishning amaliy pedagogik tizimi, o‘qitish modellari texnologik taraqqiyot g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirilgan interfaol dasturlar ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “XXI asrning Oliy ta’limi” Butunjahon deklaratsiyasi, UNESCOning “Oliy ta’limni isloh qilish va rivojlantirish” dasturiy hujjatlarida dunyo miqyosida ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, modulli ta’limni tashkil etishga, o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali talaba-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor berilgan.
Jahon oliy ta’lim tizimida yoshlarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. AQSH, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda talaba-yoshlarning tafakkurini o‘stirish, qobiliyatlarini erta aniqlash, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmlari samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishda modulli o‘qitish, “blended learning” (aralash o‘qitish), mahorat darslari, vebinarlar tashkil etilib kelinmoqda. Respublikamizda ko‘pgina olimlar tomonidan ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining turli jihatlari o‘rganilgan hamda ushbu tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash imkoniyatlari tavsiya etilgan. Bu tadqiqotlarning ba’zilari keng qamrovli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining ma’lum bir qirrasini tahlil etishga qaratilgan bo‘lsa, boshqalari ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmunini boyitishga va turli o‘quv kurslarida yangi usullarini qo‘llashga yo‘naltirilgan, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan.
Inson qaysi kasb sohibi bo’lmasin o’z ishiga , mashg’ulotiga mehr bilan yondashsa, uning sirlarini mukammal egallaydi. O’z-o’zini anglaydi, shu sohada kamol topadi. Pedagog ham bolalarni sevsa, tarbiyalasa, o’zi ham ulg’ayadi, pedagogga oid sifatlar kasb etib boradi. Kelajak yoshlarni qo’lida deyapmiz, demak biz xalqning ertangi kunimiz. Biz interfaol darslar tashkil etilishini xohlaymiz. Bunda o’qituvchining notiqlik san’ati, chiroyli so’zlash mahorati bizning diqqatimizni jalb qiladi. O’qituvchipedagoglarni hurmat qilamiz, chunki nihoyatda mas’uliyatli va sharafli kasb. Bu kasbda kompetentlik muhim ahamiyatga ega. Kompetentlikni shakllantirish bilan bir qatorda hozirgi kundagi asosiy vazifalarimizdan biri talabalarni shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotida uchraydigan vaziyatlarda egallab turgan tipdagi malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish, mustaqil holda fanga tegishli kerakli axborotlarni izlab topish, tahlil qilish natijasida zaruriy bilimlarni oshirishga oid materiallarni ajrata olish, ko’zda tutilmagan noaniq, muammoli vaziyatlar yuzaga kelganda ish beradigan malakalarga alohida ahamiyat berish hamda egallagan bilimlarini kundalik turmushi jarayonida qo’llay oladigan xususiyatlarni egallagan holda tarbiyalashdan iboratdir. Bo’lajak pedagoglarda bu xususiyatlarni tarbiyalashda o’z sohalariga doir barcha fanlarga oid bilim, ko’nikma va malakalarni dars jarayonlarida singdirish bilan birgalikda ularda kompetensiyalarni ham shakllantirish lozim.
Demak, yoshlarda aynan ijtimoiy munosabatlarga kirishish uchun lozim bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kategoriyalar, normalar, qadriyatlar tizimi haqida bilim hosil qilish hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalari takomillashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda o‘qitiladigan tarbiyaga oid fanlarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari (suhbat, bahs-munozara, muammoli ta’lim)dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq.
Ta’lim muassasalari talaba-yoshllarida ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy sifatlarning rivojlanganligini baholash namunali, yaxshi, qoniqarli mezonlar orqali aniqlab boriladi. Past ko‘rsatkich aniqlansa, korreksiyalash ishlari amalga oshiriladi, buning uchun yoshlar bilan individual-psixologik ishlar olib boriladi hamda natijaga erishish uchun harakat qilinadi.
Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalari yoshlari ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modelini yaratishga imkon beradi. Bunday zamonaviy ta’lim modeli yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ma’naviy-axloqiy kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish muhim hisoblanadi. Chunki yoshlarda zarur kompetensiyalarni shakllantirish uchun, avvalo, pedagogning o‘zida kompenentlilik rivojlangan bo‘lishi lozim.
Tayanch kompetensiyalar – inson kim va qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, shaxs hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun egallashi lozim bo‘lgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy ko‘nikma va malakalar majmuyidan iborat. Bunda har bir shaxs kommunikativ bo‘lishi, axborot bilan ishlay olishi, shaxs sifatida o‘zini rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lishi, umummadaniy xislatlarga ega va fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lishi nazarda tutiladi.

Yüklə 31,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin