Zumradoylar davrasi



Yüklə 23,27 Kb.
səhifə2/3
tarix22.10.2022
ölçüsü23,27 Kb.
#65834
1   2   3
Zumradoylar davrasi

Boshlovchi: Rahmat. Marhamat endi 2-ishtirokchimiz bilan tanishib olamiz
Gulday suluv guloyim Mahliyoyingizdan
Oydan oydin begoyim Mahliyoyingizdan
Ipakday muloyim Mahliyo qizdan
Barchaga ehtirom salom assalom
Tug’uldim go’zal Urganch shahrida
Kichkina go’zal oila bag’rida
5tamiz yasahymiz inoq va ahil
Otan, onam, akam va men o’zim

Boshlovchi: Rahmat. Marhamat endi 3-ishtirokchimiz bilan tanishib olamiz
Salom berib sehr bilan
Qalb tubida mehr bilan
Tilab sizga tillo taxt
Hamroh bo’lsin omad baxt
Dunyoga keldim Xiva shahrida
Go’zal bir oila bag’rida
Oilamiz doim inoq va ahil
Yashaymiz doim kulgu bag’rida

Boshlovchi: Rahmat. Marhamat endi 4-ishtirokchimiz bilan tanishib olamiz
Assalom ustozlar mehri giyolar
Yuragi quyosh-u , qalbi daryolar
Sizga ham mehmonlar dildan ehtirom
Qo’lim ko’ksimda deyman salom assalom
Xorazm qiziman chekak guliman,
Elimning yagona Mahliyosiman
Ota-onam, oilamning tanho qiziman
Dunyoda yagona bitta guliman
Boshlovchi: Mana qizlarimiz bilan tanishib oldik. Endi esa hakamlar hayatiga yuzlanib qizlarimizning 1-shart bo’yicha to’plagan ballarini bilib olamiz. Marhamat
(ballar e’lon qilinadi)
Boshlovchi: 1-shartimiz bo’yicha ballarni bilib oldik. Qizlarimizni 2-shartga tayyorgarlik ko’rishlari uchun ruxsat beramiz. 2-shartimiz “Orasta qizlar” deb nomlangan bo’lib, bu shartda qizlarimiz oldlarida turgan idishlarni chiroyli qilib taxlab, dasturxon tuzab berishlari kerak bo’ladi. Bu shartimizni bajarish uchun qizlarimziga 2daqiqa vaqt beriladi. Agar qizlarimiz tayyor bo’lsalar marhamat shartni bajarishlari mumkin.
(shart bajariladi)

Boshlovchi: Mana 2-shartimiz ham yakunlandi. Shartimiz yuzasidan hakamlarga yuzlanamiz va ballarni bilib olamiz. Marhamat
(ballar e’lon qilinadi)
Mana 2-shartimiz yuzasidan qizlarimiz to’plagan ballarni bilib oldik. Endi esa navbatni qizlarimiz ishtirokida tayyorlangan go’zal raqsni tomosha qilamiz. Marhamat
(Ziyoda “Boychechak” qo’shig’iga raqsga tushiladi)
Boshlovchi: Mana go’zal raqsni ham tomosha qildik. Endi esa 3-shartimizga navbat beramiz. 3-shartimiz “Go’zallik” deb nomlangan bo’lib, bu shartda qizlarimiz dugonalarining sochlarini chiroyli qilib turmaklab berishlari kerak bo’ladi. Bu shartni bajarish uchun qizlarimizga 4 daqiqa vaqt beriladi. Agar qizlarimiz tayyor bo’lsalar marhamat shartni bajarishlari mumkin.
(shart bajariladi)

Yüklə 23,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin