1-§. Qadimgi tarix-taraqqiyotning boshlanishi Nima sabab bilan eng qadimgi urug`chilik tizimi ham yakunlandi?



Yüklə 488,07 Kb.
səhifə1/43
tarix16.05.2023
ölçüsü488,07 Kb.
#114474
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
1 iiv


1-§. Qadimgi tarix-taraqqiyotning boshlanishi
1. Nima sabab bilan eng qadimgi urug`chilik tizimi ham yakunlandi?
A) Matriarxatga o‘tilishi bilan
B) Patriarxatga o‘tilishi bilan
C) Paleolit davriga o‘tish bilan
D) Mezolit davriga o‘tish bilan
2. Kimlar u yoki bu hozirgi zamon tili qay yo‘sinda shakllanganini tushunib yetish maqsadida qadimgi tillarni tadqiq etadilar?
A) Arxeologlar B) Antropologlar
C) Etnograflar D) Lingvistlar
3. O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimgi manba?
A) "Avesto" B) "Injil"
C) "Qur'on" D) "Bibliya"
4. Qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va boshchanoq) ni sinchiklab tekshirib ko‘rgan ... ularning tashqi ko‘rinishini qaytadan yaratishga, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyofasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni nazardan o‘tkazishga harakat qiladilar?
A) Arxeologlar B) Antropologlar
C) Etnograflar D) Lingvistlar
5. Ma’lumki, bundan 5-4 ming yillar muqaddam O‘zbekistonning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o‘rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. O‘lkamizdagi o‘sha davrlarga oid ko‘hna qadamjolarni o‘rganish chog‘ida arxeologlar qaysi o‘lkalarning hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan?
A) Hindiston, Xitoy va Vizantiya
B) Hindiston, Eron va Mesopotamiya
C) Hindixitoy, Eron va Mesopotamiya
D) Hindiston, Arabiston va Kichik Osiyo
6. Matriarxat bu?
A) Ona urug‘i B) Ota urug‘i
C) Juft urug‘i D) Katta oila
7. Insoniyat tarixining boshlang`ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan, hamma baravar ishlagan, bu davr qanday ataladi?
A) Urug‘chilik tuzumi
B) Ibtidoiy jamoa tuzumi
C) Qabilachilik tuzumi
D) Feodal tuzumi
8. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning...?
A) Ibtidoiy to‘daga birlashuvi bo‘lgan
B) Urug‘ jamoasiga birlashuvi bo‘lgan
C) Davlat tuzumiga birlashuvi bo‘lgan
D) Feodal aloqalarga birlashuvi bo‘lgan

Yüklə 488,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin