1-1bt-21 guruh talabasi Tolmasova Robiyaning O'zbek tilining sohada qo'llanishi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 45,92 Kb.
tarix21.12.2022
ölçüsü45,92 Kb.
#77153
2 5224591320584036892

1-1BT-21 guruh talabasi Tolmasova Robiyaning O'zbek tilining sohada qo'llanishi fanidan tayyorlagan taqdimoti.

Mavzu:Respublikamizda o'zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo'yicha qilinayotgan ishlar.

Reja: 1.O'zbek tili - davlat tili. 2.Til nufuzini oshirishda qilinayotgan ishi . 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.

Dars shiori: Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oynai hayoti — bu uning milliy tili va adabiyotidir. Abdulla Avloniy

«Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin» Shavkat Mirziyoyev.


Oʻzbekistonda 1989-yil 21-oktyabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi.
Oʻzbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish kuchaymoqda.
Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulugʻ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktyabr sanasini “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish; davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat tilining amal qilishi bilan bogʻliq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha takliflar tayyorlash; oʻzbek tilining yozma nutqi meʼyor va qoidalarini ishlab chiqish boʻyicha hamda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini toʻliq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish; davlat tilini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; davlat tilini rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish; ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qoʻllanishini taʼminlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish; davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: a) uch oy muddatda: “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni belgilash boʻyicha qonun loyihasini; “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin; b) ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur oʻrgangan holda ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin; v) 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan 2020 — 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritsin:

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z. Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

E'tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 45,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin