Kirish.
1.Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati.
2. Aholi daromadlari turlari va shakllanish manbalari.
3.Aholi daromadlariga tasir etuvchi omillar.
4.Pandimeya sharoitida O’zbekistonda aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlari.
Xulosa.
Kirish. Yildan-yilga tobora jadallashib borayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv va ijtimoiy globallashuv jarayonlari har bir mamlakatga bilvosita ta’sir o’tkazmay qolmaydi. Hukumatlar mazkur ta’sirga o’zining optimal reaksiyasini o’z xalqlarining mentaliteti, qadriyatlari va boshqa o’ziga xos jihatlarini, xususan, iqtisodiy salohiyatini inobatga olgan holda ko’rsatishlari tarixdan ma’lum. Iqtisodiy jihatdan taraqqiyotga erishgan mamlakatlar tajribalaridan foydalangan holda milliy iqtisodiyotning samaradorlik darajasini oshirish muammosi deyarli har bir rivojlanayotgan mamlakat oldida turgan va hal qilinishi birlamchi ahamiyat kasb etuvchi vazifadir. Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
2021-yilning yanvar-mart holatiga aholi umumiy daromadlari 95,4 trln. so’mni, aholi jon boshiga esa o’rtacha 2,8 mln. so`mni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-mart holatiga ko’ra aholi umumiy daromadlari 95,4 trln. so’mni, bir kishiga o’rtacha hisoblaganda 2,8 mln. so`mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan. 2021- yilning yanvar-mart oylarida (uch oy davomida), aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi Toshkent shahrida (6 341,4 ming so‘m) hamda Navoiy (4 526,8 ming so‘m), Buxoro (3 157,4 ming so‘m), Toshkent (3 144,7 ming so‘m) va Xorazm (2 810,7 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi eng quyi ko‘rsatkichlari Namangan (1 985,7 ming s‘om), Farg‘ona (2 051,4 ming so‘m) va Surxondaryo
(2 072,3 ming s‘om) viloyatlarida qayd etildi.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sishi Samarqand (110,7%) va Xorazm viloyatlariga (111,2%) to`g`ri keladi.
Shu bilan birga Toshkent (7,4%), Surxondaryo (6,9%), Jizzax (6,8%), Navoiy (5,9%), Farg‘ona (5,0%), Sirdaryo (4,7%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (3,4%) aholi jon boshiga real daromadlarning pasayishi kuzatilgan.
Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 66,1% ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) va 27,7% ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
Iqtisodiyotda bir-biriga bog‘liq bo‘lgan munosabatlar borki, ularni hal qilmasdan mamlakatning farovonligini oshirish mumkin emas.
Shular qatorida:
Aholi daromadlarining pasayishi;
Ishsizlikning paydo bo‘lishi;
Inflyatsiya va hokazo.