1. Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. Aholi daromadlari turlari va shakllanish manbalari



Yüklə 237,51 Kb.
səhifə6/10
tarix12.11.2022
ölçüsü237,51 Kb.
#68670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiyot nazariyasidan kurs ishim 2021

Infografika: Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tavsiya etilayotgan chora-tadbirlar.
Agar tashqi savdo aylanmasi yil boshidan buyon Xitoy va Yevropada epidemiya ta’sirida salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, unda barcha savdo ob’yektlarini yopish (oziq-ovqat do‘konlari va bozorlardan tashqari), umumiy ovqatlanish va xizmatlar, mamlakat ichidagi transportda qat’iy cheklovlar va boshqa mamlakatlar bilan avto, havo va temir yo‘l aloqalarining to‘xtatilishi ichki talabning pasayishiga olib keldi.
Ichki talabni qo‘llab-quvvatlash uchun 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 16% dan 15% ga tushirdi. Bu so‘nggi 5 yil ichida qayta moliyalash stavkasining ilk marta pasaytirilishi bo‘ldi.
Birinchi chorakda YaIM o‘sishining pasayishi ham o‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga yanada faol integratsiyalashganini ko‘rsatdi.
So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori ko‘rsatkichlarda o‘sib borishi YaIM tuzilmasidagi ulushini ham oshishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, 2019 yil yakunlariga ko‘ra YaIMda xizmatlar 35,5%, sanoat 30%, qishloq xo‘jaligi 28,1%, qurilish 6% ni tashkil etdi. Demak xizmat ko‘rsatish sohasidagi og‘ir vaziyat iqtisodiy o‘sish sur’atlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Iqtisodiy inqirozning aholi bandligiga ta’siri.


Xalqaro mehnat tashkilotining 2020 yil 1 chorak yakuni bo‘yicha e’lon qilgan monitoring natijalariga ko‘ra, aprel oyining boshiga kelib Covid-19 pandemiyasi ta’sirida global miqyosda 2,7 mlrd ish o‘rinlarining to‘liq yoki qisman yopilishiga olib keldi, bu esa jahondagi ish bilan band aholining 81 %iga ta’sir qildi.
Jahonda kambag‘al aholi soni qariyb 2 baravarga yoki 500 million kishiga ko‘payish xavfi yuzaga kelmoqda.
Bularning natijasida ish o‘rinlari soni qisqarishi, ishlab chiqarish quvvatlarining qisman yoki to‘liq to‘xtalishi, masofadan ishlash tamoyillari joriy etilishi natijasida mehnat unumdorligi pasayishi kuzatilmoqda.
Ayniqsa, turizm, sayyohlik, mehmonxona va transport xizmatlari eng katta yo‘qotishlarga duch keldi. Yo‘qotishlarning hajmini yirik aviakompaniyalarning aksiyalari qiymati 50 foizga pasayganligida ham ko‘rish mumkin.

Iqtisodiy inqirozlar asoratlarini yumshatishda qaysi iqtisodiy siyosat dastaklaridan foydalanish mumkin?


Darhaqiqat, dunyoda qaysi sohani olmaylik, global inqiroz ish o‘rinlarini qisqarishiga keskin ta’sir ko‘rsatmoqda. Aksariyat siyosatchilar postpandemik davrda iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha zudlik bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, ayniqsa, iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, hayotiy muhim bo‘lgan sohalar va aholining aksariyat qismi band bo‘lgan tadbirkorlik sohalarini himoya qilish bo‘yicha jiddiy izlanishlar olib borilmoqda.

Yüklə 237,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin