O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Samarqand filiali
Dasturiy injiniring yo‘nalish talabalasi Mardonov Maratning dasturiy ta’minot loyihalarini boshqarish fanidan bajargan
1-amaliy ishi
Tekshirdi: Tuxtayeva Marg’uba Ushbu amaliy ishni bajarishda loyiha sifatida "Pharmacy system" pos(Point of sale system)ni olamiz. Bu dasturda biz farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish uchun mo’ljallangan.
I bosqich(Boshlash bosqichi) Loyiha maqsadi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – farmatsevtika mahsulotlarini chakana va ulgurji sotuvchi tadbirkorlar ishini yengillashtirish uchun mo’ljallangan.
Bu dasturda kirim , chiqim , fakturalar va dorilar soni va ro’yxatini ko’rishimiz mumkin.
Bundan tashqari ulgurji sotuvchilarda diagrammalar orqali ham xaridorlar savdosini o’sish kamayishini ham ko’rib turish mumkin bo’ladi.
Loyihaning vazifalari. Loyihaning asosiy vazifalari:
Ulgurji dori sotuvchilarini sifatli va to’g’ri ishlaydigan dastur bilan ta’minlash;
Chakana dori sotuvchilarini kirim , chiqim , faktura xisobotlarini to’g’ri amalga oshiradigan dastur yaratish;
Loyihada tomonlarning pozitsiyasi va majburiyatlari. Ushbu dasturda loyiha yaratuvchilarning asosiy majburiyati bu –
Dastur barcha qurilmalarda to’g’ri va ortiqcha vaqt o’g’irlamasdan ishlashini, tushunarli va sodda bo’lishini ta’minlash.
Foydalanuvchi tomonidan esa yaratuvchi yozgan qoidalarga amal qilgan holda ishlatishi majburiyati yuklanadi.
Loyihadagi cheklovlar. Loyihada asosiy cheklov bu- farmatsevtika tarmog’idan boshqa sohada qo’llash mumkin emasligi.
Loyiha budjeti. Loyihani ishlab chiqishda loyiha budjeti 30 000 000 so'm bo'lib, budjetni taqsimlashda quyidagi xarajatlar inobatga olingan:
Dasturchilar: 15 000 000 so'm;
Server resurslari: 10 000 000 so'm;
Ma'umotlar bazasi va domenga oid xarajatlar: 5 000 000 so'm