1-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Fanning asosiy tushunchalari mohiyati, xavf turlari va
ularni guruhlash va indenfikatsiyasi. (2 soat).
Reja.
1.
Fanning maqsadi va vazifasi
2.
HFX ning aksiomalari yoki uning istiqboli haqida
Ilgari bu fanlar alohida-alohida bir-biriga bog’lanmagan holda o’qitilar edi. Masalan
ekologiya - umumiy umummuhandislik fani sifatida, mehnat muhofazasi - insonning
mehnat sharoitidagi xavfsizligini, fuqaro muhofazasi esa insonning favqulodda
vaziyatlardagi xavfsizligini ta’minlash masalalarini o’rganar edi, xolos. Uning tarbiya
muhiti ruhiyati va boshqa ko’pgina omillar hisobga olinmas edi. Ma’lumki insonning
hamma aktiv harakati (mehnat jarayoni, dam olishi, sport bilan shug’ullanishi va h.k.)
uning faoliyatini tashkil qiladi.
Alloh taolo insonni yaratganda uni rizqi bilan yaratgan. Lekin u rizqini o’z mehnati
bilan topishi kerak. Bu yo’lda u ko’pgina xavf-xatarlarga uchraydi. Hozirgi vaqtda inson
tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa ko’plab xavf-xatarlar dunyosida yashaydi. Bularga
bardosh bera olmagani hayotdan ko’z yumadi.
Bundan tashqari tabiatda ofatlar, er qimirlashi, suv toshqini, tayfunlar, yong’inlar,
tog’ siljishlari va boshqalar bo’lib turadi. Bular inson faoliyatiga bog’liq bo’lmagan holda
yuz bersa, inson faoliyati bilan bog’liq portlashlar, avariyalar, yong’inlar va boshqa yirik
ko’ngilsiz voqealar bo’lib turadi. Bularga ko’plab misollar keltirish mumkin:
Armanistondagi er qimirlashi, Jigaristondagi er siljishi, Chernobildagi AESning portlashi,
Ufa atrofida temir yo’ldagi portlash, 1992 yil 3 martdan “Moskva-Riga” poezdlarining
to’qnashuvi. 1992 yil avgustdagi janubiy Qirg’izistondagi er qimirlash. 1992 yil Ukraina
shaxtasidagi portlash va boshqalar.
Ko’rinib turibdiki, talofatlar iiternatsional xarakterga egadir. 1984 yilda Bxopal
(Hindiston) shahrida AQShning “Yunion-Karbayd” zavodida metilizotsionat zaharli
gazining sizib chiqishi natijasida 3150 kishi o’lgan, 20 ming kishi to’la nogiron bo’lgan
va 200 ming kishi kasallangan. 1988 yil 20 dekabrda Tablas (Fillipin) bo’g’ozida
kemalar to’qnashuvi natijasida 5393 kishi xalok bo’lgan 2004 yildagi Tinch okeanidagi
tsunami, 2010 yil Gaiti orolidagi, shu yil fevral oyidagi Chilidagi zilzila va boshqa
ko’plab tabiiy ofatlar insoniyatga son – sanoqsiz kulfatlar olib keldi.
Shularni hisobga olib BMT ning 42-sessiyasi 1991 yildan boshlab tabiiy ofat va
talofatlarni kamaytirish, bexatarlik 10 yilligi deb belgiladi.
Binobarin, hozirgi sharoitda shaxsning va jamiyatning xavfsizligini taminlash uchun
kasbiy va tarmoq manfaatlari qobig’idan chiqib, bu muammolarni keng miqyosda hal
qilish hayot taqozosidir.
Ana shunday imkoniyatlarni ushbu HFX fani ochib beradi. U hayotning asosiy
qonunlarini, printsipini va usullarini ko’rib chiqadi. XFX - bu xavfsizlikni inson
faoliyatining barcha jabhalarida qo’llash mumkin bo’lgan nazariy asosidir. Bu
mutaxassislarning bilimida asosiy rol o’ynaydi. Haqiqatdan ham mutaxassis shu ish
jarayonida sodir bo’ladigan xavfli vaziyatlarni oldindan ko’ra bilmasa, ajralib chiqishi
mumkin bo’lgan zaharli moddalardan saqlanish usullarni bilmasa, ishchilarni sog’lig’ini
saqlay olmasa unday mutaxassis mutaxassis emas.
HFX, fani bir necha umumiy tushunchalar bilan bog’liq.
“Faoliyat” - insoniyatning mavjud bo’lishi uchun kerakli sharoit.
“Mehnat” - faoliyatning yuqori formasi.
Entsiklopediyada keltirilishicha faoliyat va mehnat turlari ko’p qirralidir. Ular
maishiy hayotda, jamiyat hayotida, madaniy, ishlab chiqarish, ilmiy va hayotning boshqa
jabhalarida kechadigan amaliy aqliy va ruhiy jarayonlardan iborat.
Faoliyat jarayoni nusxasi G’modeliG’ umumiy holda asosan ikki elementdan, yani
inson va muhit orasidagi munosabatlardan tuzilgan.
“Inson-muhit” sistemasi ikki maqsadni ko’zlaydi:
1.
Ma’lum bir samaraga erishish.
2.
Ko’ngilsiz oqibatlardan holi bo’lish.
Ko’ngilsiz
oqibatlarga,
avariyalar,
yong’inlar,
holatlar
kishi
sog’lig’iga va hayotiga zarar etkazish holatlari va sh.o’. lar kiradi. Shunday ko’ngilsiz
oqibatlarni keltirib chiqaruvchi ta’sir, jarayon va hodisalar xavflar deb ataladi.
Xavflar yashirish va yaqqol bo’ladi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq
sharoitlar kerak. Shu sharoitlar
Dostları ilə paylaş: |