1-Amaliy mashg`ulot



Yüklə 282,93 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü282,93 Kb.
#42838
MIT 1-amaliy topshiriq


613-18 guruh talabasi Qodirov Axror


1-Amaliy mashg`ulot


Mavzu: Ma’lumotlar bazasini tashkil etish va Matlabda ishlash asoslari. Ishdan maqsad: Matlab haqida malumot, matlab versiyalari va vazifalari bilan tanishish, matlab dasturida oddiy hisoblashlar.

MATLAB — bu vaqt sinovidan o‘tgan matematik hisoblarni

avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo‘llashga asoslangan. Bu narsa tizimning nomi — MATrix LABoratory — matritsaviy laboratoriyada o‘z aksini topgan.

Matritsalar murakkab matematik hisoblarda jumladan chiziqli algebra masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda ob'ektlarni modellashda keng qo‘llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob'ektlarning holat tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va yechishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Masalan: germaniyalik rassom Albrecht Dürer o’zining Melencolia I nomli asarida ham martisadan keng foydalangan. Bu matrisa o’ziga hos tuzilishga ega.



MATLAB dasturi aerodinamika, gidrodinamika, akustika, radiotexnika, elektrotexnika va boshqa ilmiy sohalarda matematik masalalarni hal etishda keng qo‘llaniladi.



MATLAB tizimini Moler (S. V. Mou ler) ishlab chiqqan va 70-yillarda undan katta EHM larda keng foydalanilgan. MathWorks Inc firmasining mutaxassisi Djon Litl (John Little) 80-yillarning boshlarida IBM PC, VAX va Macintosh klassidagi kompyuterlar uchun PC MATLAB tizimini tayyorlagan. Keyinchalik MATLAB tizimini kengaytirish uchun matematika, dasturlash va tabiiy fanlar bo‘yicha jahondagi eng yirik ilmiy markazlar jalb qilingan. MATLAB dasturining versiyalarini sotuvga chiqish sanalari:



  • MATLAB 5.0 – 1996 yil dekabr

  • MATLAB 5.1 – 1997 yil may

  • MATLAB 5.3 – 1999 yil yanvar

  • MATLAB 6.0 – 2000 yil noyabr

  • MATLAB 6.1 – 2001 yil iyun

  • MATLAB 6.5 – 2002 yil iyun

  • MATLAB 6.51 – 2003 yil avgust

  • MATLAB 7.0 – 2004 yil iyun

  • MATLAB 7.9 – 2009 yil avgust

MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan va imkoniyatlari keng dasturlash tili bilan ta'minlashdir. MATLAB ning imkoniyatlari juda keng. Undan hisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan va texnikaning har qanday sohasida foydalanish mumkin.

MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:



  • matematik hisoblashlar;

  • algoritmlarni yaratish;

  • modellash;

  • ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish;

  • ilmiy va injenerlik grafikasi;

  • ilovalarni ishlab chiqish;

  • grafik ishlanmalarni yaratish va boshqalar.

MATLAB ochiq arxitekturaga ega, ya'ni mavjud funksiyalarni o‘zgartirish va yaratilgan xususiy funksiyalarni qo‘shish mumkin.

Katta xajmdagi buyruqlar va funksiyalarni realizatsiya qilish uchun matnli m- fayl yoki C dasturlash tilida yozilgan fayllardan foydalaniladi.

MATLAB — kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo‘l bilan kengayishi va bu kengayish m-fayllar ko‘rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning kengayishlari kompyuterning qattiq diskida saqlanadi va MATLABning biriktirilgan (ichki) funksiyalari va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi.

Foydalanuvchi m-fayl matnli formatga ega bo‘lganligi sababli unga har qanday yangi buyruqni, operatorni yoki funksiyani kiritishi va keyin undan biriktirilgan funksiya yoki operator kabi foydalanishi mumkin. Bunda Beysik, Si yoki Paskal dasturlash tillaridan farqli ravishda yangi funksiyalarni e'lon qilish shart emas. Bu jihatdan MATLAB Logo va Fort tillariga o‘xshash. Lekin MATLAB da yangi ta'riflar fayl ko‘rinishida diskda saqlanishi sababli operator va funksiyalar soni amalda chegaralanmagan.



Amaliy qism

>> l=1.7*power(10,3)

l =

1700


>> a=pi/10

a =


0.3142

>> 4/3*power(l,3)*power(sin(a/2),2)*sqrt(cos(a))

ans =

1.5633e+08



Xulosa

Ushbu amaliy mashg’ulotni bajarish davomida Matlab dasturida matematik ifodani kiritishni ko’rib chiqdim. O’zimga berilgan topshiriqni bajarib natijani hisobotimda ko’rsatib o’tdim
Yüklə 282,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin