Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari



Yüklə 53,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü53,37 Kb.
#197021
  1   2
Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari - Vikipediya



Oʻzbekiston —
Turkiya
munosabatlari
Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari
.
Turkiya Oʻzbekiston Respublikasining
mustaqilligini tan olib, ikki davlat
oʻrtasida diplomatiya munosabatlari
oʻrnatilgach, 
1992-yil
aprelda 
Turkiyaning
Toshkentdagi
elchixonasi, 
1993-yil
yanvarda esa Oʻzbekiston
Respublikasining Anqaradagi elchixonasi


oʻz faoliyatini boshladi. Istanbulda
Oʻzbekiston Respublikasi ning Bosh
konsulxonasi ochildi.
OʻzR Prezidenti I. A. Karimov 1991-yil
dekabr, 1994-yil iyun va 1997-yil noyabrda
rasmiy tashrif bilan T.da boʻldi. 1998-yil
oktabrda T. Respublikasining 75 yilligiga
bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi.
Oʻz navbatida, T. Prezidentlari T. Oʻzal, S.
Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlari
 
Oʻzbekiston
 
Turkiya


Demirel va boshqa davlat arboblari bir
necha bor rasmiy tashrif bilan
Oʻzbekistonda boʻldilar. Ana shu tashrif
va muloqotlar natijasida ikki davlat
oʻrtasidagi munosabatlarning
shartnomaviy-huquqiy asoslari yaratildi.
Jumladan, Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasida
"Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida"gi
shartnoma hamda siyosiy, savdo-
iktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiy-
texnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik
moddalar savdosiga qarshi kurash,
huquqiy yordam, sogʻliqni saqlash,
transport, sayyohlik, madaniyat va
boshqa sohalarda 78 hujjat imzolandi.


Oʻzbekiston Prezidenti
 
Islom Karimovning
2000-yil
sentabrda 
Turkiya Prezidenti
Ahmet Necdet Sezer
bilan 
BMTning
"Ming
yillik" sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki
tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat
kasb etdi. 2003-yilda T. Bosh vaziri Rajab
Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi.
Tashrif davomida yana bir qancha hujjat
imzolandi. Jumladan, xalqaro
terrorizmga qarshi kurash sohasida
hamkorlik va diplomatik pasport egalari
uchun vizalarni bekor qilish haqida
hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro
aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida
ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari
oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy
hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro


ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki
tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik
toʻgʻrisidagi bitimlar bilan
muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida
bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp
kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli
2002-yil Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasidagi
tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln.
AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa,
2003-yilda 2002-yilga nisbatan 41,3%
oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki
savdo tovar aylanmasida T.ning ulushi
4% ni tashkil etadi. T. Oʻzbekistondan
rangli metall va undan tayyorlangan
buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato,
paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va
yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik


uskunalar, yer osti transport vositalari,
optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr
asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy
mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Ayni
paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd.
AQSH dollariga teng boʻlgan (bu
mablagʻning yarmini T. Eksimbanki
bergan) 16 loyihani birgalikda amalga
oshirishga kirishildi. Chunonchi jun
yigirish, mayin jun matolar va shu
kabilarni ishlab chiqarish.ga
ixtisoslashgan "KosonsoyTekmen"
qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha
qiymati 76 mln. AQSH dollari), Xorazm
viloyatida trolleybus liniyasini qurish
(loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari),
shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2


mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular
jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir
qancha mehmonxonalarni qayta qurish
va taʼmirlashda T.ning "AySel", "Ulus
inshaat", "Oʻqan xolding", "Emesam"
firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston
Respublikasida T. sarmoyasi ishtirokidagi
351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi
100% turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan
korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida
"SamKochavto" (avtobus va oʻrta
hajmdagi yuk mashinalari ishlab
chiqarish.), "Papfen" (paxta tolasidan ip
yigirish), "Koxis" (savdovositachilik
faoliyati, "MetroMarket" supermarketa),
"SharqMir LTD" (chakana savdo), "Mejik
Plast" (plastik oyna romlari ishlab


chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar
orasida esa "Beta Algoritm" (choy
qadoklash), "Dilek Interprayzis", "Aylin
gida sanai va anonim shirkati" (ikkovi
qandolatchilik mahsulotlari ishlab
chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi.
Hamkorlikda tashkil etilgan
korxonalarning 70% ga yaqini respublika
ichki bozorida savdovositachilik
faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol
mollari ishlab chiqarish hamda texnik
maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni
Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan
shugʻullanadi. 25% dan ziyod korxonalar
esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat
sanoati, qurilish mollari va boshqa
soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini


amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan
qismi xizmat koʻrsatish bilan
shugʻullanadi. T.da oʻzbek sarmoyasi
ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi
hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi,
xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol
dengizining qurigan Femida
oʻrmonchilikni tashkil etish va
kengaytirish boʻyicha amalga
oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham
oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur
loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish
uchun T. 2 dona MB Trac 1100 Mersedes
traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi.
Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik


Oʻzbekiston va T. oʻrtasida madaniyat,
taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm
sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim
(1991-yil 19 dekabr), madaniy aloqalar
toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993-yil 22-
iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida
bitim (1995-yil 9-iyul) asosida rivojlanib
bormoqda.
1993-yil T.da Oʻzbekiston madaniyat
kunlari oʻtkaziddi va unda
respublikamizning 60 nafar madaniyat va
sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994 i.
oktabrda 48 kishidan iborat turkiyalik
sanʼatkorlar guruxi "Turk dunyosi
madaniyati va shodligi kunlari" doirasida
Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent


va Samarqand shaharlarida konsertlar
berdi. Oʻzbekiston davlat
konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent
universiteti oʻrtasida malaka oshirish,
tajriba va mutaxassislar almashish,
qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida
oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan.
Samarqandda oʻtkazilayottan "Sharq
taronalari" xalqaro musiqa festivalida
turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam
qatnashib kelmoqdalar. Oʻzbekistonda
"Uzbekistan— Turkiya" doʻstlik jamiyati bu
sohadagi ishlarga samarali hissa
qoʻshmoqda.
Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan
va texnologiyalar markazi bilan T.ning fan


va texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi
ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli
rivojlanmoqda. Keyingi yillarda
oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol.,
ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi
sohalarda T. ilmiy markazlari tomonidan
oʻtkaziladigan konferensiya va
simpoziumlarda muntazam ishtirok etib
kelishmoqda.
[1]
2021-yil 7-mart kuni Samarqand shahrida
Turkiyaning bosh konsulligi ochildi.
ochilish marosimida Oʻzbekiston bosh
vazir oʻrinbosari Aziz Abduxakimov,
tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov,
Turkiyaning tashqi ishlar vaziri Mavlud
Chovushoʻgʻli va Samarqand viloyati


hokimi Erkin Turdimov ishtirok etgan.
Turkiyaning Samarqanddagi bosh
konsulxonasi rahbari Salih Janer
Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi
strategik sheriklik munosabatlarini
yanada mustahkamlash va koʻp qirrali
hamkorlikni rivojlantirish uchun
Samarqand shahrida Turkiyaning bosh
konsulxonasi binosi ochilishini
ta’kidlagan
[2]
.
2021-yil 17-mart kuni Shavkat
Mirziyoyevning „Xalqaro shartnomalarni
tasdiqlash toʻgʻrisida“gi qarori qabul
Harbiy-moliyaviy
hamkorlik


qilindi. Qarorga muvofiq, 2020-yil 27-
oktabrda Toshkent shahrida imzolangan
Oʻzbekiston hukumati bilan Turkiya
hukumati oʻrtasida harbiy-moliyaviy
hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim hamda
moliyaviy koʻmakni amalga oshirish
toʻgʻrisidagi Bayonnoma tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli
vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur
xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan
soʻng Oʻzbekistonning majburiyatlarni
bajarilishini ta’minlaydi
[3]
.
Oʻzbekiston va Tukiya harbiylari Janubi-
gʻarbiy maxsus harbiy okrug Janubiy
operativ qoʻmondonligi Termiz dala-oʻquv


maydonida maxsus-taktik oʻquv
mashgʻulotlari oʻtkazildi. Oʻzbekiston va
Turkiya mudofaa vazirlarining ikki
tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga
asosan 22-mart, dushanba kuni maxsus-
taktik mashgʻulotlarining ochilish
marosimi boʻlib oʻtgan va 27-martga
qadar davom etgan
[4]
.
1. 

Yüklə 53,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin