1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/30
tarix30.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#135570
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima



@Mahmud_Yazdanov +998913182468 
1) Bemorlarga umumiy parvarish nima?
Bеmorlarni parvarish qilishni amalga oshirishda ikkita asosiy yo‘nalish mavjud: umumiy parvarish va maxsus 
parvarish. 
• Umumiy parvarish - kasallikning tabiatidan qat‘i nazar (umumiy tеkshiruv, tana har oratini o‘lchash va 
boshqalar) umumiy parvarishlash tadbirlarini amalga oshirish. 
• Maxsus parvarish - kasallikning tashxisiga (masalan, xolеtsistografiya uchun kasal tayyorlash, siydik pufagi 
katеtеrizatsiyasiga) qarab spеtsifik parvarish qilish tadbirlarini amalga oshirish.
Shu bilan birga barcha bemorlarga tegishli umumiy parvarish qoidalari mavjud. Bemorning maʼlum bir 
tartibga amal qilishi, toʻgʻri ovqatlanishi, vrach buyurganlarini toʻlatoʻkis bajo keltirishi, bemor ahvolini 
uzluksiz kuzatib borish, shuningdek dard tufayli zaiflashib qolgan organizmni boshqa kasalliklardan himoya 
qilish ham Bemorni parvarish qilish qoidasiga kiradi. Bemorni parvarish qilish qoida tadbirlari bemorning 
umumiy ahvoliga qarab belgilanadi. Vrach lozim boʻlgan tartib (rejim)ni tavsiya etadi, yaʼni qimirlamay yotish 
tartibi (oʻrinda harakat qilinmaydi), yotish tartibi (oʻrinda turmasdan harakat qmlish mumkin), yotib turish 
tartibi (xona ichida harakat qilish mumkin), umumiy tartib (faol harakat qilishga ruxsat beriladi). Bemor oʻziga 
oʻzi bemalol qaray olsa ham, uning yaqinlari iloji boricha qulay sharoit tugdirishlari, kayfiyatini buzmasliklari, 
vrach koʻrsatmalarini amalga oshirishini kuzatib borishlari lozim. Bemor uyida davolanadigan boʻlsa, u yotgan 
xona alohida, ozoda, yorug , iliq (18 — 20°) boʻlishi, kunda uch mahal — ertalab, kunduzi va kechqurun — 
uxlashdan oldin shamollatib turilishi zarur (hatto qishda ham). Bunda bemorni issiq adyol, boshini qalin sochiq 
bilan oʻraladi va yuzi ochiq qoddiriladi. Bemor sovqotmaydigan qilib yaxshi oʻrab qoʻyilsa, sof havo hech zarar 
qilmandi. Yezda derazani kun buyi ochib qoʻygan maʼqul. Xona kuniga 2 marta: ertalab va kechqurun 
yotishdan oldin yigʻishtirib, tozalanadi. Bunda deraza romlari, eshik, mebellar nam latta bilan artiladi, pol 
yuviladi yoki latta oʻralgan chutka bilan tozalanadi. Gilamlar, qalin deraza pardalar vaqtincha yigʻib qoʻyilgani 
maʼqul yoki tez-tez (haftada 1 — 2 marta) chang yutgich bilan tozalanadi. Xonada pastroq tovushda gaplashish 
kerak, ammo pichirlab gaplashish yaramaydi. chunki bu bemorga goʻyo uning agʻvoli ogʻirligini yashirishga 
urinayotgandek boʻlib tuyuladi, radio va televizor ovozini pasaytirib qoʻyiladi. Bemorni biror joyga oʻtkazish 
kerak boʻlsa, maxsus kreslo yoki zambildan foydalaniladi. Bu ishni bajaruvchi yolgʻiz boʻlsa, u bir qo’lini 
bemorning kuragi ostidan, ikkinchisini sonining tagidan oʻtkazib, koʻtaradi; bunda bemor ko’taruvchining 
bo’yniga osilib oladi. Boshqa joyga utkazishdan oldin joyning tayyorligi ko’zdan kechiriladi. Ahvoli og’ir 
bemorlar choyshabi tagidan kleyonka solinadi, dumgʻaza ostiga rezina doira, ostga tuvak, siydikdon qoʻyiladi, 
ularga yechinishlarida yordam koʻrsatiladi. Bemorning koʻrpatoʻshagi uzun va keng boʻlgani maʼqul. Toʻshak 
ustidan oq choyshab yoziladi. Baʼzi kasalliklarda vrach tavsiyasi bilan to’shak ostidan uning kattaligida taxta 
qo’yiladi. Bemorni issiq qilib, oʻrab chirmash yaramaydi. Karavot ieltgich asboblariga yaqin qoʻyilmaydi, uni 
ikki tomonidan bemor oldiga bemalol kelish mumkin bo’ladigan qilib qoʻyish kerak. Bemor choyshabini 
ehtiyotlik bilan almashtirish lozim. Buning uchun bemorni (agar tura olmasa) avaylab o’rin chetiga surib
choyshabning boʻshagan qismini yumaloqlab oʻrab, bemor yotgan joygacha olib kelinadi, uning oʻrniga toza 
choyshab yozib, bemorni uning ustiga oʻtkaziladi, oʻralgan kir choyshab esa yigʻishtirib olinadi. Ogʻir yotgan 
bemorning koʻylagini almashtirganda koʻylak etagini yuqoriga tomon yigʻa borib, avval boshidan, soʻngra 
qoʻllarida chiqariladi, koʻylak kiygizishda esa buning aksicha amal qilinadi. Qo’l oyoq shikastlanganda kiyim 
avval sogʻ qoʻl oyoqdan, keyin shikastlangan qo’l oyoqdan yechiledi, kiygizishda esa buni aksincha qilinadi. 
Bemorga vrach ruxsat etgan boʻlsa, haftada 1 marta uni choʻmiltirish mumkin. Agar bunga ruxsat berilmasa. 
kundalik yuvish tarashdan tashqari, bemor badanini qaynagan suv yoki maxsus eritmalarga hoʻllangan latta 
bilan artib turiladi. Bemor qattiq terlasa, kiyimi almashtirilib, badani quruq sochiqqa artiladi (badani doim 
quruq va toza turishi kerak). Yuz, boʻyin va gavdaning yuqori qismini kunda yuvib turish, qo’lni har safar 
ovqatlanishdan oldin yuvish kerak. Oʻrnidan turmaydigan bemorlar oyogʻini karavot ustiga togora qo’yib. 
haftada 2 — 3 marta yuviladi. Sochni har kuni iliq suv bilan namlab tarab, toza tutiladi. tirnoqlarni vaqti vaqti 
bilan olib turiladi. Bemor tishini kuniga 2 mahal yuvib har gal ovqatlangandan keyin ogʻzini chayib turishi 
lozim. Ogʻir yotgan bemorlar tishi 0,5% li soda yoki margansovkaning kuchsiz eritmasiga namlangan paxta 
bilan artiladi. Quloqni tozalaganda gugurt choʻpi, soch toʻgʻnogʻichi va boshqalardan foydalanish yaramaydi, 


@Mahmud_Yazdanov +998913182468 
aks hodda quloq pardasini teshib yuborish mumkin. Koʻzdan kiprik va qovoqlarning yopishib qolishiga sabab 
boʻladigan suyuqlik ajralganda (koʻproq bolalarda) ertalab yuvintirish vaqtida kuzni ehtiyotlik bilan iliq suvda 
paxta boʻlakchasi bilan yuviladi. Burundan suyuklik oqqanda yoki qaloq hosil boʻlganda uni vazelin moyi yoki 
glitserin tomizib yumshatiladi va paxta pilik bilan asta tozalanadi. Yotgan bemorlarga tuvak va siydikdon 
tutiladi, u oldin tozalab yuviladi va dezinfeksiyalanadi. Bemorning haroratini ertalab va kechqurun o’lchab, 
yozib qoʻyish juda muhim, chunki haroratning oʻzgarishiga qarab, kasallikning qanday oʻtayotganini va 
davolash nafini bilsa boʻladi. Bemor ovqati oqsil, uglevod, yog , mineral tuzlar, vitaminlarga boy boʻlishi 
kerak. Bemorni kuniga 4 mahal (maʼlum soatlarda) ovqatlantirish lozim. Ovqatlarning xilmaxil boʻlishi, 
dasturxonni chiroyli qilib bezash bemorning ishtahasi ochilishiga yordam beradi. Koʻpgina kasalliklarda 
vrachning oʻzi parhez taomlar buyuradi, oʻz bilgicha parhez qilish yaramaydi. Ayrim kasalliklar (ayniqsa, 
meʼda ichak kasalliklari)da oz-ozdan dambadam ovqatlanish tavsiya etiladi. Ogʻir yotgan bemorlarga ovqat 
qoshiq bilan oz-ozdan ichiriladi. Ichimlik va suyuq ovqatlar (qaynatma shoʻrva. kisel va boshqalar) joʻmrakli 
maxsus idishchada ichiriladi. Bemorning uyqusiga, kayfiyatiga, eshushi joyida ekaniga qarab turish muhim 
ahamiyatga ega. Bemorni xayajonlantiradigan, uning kayfiyatini buzadigan gaplarni aytish, ezmalik qilish 
yaramaydi. Bemor maʼyus boʻlib, chiroyi ochilmasa, tinchlantirish, unga dalda berish maʼqul. Bemor yotgan 
uyda tinchlik saqlash uning tuzuk dam olishiga va uxlashiga yordam beradi. Terining rangiga, toshmalar bor 
yoʻgʻiga, qichishishiga, gavda haroratiga, yuz-koʻzlar ifodasiga eʼtibor berish va oʻzgarish sezilsa, tezda vrach 
chaqirish lozim. Shuningdek siydik va najas rangining oʻzgarganligi, dori-darmonlar qanday taʼsir 
etayotganligini kuzatib borish hamda maʼlumotlarni vrachga yetkazib turish lozim. Agar doridan toshmalar 
toshsa, qichishsa. tilning uchi achishea, koʻngil aynisa, bu qaysi dori bilan bogʻliqligini aniqlab va uni qabul 
qilishni toʻxtatib, darhol vrachga xabar qilish kerak. Vrach buyurganda bemorga koʻpincha grelka, gorchichnik, 
kompress qoʻyiladi, dori ichiriladi va boshqa Dorini buyurilgan miqdor (doza)da va maʼlum vaqtlarda beriladi. 
Doridarmonlar quruq, ayrimlari qorong’i va salqin joyda saqlanadi. Yuqumli kasalliklar bilan ogʻriganlar, 
shuningdek keksa bemorlar alohida parvarishga muxtoj boʻladi. Yuqumli kasallik bemordan atrofdagilarga 
yuqishi mumkinligini nazarda tutib, tozalikka jiddiy rioya qilish talab etiladi. Ruhiy kasallarni parvarish 
qilganda baxtsiz hodisalar (oʻziga va atrofdagilarga qasd qilish, qochish va boshqalar)ning oldini olishga 
ahamiyat beriladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin