1-bosqich tt 14-23 (S) guruh talabasining



Yüklə 62,73 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü62,73 Kb.
#186105
3-m,ustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI



1-BOSQICH TT 14-23 (S) GURUH TALABASINING

DINSHUNOSLIK” fanidan


MUSTAQIL ISHI 3


Bajardi: Bobomurodov D

Qabul qildi: Mamatqulova D


QARSHI – 2023
3-Mustaqil ish

  1. Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi.

  2. Zardushtiylikning diniy iyerarxiyasi.

  3. Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy ta'limotlari, oqimlari va manbalari.

  4. O‘zbekistonda buddaviylik dinining tarixiy ildizlari (Qaratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa) va hozirgi zamon.

Zardushtiylik, majusizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan majusiylar oqimi. Asoschisi — Zardusht edi. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan edi. Qad. paxlaviy tilida „Zardusht“ soʻzi „Magupta“ deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni „majus“ shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri „Zardusht“ „majus“, „zardushtiylik“ esa „majusiylik“ sifatida tanilgan. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida ragʻbatlantiriladi. Zardushtlik oqimida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Zardushtiylik oqimida murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu oqim jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtlik ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtlik arshakiylar va sosoniylar podsholigi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtlik 13 yuzyillik davomida ajam mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7-asr oʻrtalari — 8-asr boshlarida Eron va Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin Islom dini hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil qiladi.


Tadqiqotchilar oʻrtasida Zardushtning tarixda boʻlgan yoki boʻlmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Baʼzilar uni tarixiy shaxs deb bilishsa, yana boshqalar uni afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u eramizdan avvalgi, taxminan, 570 yillarda tugʻilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Zardusht Oʻrta Osiyodagi koʻpxudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va eʼtiqodlarni isloh qilib yangi oqimga asos soldi. Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi toʻgʻrisida ikki fikr mavjud: birinchisi „Gʻarb teoriyasi“ boʻlib, unga koʻra Media (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili — birinchidan zardushtiylikning Qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasi qadimiy eron-pahlaviy tilida yozilganligidir.
Yana bir boshqa fikr „Sharq teoriya“si bo‘lib, bunga koʻra Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi va koʻpchilik manbashunoslar shu teoriya tarafdoridirlar. Xorazm birinchi boʻlib Zardushtiylik muqaddas olovi „Atar — xurra“ yoqilgan va Axuramazda Zardusht bilan bogʻlangan joy hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi hisoblangan Avestoda: "birinchi bor muqaddas olov „Atarxurra“ „Eran-vej“ (baʼzi manbalarda „Ayrian vedja“)da yoqildi" deyiladi.
„Eran-vej“ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga toʻgʻri keladi.
Avestoda, shuningdek, Zardusht tugʻilgan va oʻz faoliyatini boshlagan yurt haqida ham maʼlumot beriladi. Aytilishicha, „Shunday mamlakatni koʻp sonli lashkarlarni botir sarkardalar boshqaradilar, baland togʻlari bor, yaylov va suvlari bilan goʻzal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, chuqur, suvga moʻl koʻllari bor, keng qirgʻoqli va kema yurar daryolari oʻz toʻlqilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva (Ariya) Bava (Sugʻd hududida), Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari tomon elituvchi daryolari bor“.
Shubhasiz, „Keng qirgʻoqli, kema yurar daryolar“ bu Amu va Sirdaryo bo‘lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar Oʻrta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirgʻoqlarida joylashganlaridir.
Zardushtiylik. Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga 
Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra «boqiy yulduz» va 
«chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan») ushbu dinning asoschisi hisoblanadi. 
Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura-Mazda (yunoncha, Ormuzd –
«Donishmandlik sohibi») tomonidan berilgan. Zardushtning yashagan davri va joyi 
haqida turli taxminlar mavjud. Tadqiqotchi M.Boysning ta’kidlashicha, u mil. avv. 
1500-1200 yillar orasida yashagan. Uning fikricha, Zardusht o‘z da’vatini 

Gushtasb Luxrasb ismli kayoniylar podshohi davrida boshlagan. Bunga u 


zamonaviy zardushtiylarning hozirgacha mil.avv. 1738 yil shoh Vishtasp 
tomonidan qabul qilingan «fasli» kalendaridan foydalanib kelayotganlarini dalil 
qilib ko‘rsatadi. 
Zardushtiylikning vatani masalasida ikki xil qarash mavjud. Jumladan, 
ayrim olimlar zardushtiylik Qadimgi Eron hududida keng tarqalgani, «Avesto»ning 
sharhlari pahlaviy tilida yozilganidan kelib chiqib, uning vatani Midiya (hozirgi 
Eron hududi) deb hisoblasalar, ko‘pchilik tarixchilar esa «Avesto»da Xorazm 
Zardushtning vatani, Axura-Mazda bilan aloqa bog‘langan va ozarxurra (muqaddas 
olov) birinchi bor yoqilgan joy ekani qayd qilinganiga asoslanib, Xorazmni e’tirof 
etadilar. 
Zardushtiylikning muqaddas manbasi «Avesto» («Apastak», «Ovisto», 
«Ovusto», «Abisto», «Avasto» - «joriy qilingan qat’iy qoidalar») sanskrit tiliga 
yaqin o‘ziga xos (avesto tili) tilida yozilgan. Uning «Gat»lar nomli qismi Zardusht 
qalamiga mansub deb hisoblanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, 
Xorazm, Gava (So‘g‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx), Orol dengizi 

(Vorukasha yoki Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) kabi nomlarning tilga olingani 


«Avesto» O‘rta Osiyoda mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida vujudga 
kelganini tasdiqlaydi. Dastlab «Avesto» matnlari og‘zaki ravishda saqlanib kelgan. 
Uning eng qadimiy qismlari II ming yillik oxiri I ming yillik boshlariga oid bo‘lib, 
keyingi asrlarda uning tarkibi turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy 
qonun-qoidalar bilan to‘ldirilib borilgan. Milodiy uchinchi asrda qonunlardan 
iborat Avestoning sharhi «Zend» (parfiyoncha, «sharhlangan matn») yozilgan. 
Zamonaviy zardushtiylarning fikriga ko‘ra, «Avesto»ning to‘liq qismi yetib 
kelmagan bo‘lsa-da, uning dastlabki yozma nusxasi 12 ming qora mol terisiga 
bitilgan edi. Abu Rayhon Beruniy «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida 

(Abistoning) o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. 


Iskandar (Aleksandr Makedonlik) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat 
etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtda 
Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi», deb aytgan so‘zlari yuqoridagi fikrni 
tasdiqlaydi.
«Avesto» mil. avv. I asrda Arshakiylar sulolasi davrida ilk marta oromiy 
alifbosida ko‘chirilgan. Shopur II (243-273) va Xusrav I (531-579) zamonlarida 
uning nusxalari yaratilgan. IX asrda yozilgan «Denkart» («Imon faoliyati», 
Sosoniylar hukmronligi davrida yozilgan qomusiy lug‘at bo‘lib, u o‘z ichiga badiiy 
va tarixiy ma’lumotlarni olgan. Dastavval 9 bo‘limdan iborat bo‘lgan, keyinchalik 
uning 2 qismi yo‘qotilgan. Abbosiy xalifa al-Ma’mun ibn Horun ar-Rashid 
davri(813-833) da Aturfarnbag (Aturfat ibn Hamat) tomonidan to‘plangan) asari 
«Avesto»ning 21 qismdan iborat bo‘lganini qayd etadi. Dindorlar kundalik 
faoliyati uchun uning ixchamlashtirilgan shakli - «Kichik Avesto» («Xurdak 
Avesto») yaratilgan. 
VII asrda Eronga islomning kirib kelishi zardushtiylarni Hindistonga 
ko‘chib o‘tishga majbur qildi. Ularning avlodlari (forsiylar) Mumbay shahrida o‘z 
jamoalarida hozirgacha «Avesto»ning bir nusxasini saqlab keladilar. 
«Avesto» - «Videvdat», «Yasna», «Visparad» va «Yasht» nomi bilan 
yuritiladigan bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. 22 bobdan tashkil topgan «Videvdat» - 
«Avesto»ning saqlanib qolgan bo‘limlari orasida eng mukammali bo‘lib, unda 
odamlar yashaydigan barcha yurtlar Axura-Mazda tomonidan yaratilgani, kasallik, 
o‘lim, azob-uqubatlar bo‘lmagan zamon, ya’ni insoniyatning farovon hayoti, 
Zardusht bilan Axura-Mazdaning savol-javoblari, qasam ichish, va’dada turish, 
ahdni buzish, tozalik, yuvinish asoslari kabi masalalar yoritilgan. «Yasna» - diniy 
marosimlarda o‘qiladigan duolar bo‘lib, 72 bobdan tashkil topgan. Zardushtning 
so‘zlari hisoblanadigan 17 fasl, 338 qit’a, 896 misra va 5560 so‘zdan iborat 
«Gat»lari ham shu bo‘limdan joy olgan. «Gat»ning har bir she’ri pahlaviy tilida 
«Gas» deyiladi. Umuman olganda, bu bo‘limda olovning muqaddasligi, 
zardushtiylik marosimlari orasida olovga e’tiqod qilish, Axura-Mazda nurining 
Quyoshda namoyonligi va uning Yerdagi zarrasi deb bilinishi, olovning haqni 
nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg‘onni rostdan ajratib berishi
yolg‘onning chin e’tiqodga xiyonat, deb qoralanishi kabi e’tiqodiy tushunchalar 
o‘z aksini topadi. «Visparad» - 24 bobdan tashkil topgan bo‘lib, ma’budlar 
sha’niga o‘qiladigan duo va pand-nasihatlardan iborat. 22 bobdan tashkil topgan 
«Yasht» esa har bir bobi Axura-Mazdadan boshlanib, u tomonidan yaratilgan va 
uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan 
iborat. 
Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, Zardusht o‘ttiz yoshga yetganida unga 
payg‘ambarlik vazifasi berilgan. U o‘z tarafdorlari bilan birga Aivitak suvi 
qirg‘oqlarida xilvat (yolg‘izlik, chilla)ga chiqib ketgan. Xilvatning 45-kechasi 
samoga ko‘tarilib, Vohumanah (Bahman) deb nomlangan farishta bir necha 
farishtalar bilan birga uning ko‘kragini yorib, ruhini poklaganlar. Vohumanah uni 
jannat, ya’ni Axura-Mazdaning huzuriga olib borgan. O‘sha yerda u dinning 
hukmlari bilan birga yulduzlar, sayyoralar, jannat, jahannam va boshqa 
narsalarning ilmini o‘rgangan. Shundan so‘ng Axura-Mazda unga muqaddas kitob 
«Avesto»ni in’om etdi. Zardusht ta’limoti ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi 
kurashning azaliy ekaniga asoslangan axloqiy xarakterdagi din bo‘lib, unda 
adolatli bo‘lish, oqillik, yaratuvchanlik va mehnatsevarlik bilan yagona xudoga 
sig‘inish targ‘ib qilingan. Bu kurashda ezgulik tarafdori Axura-Mazda oxir-oqibat 
yovuzlik tarafdori bo‘lmish Anxra-Maynyu (yunoncha, Axriman - yomonlik, 
buzg‘unchilik ibtidosi) ustidan g‘alaba qozonadi. Shuning uchun ko‘pchilik 
dinshunoslar zardushtiylikni assimmetrik dualizmga mansubligini qayd qilishgan. 
Ta’limotga ko‘ra, birinchi inson Govmard (forscha - ho‘kiz-odam) bo‘lgan. 
Birinchi shoh Yima (Jamshid) hukmronligi oltin davr hisoblangan. Uning davrida 
kishilar bekamu-ko‘st, baxtiyor yashaganlar. 900 yil o‘tgach, shoh Yima g‘ururga 
berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Axriman hukmidagi 
kuchlar bosh ko‘taradi. Oqibatda olamni muzlik qoplaydi. Yima Axura-Mazda 
amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on qurib, 
unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtiradi. Insoniyat tarixining ilk oltin davri 
tugagach, yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr 
boshlangan. Uchinchi davrda Axura-Mazda g‘alaba qilib, ezgulik saltanati qaror 
topadi, o‘lganlar qayta tiriladi. 
Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, dunyo sinovlardan emas, balki yovuzlikka 
qarshi kurashdan iborat, xolos. Ta’limotda insoniyat yashayotgan dunyo muhim 
hisoblanadi. Shuning uchun unda dunyoviy lazzatlardan oxirat uchun voz kechish 
masalalari ilgari surilmaydi. Ezgu amallar qilish orqali yovuzlikni yengish 
mumkin. Har bir zardushtiy hayotini ezgu fikr - xumata, ezgu so‘z - xuxta, ezgu 
amal - xvartsha asosiga qurishi hamda yovuz fikr - dujvartshta, yovuz so‘z - 
dujuxta, yovuz amal - dujmatadan saqlanishi zarur. 
Har bir inson vijdon amriga binoan ezgulik va yovuzlik orasidagi farqni topa 
olishi lozim. Har kim Anxra-Maynyu va uning tarafdorlariga qarshi kurashishi 
zarur. Jumladan, Anxra-Maynyu yaratgan chayon, ilon va boshqa turli yirtqich 
hayvonlar xrafstra (jirkanchli) deb atalib, ularni o‘ldirish mumkin. 
Zardushtiy uchun har doim pok holda bo‘lish ahamiyatli hisoblanadi. Inson 
o‘zini pok saqlashi uchun yomon o‘y-xayollar, kasallik, o‘liklarga 
yaqinlashmasligi hatto ularga qaramasligi ham zarur. Istisno tariqasida nopok 
bo‘lib qolgan kishi yangidan poklanishi kerak. Inson jasadini olovda yoqish
muqaddas olovni o‘chirish va ruhoniylarni o‘ldirish eng og‘ir gunohlardan 
sanaladi. Zardushtiylar reinkarnatsiyani rad etadilar. 
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so‘zning 
sobitligi, amallarning insoniyligi.
Zardushtiylik bir yilda har biri besh kundan davom etadigan oltita bayramni 
belgilaydi. Bu bayramlar orasida goxanvar – har biri o‘ttiz kundan iborat bo‘lgan 
12 oydan keyingi besh kunlik bayrami asosiy o‘rinni egallaydi. Yilning 360 
kunidan qolgan kunlari xursandchilik, diniy marosimlar bilan o‘tkaziladi. Shunday 
qilib yangi yilning – Navro‘zning yaxshi kirib kelishiga umid bildiriladi. 
Zardushtiylikda bir kecha-kunduz besh qismga bo‘linadi: ratu (belgilangan 
ilohiy tartib), xavani (sahardan tushgacha), rapitvina (tushdan soat 3-4 gacha), 
uzayyarina (oqshomgacha), avistrutrima (yarim tungacha), ushaxina (tun yarmidan 
sahargacha). Sutkaning bu nomlari ham xudoga o‘xshatilib, har biriga ibodat 
qilinadi – bir kunda besh marta namoz o‘qiladi.
Ko‘pchilik dinshunoslar zardushtiylikni dualizmga oid deb hisoblasalar-da, 
lekin unda Axura-Mazdadan keyingi darajalarda turuvchi o‘ziga xos xudolar 
panteoni mavjud ekanini ta’kidlash lozim. Ularning eng buyuklari Amesha Spenta 
(Abadiy muqaddas) – Axura-Mazda yaratgan 7 maxluqdan biri. Boshqa fikrga 
ko‘ra, Amesha Spenta – Axura-Mazdaning timsoli, Yazatlar - Axura-Mazda 
yaratgan quyi ruhlar bo‘lib, ular Yerdagi turli hodisa va holatlarga mas’uldirlar. 
Eng mashhur yazatlar Sraosha, Mitra, Rashnu va Veretragna hisoblanadi. Fravashi 
Osmonlarda yashovchi va Zardushtga vahiy olib tushuvchi maxluqotlar. Shu bilan 
birga Spenta-Manyu (yorug‘lik, yaralish ibtidosi), Asha Vaxishta (adolat, haqiqat), 
Voxu Mana (aql, ezgu fikr, tushunish), Xshatra Vairya (qudrat, qat’iylik, 
hukmronlik), Spenta Armaiti (muhabbat, ishonch, rahm, fidoyilik), Xaurvatat 
(salomatlik, mukammalllik), Ameretat (baxt, abadiylik) ezgulik tarafdorlari 
hisoblanadi. Anxra-Maynyu, Drudj (yolg‘on), Indra (zo‘rlik, zulm), Akem Mana 
(yomon fikr, adashtirish), Shaurva (qo‘rqoqlik, pastkashlik), Taramaiti 
(takabburlik), Taurvi (kasallik, nuqsonlik), Zaurvi (qarilik, o‘lim) esa yovuzlik 
tarafdorlari hisoblanadi. 
Zardushtiylikda har bir dindor shubhasiz tasdiqlashi zarur bo‘lgan muhim 
aqidalar ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, oliy mehribon xudo Axura-Mazdaning 
yagona va mavjud, Gegig (Yer) va Menog (Ruh) olamlari mavjud, Zardusht 
insoniyat tarixida Axura-Mazdaning ilk payg‘ambari, «Avesto»ning barcha qismi 
ilohiy haqiqat, muqaddas olov Xudoning Yerdagi timsoli, mubadlar Zardushtning 
birinchi shogirdlari va vahiylarning muhofazachilari, poklanish marosimlarini 
bajaruvchi, muqaddas olovni saqlovchi va ta’limotning sharhlovchilari, barcha 
yaxshiliklarning barhayot fravashilari mavjud bo‘lib, odamlarning fravashilari 
yerda yovuzlikka qarshi kurashish yo‘lini tanlaganlar, yakunda ezgulik va yovuzlik 
kuchlarining uyg‘unlashishi, kelajakda Saoshyanta (xaloskor) kelishi va uning 
yovuz Frasho Kereti ustidan g‘alaba qozonishi, oxiri zamonning sodir bo‘lishi, 
o‘limdan so‘ng hisob-kitobning bo‘lishi, adolatning qaror topishi, yovuzlikka 
qarshi kurash va poklikni saqlab qolish maqsadida zardushtiylik an’analari va 
marosimlarga amal qilishning zarurligiga e’tiqod qilish shart qilingan. 
Zardushtiylikka ko‘ra, inson vafotidan uch kundan so‘ng uning ruhi 
jasadidan ajralib, Osmon (Qo‘shiqlar uyi)ga olib boruvchi Chinvat ko‘prigi 
(Ajratish ko‘prigi)ga boradi. Chinvadda inson ruhini ezgulik yazatlari Sraosha, 
Mitra va Rashnu himoya qiladi. Agar inson ruhining ezgu amallari bir tola soch 
vaznida ham yovuz amallardan og‘ir kelsa, qo‘shiqlar uyiga boradi. Aks holda 
uning ruhini dev Vizaresh do‘zaxga tashlaydi. Chinvadda inson o‘z Daen (imon)ini 
uchratadi. Ezgu amal sohibiga imon go‘zal qiz qiyofasida ko‘rinib, uni ko‘prikdan 
olib o‘tishga yordam beradi. Yovuz amal egasini esa, jodugar ayol ko‘prikdan 
do‘zaxga yiqitib yuboradi. 
Zardushtiylikka ko‘ra, dunyoga 3 nafar saoshyanta kelishi lozim. Ular 
Zardusht ta’limotini qayta tiklaydi, qiyomatga yaqin ularning oxirgisi Anxra-
Maynyu bilan jang qilib, barcha yovuzlik kuchlarini mag‘lub etadi. Barcha 
o‘lganlar qayta tiriladi va olov orqali hisob-kitob qilinadi. Odamlar erigan metall 
oqimida barcha gunoh va nuqsonlardan tozalanadi. Yaxshi odamlar uchun olov sut 
bug‘idek tuyuladi, yomon odamlar esa yonib ketadilar. Shundan so‘ng olam 
o‘zining asl holatiga abadiy qaytadi. 
Zardushtiylikda marosimlar qat’iy belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Har kim 
amal qilishi lozim bo‘lgan shart amallar bo‘lib, ularga ko‘ra, barcha marosimlarni 
diniy malakaga ega erkak kishigina amalga oshirishi mumkin, ishtirokchilar pok 
holda, Sadre (oq rangli maxsus zardushtiylik ko‘ylagi), Kushti (maxsus kamar) va 
bosh kiyimda bo‘lishi, ayollar esa sochlarini ro‘mol bilan berkitishi, ishtirokchilar 
tik turgan holda olovga yuzlanib, ibodatlar avesto yoki pahlaviy tilida olib borilishi 
ta’minlanadi. Marosimda dinsiz yoki boshqa din vakilining ishtiroki xosiyatsiz 
hisoblanadi. 
Zardushtiylar kunlik Gohi - kunning goh, deb nomlanuvchi vaqtlarida besh 
mahal - Xavan goh (tongdan peshingacha), Rapitvin goh (peshindan so‘ng), Uzarin 
goh (kun botishdan oldin), Aivisrutrim goh (kun botgandan so‘ng), Ushaxin goh 
(yarim kechadan tonggacha) ibodatni amalga oshirganlar. 
Zardushtiylik marosimlari zamirida har qanday nopoklikka qarshi kurash 
ta’limoti yotadi. Bunda poklanish muqaddas olov yordamida amalga oshadi. 
Zardushtiylar ibodatxonasida (otashkade) uzluksiz ravishda muqaddas olovning 
yonib turishi ta’minlanadi. Ba’zi ibodatxonalarda bir necha yuz yillardan beri 
muqaddas olovlar o‘chmasdan kelmoqda. Muqaddas olovlarni o‘chib qolmasligini 
mubod (diniy marosimlarni avloddan avlodga saqlab qolish mas’uliyatini olgan, 
kohinlar oilasi)lar ta’minlaydi. Mobadlar olovni har qanday holatda ham asrashi 
zarur bo‘lgan. Yangi olovni yoqish faqatgina istisno vaziyatlarda amalga oshiriladi. 
Muqaddas olovlarning Shoh otash Varaxram (oliy darajadagi Shoh Bahrom 
olovi) maxsus shohona marosimlar, yirik g‘alabalarga bag‘ishlanib yoqilgan. Uni 
yoqishda 16 xil olov jamlanib, birlashtirilgan. Ushbu olov bilan bog‘liq 
marosimlarni yuqori martabadagi ruhoniylar amalga oshirishgan. Otash Aduran 
(o‘rta darajadagi aslzodalar olovi) 1000 kishidan kam bo‘lmagan aholi turar 
joylarida Mobadlar tomonidan yoqiladi. Buning uchun jamiyatning ruhoniy, 
harbiy, dehqon va hunarmandlardan bo‘lgan tabaqalari ishtirok etishi lozim 
bo‘ladi. Olov oldida Nozudi (kohin, amaldor va hukmdorlar sharafiga 
o‘tkaziladigan marosim), Gavaxgiran (to‘y marosimi), Sadre pushi (Zardushtiy 
shaxsning maxsus ko‘ylak kiyish va kamar taqish marosimi), Gaxanbar (Yazatlar 
sharafiga o‘tkaziladigan yil davomidagi bayramlar) kabi marosimlar o‘tkaziladi. 
Otash Dodgoh (quyi darajadagi olov) mahalliy jamoalarning kundalik diniy 
ehtiyojlari uchun ishlatilgan. Forslarda bu kabi joylar Dar ba mehr (adolat egasi 
Mitraning hovlisi) deb atalgan. 
Zardushtiylikni qabul qilayotgan shaxs dinning arkonlarini tan olib, Fravan 
duosini o‘qishi, Sadre va Kushtini taqishi lozim. Dinni qabul qilish odatda 
o‘smirlik vaqtidan boshlanadi. Zardushtiylikni qabul qilayotgan vaqtda kishi 
hushyor va og‘ir gunohlarni qilmagan holda bo‘lishi lozim. Bu dinni qabul 
qilmoqchi bo‘lgan kishining ba’zi marosimlarni bajarishi kifoya hisoblansa-da, 
hind zardushtiylarning dasturiga ko‘ra, kelib chiqishi eroniy bo‘lmagan boshqa din 
vakillari ehtiromga loyiq emas. 
Shunday bo‘lsa-da, zardushtiylikka ko‘ra, inson vafotidan so‘ng uning 
hukmi diniy mansublikka emas, balki fikri, so‘zi va amallariga muvofiq bo‘ladi. 
Boshqa dindan voz kechgan shaxs esa zardushtiy bilan kamida bir yil aloqada 
bo‘lgan va bu vaqt davomida Mobad yoki behdin (ruhoniylar oilasiga mansub 
bo‘lmagan, ammo diniy malakasi yuqori bo‘lgan shaxs)lardan ta’lim olgan bo‘lishi 
lozim. 
Mobad tomonidan dam solingan insonni ichki va tashqi yovuzlikdan 
saqlovchi va xudo bilan aloqaga kirishda Sadre va Kushtidan foydalaniladi. Sadre 
kiyish zardushtiy uchun farz amallardan hisoblanadi. Kushtini muhim marosimlar 
va har ibodatdan oldin yechib va taqib turish lozim. Ular doimo toza holda 
saqlanib, yilda ikki marta Navro‘z (Ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasiga 
bag‘ishlangan yangi yil bayrami bo‘lib, yilning kun va tuni teng 21 martda 
nishonlanadi) va Mehrjon (Hosil bayrami 23 sentyabr kuni nishonlanadi) 
bayramlarida almashtiriladi. 
It yordamida odamdan devlarni quvish va poklash uchun Sog‘did marosimi 
o‘tkaziladi. Marosim xushsiz odamlarni tirik yoki o‘lik ekanini aniqlashda ham 
o‘tkazilgan. 
Zardushtiylikda dafn marosimi va undan keyingi tadbirlar murakkab 
bo‘lishiga qaramay o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Dastlab kishi jasadi 
podyob (o‘likni to‘liq yuvish) marosimi olib boriladi. Jasadni ko‘targan va yuvgan 
kishilar barashnum (o‘likka tegib ketgan va og‘ir gunohlar qilgan kishilarni 
poklash) uzoq vaqt davom etadigan marosim bo‘lib, u itlar yordamida amalga 
oshiriladi. Marosimning o‘limdan keyingi hayot uchun foydali ekani uqtirilgan 
holda, har bir dindorga umri davomida bir marta bo‘lsa-da, tavsiya qilinadi. Undan 
tashqari Yasna (Yasnaning 27 bo‘limi o‘qilishi) marosimi muqaddas olov oldida 
mobadlar tomonidan amalga oshirilib, unda dron (maxsus tayyorlangan non) va 
xum (xaoma, maxsus tayyorlanadigan muqaddas ichimlik) ishtirokchilarga 
tarqatiladi. 
An’anaviy dafn marosimi bo‘yicha jasadni daxma (erdan 4–5 metr 
balandlikda silindr shaklida bo‘lgan maxsus joy) ga qo‘yilib, unga o‘liklar ustma-
ust tartib bilan yotqiziladi. Ta’limotga ko‘ra, o‘lik Axrimanninng vaqtinchalik 
g‘alabasi oqibati bo‘lgani bois u nopok hisoblanadi. Shuning uchun yirtqich qush 
va hayvonlar ixtiyoriga topshirilgan jasaddan qolgan suyaklar terib olinib, novus 
(maxsus quticha)larga solingandan so‘ng daxmaga qo‘yiladi. Ammo, 1970-yillar 
boshlarida Eronda jasadni beton qabrlarga ko‘mish amaliyoti boshlangan. Dafn 
marosimida nasusa (qutiga ko‘muvchilar)lar nomli ijtimoiy tabaqa vakillaridan 
kamida ikki kishi ishtirok etishi lozim. Dafnning bir kishi tomonidan amalga 
oshirilishi katta gunoh hisoblanadi. Noiloj vaqtda esa itning ko‘magidan 
foydalanish mumkin. 
Zardushtiylik diniy tizimida Eron mobadlari kengashi (Anjumani mug‘one 
Iron) faoliyat ko‘rsatib, ruhoniylar rutbasidan tashkil topgan. Zardushtiylikning 
diniy iyerarxiyasi Ratu (zardushtiylikning himoyachisi, mas’um mobad), Mobadan 
Mobad (mobadlarning mobadi), Sar-Mobad (yoki pahlaviycha, Bozorg dastur, 
mobadlarning sardori, katta mobad), Dastur (ko‘rsatma beruvchi, yetakchi mobad), 
Mobad (o‘rta maqomli mobad), Xirbad (quyi maqomdagi mobad) va Mobadyor 
(mobad oilasidan bo‘lmagan ruhoniy). 
Hozirgi vaqtda zardushtiylarning gebr (Eron) va fors (Hindiston) jamoalari 
saqlanib qolgan. Jumladan, Hindistonda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi kam sonli 
parslar bo‘lib, ular VII asrda Eronga islomning kirib kelishi oqibatida Hindistonga 
qochib kelgan fors zardushtiylarining avlodlari hisoblanadi. Forsiylar dastlab 
Kathiavardagi Diu va Gujarotdagi Senjenda yashaganlar. Keyinchalik Mumbay 
(Bombey)ga ko‘chib o‘tgan zardushtiylar soni 100000 kishi atrofida bo‘lib, hozirgi 
kunda Hindiston aholisining 0,007 foizini tashkil qilmoqda. Undan tashqari 
Avstraliya, Yevropa, Shimoliy va Lotin Amerikasi, Rossiya Federatsiyasi va MDH 
mamlakatlarida zardushtiy jamoalari mavjud. 
Hozirgi vaqtda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilar soni 200000 dan oshadi. 
2003 yil UNESCO tomonidan zardushtiylikning 3000 yilligi nishonlandi. 
Buddaviylik, Tripitaka, Vinaya-pitaka, Suttapitaka, Siddhartxa, Budda, maxayana, xinayana, karma, nirvana, meditatsiya.
1. Buddizmning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda hisoblangan. U tarixiy shaxs bo`lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar mavjud. Uning nomi xind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan maononi bildiradi. Rivoyatlarga qaraganda, keng maonoda ko`p marta ilohiy tug’ilishlar tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshqalarga ham diniy najot yo`lini ko`rsata oladigan odamdir.
Aslida barkamollikka erishgan inson diniy emas, dunyoviy najot (ozodlik, erkinlik, mustaqillik, ma`naviyat) yo`lini bosib o`tishi va boshqalarga bu yo`lni ko`rsatishi mumkin xolos.
Bu dinning rivoyatlarga ko`ra bir odam hayr sahovatli bo`lishi va haqiqiy olamdagi orzu-havaslarning behudaligini tushunishga etib borishi natijasidagina Buddadek bo`lishi mumkin emish. Bu zararli fikrdir. Inson dunyoga orzu-havas bilan, chin inson sifatida baxtli yashash, nasl qoldirish, yaxshi nom uchun keladi.
Tor ma`noda ega Budda buddizm asoschisi hisoblangan Gautamadir. U go`yo “nurlangan”, ya`ni “haqiqiy bilimga erishgan”dan so`ng unga SHakoya-Muni Budda nomi berilgan. Rivoyatlarga ko`ra u Gang daryosining o`rta oqimida joylashgan kichik bir davlat shaxsining o`g’li bo`lgan ekan. Bu shaxsning xotini ilohiy homiladorlikdan Gautamani tug’gan. U voyaga etgach, har qanday mavjudoddek azob-uqubatdan iborat degan xulosaga kelgan. U 7 yil tarki dunyolikda yashagandan keyin “haqiqatga erishgan” va buni shahar qishloqlar bo`ylab targ’ib qila boshlagan.
Gautama o`z taolimotining asosiy qoidalarini "4 oliy haqiqat" tusida bayon etgan. Uning shogirdlari Er yuzida birinchi rohiblik (monaxlik) jamoasini tashkil etib, ular joylashgan xonaqohlar qurdirgan. Keyin Budda xaykallari o`rnatilgan hashamatli ibodatxonalar bunyod etilgan.
eramizning II-III asrlarida to`plangan Buddaning tarjimai xoli haqiqatdan ham bor bo`lgan targ’ibotchi haqidagi xotiralarga asoslanganmi yoki yo`qmi ekanligi dinshunoslikda hal qilingan emas. Biroq buddizmning birdan-bir "yaratuvchisi" emasligi shubhasiz.
Dastlabki buddizmdagi bu dunyo o`tkinchi degan daovolvr butunlay asossizdir. Dunyo, olam abadiy. Faqat dunyodagi moddiy buyumlar, har bir odam o`tkinchidir. O`zi dunyoga vafo qilmaganlar bu bechora dunyoni bevafo deb daovo qiladilar. Bu asossiz daovo boshqa dinlarda ham bo`lgan.
Buddizmdagi hikmatlar, haqiqat haqidagi baozi bilimlar foydalidir xolos.
Bu din eramizdan oldingi 273-232 yillarda yashagan, hukmronlik qilgan imperator Ashoka davrida Hindistondan "shimoliy" mamlakatlarga tarqalgan. SHarqda, YAponiya, Koreya, shimolda Markaziy Osiyoga, g’arbda YAqin va O`rta SHarqqa tarqalgan.
Buddizm Hindistondan keyin ko`proq Kushon podsholigida qaror topgan. Bu podsholik qadimgi dunyo quldorlik davlati bo`lib, uning rivojlangan davri eramizdan oldingi 1 asr oxiri va millodning 3 asri boshlariga to`g’ri keladi. Bu podsholik hozirgi Markaziy Osiyoning katta qismi, Pokiston, SHimoliy Hindiston va ehtimol hozirgi Uyg’ur avtonom respublikasi erlarini o`z doirasiga olgan. Bu podsholikda yashagan elatlar birgina buddizmga emas, zardushtiylik, hinduizimga ham eotiqod qilganlar.
Kushon podsholigi o`rnida V-VI asrlarda eftalitlar davlati vujudga kelgan. Uning hududi Markaziy Osiyo, Afg’oniston, SHimoliy-SHarqiy Hindiston va SHarqiy Turkistonning bir qismidan iborat bo`lgan. VI asrning 2-yarmida turk xoqoni uni tor-mor qilgan. Bu davrda qadimgi mahalliy dinlar bilan birga zardushtiylik va buddizm, so`ngroq xristianlik ancha keng tarqalgan.
SHo`rolar davrida Ayritom, Qora tepa, Dalvarzin tepa, Quva Zartepalarida arxeologiya ishlari tashkil etilganda bu erlarda zardushtiylarning otashxonalari. Buddaning sanam, katta va kichik xaykalchalari topilgan. Uy hayvonlarining haykalchalari, ramziy g’ildiraklar bor bo`lgan. Zarb etilgantangalar ortida turli xudolar-Quyosh,Olov, omad va maomurchilik xudolari va hakozolar tasvirlangan.
Demak, Kushon va eftalitlar madaniyatida maojusiylik,fetishizm, otashparastlik, keyin buddaviylik diniy eotiqodlari tarqalgan.
Buddizm Markaziy Osiyoda V-VIII asrlarda krizisga uchrab tarqalib ketgan.
Xulosa shuki, buddizm milloddan avvalgi 1-ming yillik boshida vujudga kelib, Hinditonda qaror topgan. Hozirgacha uning bir ko`rinishi hinduizm davlat dini va hukmron mafkura hisoblanadi. Bu erdan Kushon podsholigi va eftalitlar davlati xududlarigacha tarqalib, ular tor-mor etilgach, parchalanib, o`rniga islom tarqatilgan; shundan so`ng uning ayrim asoratlari qolgan. Uning haykallari Markaziy Osiyoda yuqorida qayd qilingan tepalarda topilgan.
2.Buddizm taolimotining asoslari uning Tripitaka nomli muqaddadas yozuvida bayon etilgan. Bu taolimotda salbiy, zararli, g’ayri ilmiy g’oyalar anchagina bor. Masalan, Buddaning daovosiga binoan har qanday borliq, har qanaqa shakldagi va ko`rinishdagi har bir hayot mavjudotlarga azob beradigan yomonlikdir. YOmonlik va azob-uqibatlarning sababi odamzotning va hamma tirik mavjudotlarning bu dunyoga, go`yo qayta tug’ilish dunyosiga bog’liqligi, unga ko`ngil qo`yganligi; garchi bu dunyo sezgilar vositasida xis etilsa-da asli hayoli dunyo deb targ’ib qilinadi.
Dinshunoslik fani bu daovolarni tan olmaydi, ularni zararli deb hisoblaydi. CHunki oboektiv olam, ya`ni tabiyat va jamiyat birgina yomonlik emas, ularda ezgulik (yaxshilik) ham ko`p. Bular bir-biriga zid o`zaro kurashadi; bunda yomonlik, yovuzlik chekinadi; yo`qotiladi, yangilari paydo bo`ladi; ular ham tor-mor bo`ladi, bo`lmasa oldi olinadi. Masalan, qurg’oqchilikka qarshi kanallar, chigirtkaga zid dorilar, sotsial kasalliklarga qarshi emlashlar, zilzilaga qarshi seysmik belbog’lar, vaxxobiylikka qarshi kurashlar, talabalarni yomon o`qishiga qarshi talabni kuchaytirish reytinglarga, qatoiy amal qilish va hakozolar joriy etilgan.
Inson yomonlikka qarshi doim ziddi zaxar tayyorlagan va uni ishlatgan. Insonni qayta tug’ilishi haqidagi uydirmaga kelsak, u ham asossiz. Har bir odam bir marta tug’iladi. Buddizmda daovo etilganidek, boshqa tirik mavjudotlar, masalan maymun, cho`chqa qiyofasiga kirib qaytib kelmaydi. Bu daovoning zararini Dinshunoslik allaqachon fosh etgan. Bu fan xindilarni bu jonivorlar bizning ajdodlarimiz bo`lgan deb qishloq xo`jaligi zararkunandalarini yo`qotmasligi, ekin, mevalarni talab, eb yuboradigan maymunlarga qasrlar qurib berishi bu xalqning och, yarim yalong’och yashayotganligining kasofatidir. Baozi qavmlar sigirlar ekinlarini payxon qilsa, shox ko`chada yursa, yotsa, tezaklasa ham miq etmaydilar. Bu o`sha xalqning o`tmish dinlar taosiridan qutulmaganligidir.
Buddistlar o`ylaganicha bu dunyo asli hayoliy dunyo emas; u real, haqiqiy, sevimli, ardoqli, inson uchun g’oyat kerakli, foydali adabiy dunyodir. Faqat giyoxvand, alkogolik, ovsar, muttaham, terroristlarga vafo qilmaydi.
Xulosa shuki, buddizmning diniy taolimoti mazmuni o`z davrida xalqlar hayotiga muayyan darajada o`z taosirini ko`rsatgan.
3.Bu din ham boshqalari kabi paydo bo`lishi bilanoq turli oqim, sekta, tarmoqlarga bo`linib ketgan. Turli mamlakatlarda turlicha nom bilan atalgan. Masalan, janubi-sharqiy mamlakatlarda himayana, shimoliy mintaqalarda mahayana, Xitoyda daosizm, YAponiyada sintoizm, Tibetda lamaizm shular jumlasidandir.
Butun buddizmga xos bo`lgan xususiyat uning ahloqiy-amaliy yo`naltirilganligidir; bu dinning o`zagini "to`rt olijanob haqiqat" haqidagi g’oyalarni targ’ib qilish tashkil etadi. Bulardan 1-azob-uqubat chekish; 2-chisi uning sabablari, 3-azob-uqubatdan xolos bo`lish; 4-azob-uqibatdan xolos bo`lishga olib boradigan yo`l. Buddizm taolimotining butun tizimi ana shu 4 qoidani tushuntirish va rivojlantirishdan, xususan ularda joylashgan shaxs avtonomligi, ya`ni qisman mustaqilligiga bag’ishlangan.
Dinshunoslik nuqtai nazaridan haqiqat deb shahsning ongigiga, irodasiga bog’liq bo`lmagan, voqealikda qanday bo`lsa shunday holda inoikos ettiriladigan rost, chin, rad etib bo`lmaydigan hodisa va dalillarni aytiladi. SHuning uchun haqiqat oliyjanob bo`lmaydi; odam shunday bo`lishi mumkin. Azob chekish, uning sababi, undan xalos bo`lish, uni bartaraf qilish v.x. shaxs yoki ijtimoiy hodisalar bo`lib, ular haqiqatdan yiroq yoki unga yaqin, teskari ham bo`lishi mumkin. Azob chekish his-tuyg’uga tegishli; u suboektivdir; birov unga chidaydi, boshqasi faryod, isoyon ko`taradi. Haqiqat esa suboektiv emas, oboektiv bo`ladi, mavhum emas, real bo`ladi.
Buddizmning ahloqiy meoyorlarida odam yovuzlikka qarshi chiqmasligi, yuvosh, itoatkor, murosasiz bo`lishi kerak degan taolimot ham bor. Bu ham bizning falsafa, etikaga mos emas. Bular, jumladan Dinshunoslik yovuzlikka qarshi ayovsiz kurashishni, uni yo`qotishni, aks holda u inson va jamiyatga battar zarar keltirishini isbotlagan. Daraxtning bo`shini qurt eydi, qovunning yaxshisini chiya bo`ri, uzumning pishganini, o`rab qo`yilmasa ola qanot eydi degan hikmatlar bor. SHunday bo`lmasin uchun dushman bilan yuzma-yuz kelganda, qaynona xaddidan oshganda xujumkor, jasur, qo`rqmas, kurashchan bo`lishi kerak; itoatkorlikni chegarasi bor; undan oshsa rahbarlar nazar-pisand qilmaydi; murosasozlik yomon illat; u odamni qo`rqoq, qatoiyatsiz, kelishuvchan, loqayd, befarq qilib qo`yadi. Talabalar shiddatkor, qatoiyatli, jasur, printsipial, bir so`zli, murosasiz bo`lsinlar.
Buddizmning ahloqiy g’oyalarda bilim, jumladan ahloqiy meoyorlar xudojo`ylikka xizmat qilishi kerak degan daovat ham bor. Bu daovat tahlil etilsa asossizligi maolum bo`ladi. Bilim, ayniqsa, ilm-fan jamiyat taraqqiyotiga, tabiatni insonga bo`ysundirishga, salbiy omillarni yo`qotishga shaxs, jumladan talaba kamolatiga xizmat qilishi shart; xudojo`ylikka esa diniy taolimot xizmat qilaversin. Lekin buddizning bilimlar azob-uqubatdan qutilishga xizmat qilishi zarur degan daovosi juda to`g’ri. Masalan, meditsina bilimlari hamma odamlar uchun suv bilan havodek zarur.
Xulosa shuki, buddizm taolimotida ijobiy jihatlardan ko`ra salbiy, g’oyat ko`xna,. g’ayriilmiy daovat, nasixat, tavsiyalar va o`rinsiz cheklash, asossiz taoqiqlashlar ustunroqdir. SHuning uchun bu din tez parchalanib ketgan.
4.Buddizmning muqaddas yozuvi Tripitaka eramizdan oldingi 1-ming yillikda bitilgani uchun zamonlar o`tishi, Hindistonda har xil o`zgarishlar yuz berishi natijasida talabga javob bermay qolgan; buddistlar orasida ziddiyatlar, xatto konfliktlar yuzaga kelgan. Buddizm Hindistonda Kushon podshoxligi davrida ravnaq topib, keyin uning taosiri kamayib, o`zi bo`linib, o`z o`rnini hinduizmga bo`shatib bergan. XII asrga kelganda bu o`lkada deyarli yo`qolib, boshqa mamlakatlarga kengroq yoyilgan.
Buddizm orasida boshqa jaxon dinlaridagi kabi ko`plab oqim va sektorlarning kurashi hamisha yuz berib turgan. Buddizmning himayana, mahayana degan yirik shakllari keng tarqalgan. Tibetda esa XIV-XVI asrlarda lamaizm shakllangan. Xitoyda boshqasi bo`lgan.
XX asr o`rtalariga kelib buddizm G’arbiy Evropa mamlakatlarida ommalashib ketgan. Bu asrning oxirlari 80-90 yillarda neobuddizm va metabuddizmning bir qancha oqimlari paydo bo`lgan. Hozirgi davrda Osiyoning o`zida saqlanib qolgan mintaqaviy shakllarining uyushmalari ijtimoiy hayotga, siyosatga aralashib, goh ijobiy, goh salbiy rol o`ynamoqda. endi yaxlit buddizm yo`q, mintaqaviylari qolgan. Buddizmning bir qanoti Evropaga o`tgan.
Hindistonning ingliz mustamlakasi sirtmog’idan chiqishi uchun olib borilgan milliy-ozodlik xarakatida hinduizm, himayana, mahayana oqimlari muhim siyosiy rol o`ynaganlar. Bularning salbiy roli shundaki, ular vastachilik guruxbozlikni kuchaytirib, hind xalqi qavm, tabaqalar orasiga nifoq solmoqda; musulmonlar bilan hindiylar orasida nizolar keltirib chiqarmoqdalar. YAponiyada birmuncha muotadil, yuvvosh, radikal emas, biroq imperator parast sintoizm hukmron. Lamaizm esa Tibetda, Buryatiya, Tuva, Altayda keng tarqalgan.
Jahon dinlarining milliy dinlardan asosiy farqi. Din tarixida muhim davr jahon dinlarining paydo bo`lishidir. Milliy dinlardan farqli o`laroq ular millatlararo xususiyatga ega bo`lib qoldilar. Buddaviylik ana shunday dinlardandir.
Buddaviylik. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi va madaniyatida buddizm muayyan o`rin egallaydi. U Zardo`shtiylik dini ta`sirida va u bilan yonma - yon shakllangan dinlardan biri bo`lgan buddizm miloddan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonning shimolida vujudga kelgan bo`lib, keyinchalik Janubi - SHarqiy va Markaziy Osiyo hamda Uzoq SHarq mamlakatlarida keng tarqaldi. Uning vujudga kelishi hind jamoalarida ruy bergan muhim o`zgarishlar - urug’ - qabilachilik aloqalari va tartiblarining emirilishi, sinfiy jamiyatlarning vujudga kelishi va yirik quldorlik davlatlarining paydo bo`lishi bilan bog’liq edi.
Xulosa
Zardushtiylik marosimlari zamirida har qanday nopoklikka qarshi kurash 
ta’limoti yotadi. Bunda poklanish muqaddas olov yordamida amalga oshadi. 
Zardushtiylar ibodatxonasida (otashkade) uzluksiz ravishda muqaddas olovning 
yonib turishi ta’minlanadi. Ba’zi ibodatxonalarda bir necha yuz yillardan beri 
muqaddas olovlar o‘chmasdan kelmoqda. Muqaddas olovlarni o‘chib qolmasligini 
mubod (diniy marosimlarni avloddan avlodga saqlab qolish mas’uliyatini olgan, 
kohinlar oilasi)lar ta’minlaydi. Mobadlar olovni har qanday holatda ham asrashi 
zarur bo‘lgan. Yangi olovni yoqish faqatgina istisno vaziyatlarda amalga oshiriladi. 
Muqaddas olovlarning Shoh otash Varaxram (oliy darajadagi Shoh Bahrom 
olovi) maxsus shohona marosimlar, yirik g‘alabalarga bag‘ishlanib yoqilgan. Uni 
yoqishda 16 xil olov jamlanib, birlashtirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the study of religion. — USA, Routledge, 2009.
2. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma) / Mualliflar jamoasi. — Т.: «Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa birlashmasi», 2013.
3. Agzamxodjayev S., Rahimjonov D., Muhamedov N., Najmiddinov J. Dunyo dinlari tarixi (o‘quv qo‘llanma). - Т.: «Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi», 2011.
4. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jayev H., Rahimjonov D. va boshqalar. Dinshunoslik: darslik / Mas’ul muharrir N.Ibrohimov. - Toshkent: Mehnat, 2004.
5. Valiyev B., Rasulov A. Din psixologiyasini o‘qitishning innovatsion metodlari. — Т.: «Yangi asr avlodi», 2013.
6. Din psixologiyasi: o‘quv qo'llanma / B.Valiyev va boshqalar. — Т.: «Movarounnahr», 2014.
7. Rasulov A., Tursunov L. Din psixologiyasidan praktikum. — T:. «Movarounnahr», 2016.
Yüklə 62,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin