1. Davlat investitsiya dasturi Loyihaning pasporti



Yüklə 3,25 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü3,25 Kb.
#198707
dflkdfdkf


REJA:
1.Davlat investitsiya dasturi
2.Loyihaning pasporti
3. Davlat investitsiya dasturi uch yil muddatga shakllantirilaSHI
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida markazlashgan mablagʻlar hisobidan yangi bino va inshootlarni qurish hamda mavjudlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini davlat investitsiya dasturiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli «Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgrisida»gi Qarori bilan tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida Nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yoʻli bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy oʻzgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan chora-tadbirlar kompleksidir.
*Dasturda loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilish va qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar boʻyicha joriy narxlarda moliyalashtirishga ehtiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.
Dasturni ishlab chiqishda yirik va oʻta muhim loyihalar alohida, katta boʻlmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi mumkin (masalan: maktablar, kollejlar qurilishi va boshqalar).
Dastur yigʻma jadvallari bilan tahliliy qismdan, aniq dasturdan va ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatidan iborat boʻladi.
Dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha barcha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtiradi
Yüklə 3,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin