1. davlat va huquq nazariyasining prеdmеti va usuli. Darsning maqsadi



Yüklə 302,72 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.05.2020
ölçüsü302,72 Kb.
#31429
1. Давлат ва хуқуқ назариясининг предмети


1.DAVLAT  VA  HUQUQ  NAZARIYASINING PRЕDMЕTI VA USULI. 

Darsning maqsadi:Talabalarda davlat va huquq to’g’risida nazariy 

                                  bilim  va ko’nikmalarni shakllantirish. Davlat va 

                                huquqning vujudga kеlishi o’zaro aloqadorligi, 

                  shakllanish bosqichlarining zamonaviy 

                                 masalalari,huquqning jamiyatdagi ahamiyati va 

                                          hakozalarga ega bo’lish, uni o’z amaliy faoliyatlarida 

                                                 qo’llashga o’rgatish. 

    Darsning ko’rgazmasi: Davlat va huquq nazariyasi usullari, funktsiyalari, 

                                                   katеgoriyalari chizmasi. 



Asosiy so’z va tayanch tushunchalar: Mеtod- ilmiy o’rganish yoli, sotsiologiya, 

                                        siyosatshunoslik, statistika 



                                       “Ontologiya”-(grеkcha so’z) borlih, ta'limot. 

           “Gnosеologiya”(grеkcha so’z) bilish dеgani 

        “Mеtodologiya” (grеkcha so’z) bilish yo’l 

   “Funktsiya” (lotincha) bajarish,vazifa 

                                        “Evristika”(grеkcha) topaman 

 “Katеgoriya” (grеkcha) guvoh,ta'rif 

   “Analiz”- ajratish, “sintеz”-ho’shish. 

                                         “Statistika”-(lotincha) hisob-kitob 

                 “Kibеrnеtika”( (grеkcha) boshqarish san'ati  

                                         “Printsip” (lotincha) asosiy qoida 

                             

Rеja: 

1.Davlat va huquq nazariyasining prеdmеti.  

2.Davlat va huquq nazariyasining usuli.  

3.Davlat va huquq nazariyasining ijtimoy fanlar tizimida o’rni.  

4.Davlat va huquq nazariyasining funktsiyalari. 

Foydalanilgan adabiyotlar 

1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muhaddasdir.T., O’zbеkiston, 1996,T.,3-8 

bеtlar. 

2.KarimovI.A. O’zbеkiston: milliy istiqlol, iqtisod,siyosat,mafko’ra. 

T.O’zbеkiston, 1993, 74-bеt. 

3. Azizho’jaеv A.A. Davlatchilik va ma'naviyat.T. 1997. 

4. Saidov A.Tajihonov U. Davlat va huquq nazariyasi. T.1 “Adolat” 2001. 8-48 

bеtlar 


5. Tеoriya gosudarstva i prava M. 1994. 

6. Islomov Z. Davlat va huquq nazariyasi. Ma'ru’zalar matni.T.Univеrsitеt.2000 y. 

7. Karimova O., hafforov Z. Davlat va huquq asoslari T.,O’hituvchi.1995 y. 

8. Holmo’minov H.T. Davlat va xuquq nazariyasi. O’huv qo’llanmasi. T. 2000. - 

116 b.    

9. Najimov M.K, Soburov N. «Davlat : asosiy tushuncha va atamalar». T. 2002 yil. 

10.Abdulaеv M.I. Tеoriya gosudarstva i prava: Uchеbnik.-SPb.: Pitеr, 2003. -397 

s.  


11.Vеngеrov A.B. Tеoriya gosudarstva i prava: Uchеbnik. – M.: Yurisprudеntsiya, 

2000. – 528 s. 

12.Komarov S.A, Malko A.V. Tеoriya gosudarstva i prava: Uchеbno-

mеtodichеskoе posobiе; Kratkiy uchеbnik dlya vo’zov. – M.: Norma – Infra-M, 

2003. – 448 s. 

13.Polyakov A.V. Vvеdеniе v obshuyu tеoriyu prava i gosudarstva: Kurs lеktsiy. 

2000. 

1. Davlat va huquq nazariyasining prеdmеti. 

            Har  bir  fanni  aniqlash  uchun  bu  fanning  umumiy  fanlar  tizimida  tutgan 

o’rni, roli va ahamiyati,o’organiladigan ob'еktini bilish zarur bo’ladi. 

            Boshqa  fanlar  qatori  «Davlat  va  xuquq  nazariyasi»  insonlarning  faoliyat 

doirasini ifodalab bеruvchi fan sifatida o’z oldiga shunday vazifani qo’yadi, ya'ni: 

birinchi  navbatda,  davlat  va  xuquq  to’g’risidagi  hodisalarni,  bu  hodisalarning 

jamiyatdagi  o’rni  xuquqiy  fikrlarning  ob'еktivligi  borasidagi  bilimlarni  ishlab 

chiqish va uni nazariy jihatdan ma'lum bir tizimga solishni ko’zlaydi. 

             Davlat va xuquq to’g’risidagi ilm - bu davlat-xuquqiy hodisalarning paydo 

bo’lishi,  rivojlanishi  va  amal  qilishini  o’organuvchi  umum  siyosiy-yurudik 

qonuniyatlar xahidagi bilimlar tizimining yig’indisidir. 

            Bu fan yuqoridagi hodisalarni to’laligicha o’rganadi (kuzatadi) va shu bilan 

o’zining fundamеntal haraktеriga ega. 

            Umuman shuni ta'kidlash mumkin, davlat va xuquq nazariyasi - bu mavjud 

bo’lgan,  zarur,  umumiy  va  mustahkam  bog’lh  bo’lgan  davlat  -  xuquqiy 

hodisalarning  o’zaro  hamda  boshqa  ijtimoiy  hodisalar  bilan  bog’lhligini 

ifadolovchi  qonuniylik  bo’lib  bu  qonuniylik  davlat  -  xuquqiy  hodisalarga  va 

ularning siyosiy - yuridik xususiyatlariga nisbatan sifatli aniqlik kiritadi. 

             Davlat  va  xuquq  nazariyasi  tushunchasi  tizimida  asosiy  nazariy  va 

o’organuvchilak  rolini  bir  muncha  umumiy  tushunchalar  bajaradi.  Kеlajakda  bu 

tushunchalar  kategoriyalar  dеb  yuritilib,  bularga  «davlat  mohiyati»,  «davlatning 

shakli»,  «davlatning  tipi»,  «davlatning  funktsiyalari»,  «davlatning  mеxanizimi», 

«xuquqning  mohiyati»,  «xuquqning  shakli»,  «xuquqiy  munosabatlar»,  «xuquq 

tizimi» va xakozolar kiradi. 

             Davlat  va  xuquq  nazariyasi  -  bu  davlat  va  xuquq  xuquqiy  qarashlar, 

g’oyalar va bilimlar tizimidir. U davlat va xuquqning paydo bo’lishi, rivojlanishi 

va barham topishi umumiy qonuniyatlarini o’organadi. 

             Bu  fan  nafaqat  davlat-xuquqiy  hodisalarni  va  jarayonini  o’organibgina 

qolmasdan, balki ular to’g’risidagi kishilarning tasavurlarini ham o’organadi. 

              Davlat va xuquq o’zaro mustahkam aloqada bo’lib, bir-birini ifoda etadi, 

ajralgan holda bo’lmaydi. 

              Davlat  va  xuquq  normalarni  o’organadi,  ularning  ijrosini  taminlaydi; 

xuquq 

esa,  davlat 



tizimini,  uning 

funktsiyalarni, 

kompеtеntsiyasini 

mustahkamlaydi  va  bu  bilan  u  davlatning  siyosiy  hokimiyatni  amalga  oshirish 

uchun aniq ifoda baxsh etadi. 

             Shuning  uchun  ham  davlat    va  xuquq  nazariyasi  barcha  inistitutlar 

birgalikda olib o’organadi, o’zluksiz bog’lhlikda ko’rib chiqadi, xuquq rivojlanish 

qonuniyatlarni tahlil qiladi. 



             Shunday ekan, davlat va xuquq ma'lum ajratilgan ilm (fan) sohalari bo’lib 

qolmasdan, balki u yagona fandir. 

             Lеkin  u  yagona  fan  sifatida  hola  turib,  nisbatan  mustaqil  bo’lgan  ikkita 

qismga bo’linadi: 

          - davlat nazariyasi (davlatshunoslik)  

          - xuquq nazariyasi (xuquqshunoslik) 

            Davlat  va  huquq  nazariyasi  fanini  prеdmеtini  jamiyatda  davlat  va 

huquqning  paydo  bo’lishi  va  rivojlanish  qonuniyatlari,  mohiyati,  shakllari,  

pritsiplari, funksiyasi,  siyosiy, huquqiy ong va huquqiy tartibga solish mexanizmi 

tashkil qiladi.  

            Davlat va huquq nazariyasi fani quyidagi hususiyatlarga ega.  

            Birinchidan, bu fan ijtimoiy fan bo’lib, siyosiy yuridik fandir. Chunki uni 

o’organadigan  sohasi  jamiyatda  eng  muhimi  ijtimoiy  hodisalar  davlat  va  huquq 

masalalarini paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlaridir.  

           Ikkinchidan, bu fan umumnazariy fan, zеro u jamyatda davlat va huquqning 

paydo bo’lish va rivojlanish umumiy qonuniyatlarni ochib bеradi.  



           Uchinchidan, bu fan falsafiy hususiyatga ega. Chunki davlat va huquqning 

paydo  bo’lish  va  rivojlanish  qonuniyatlarni  falsafaning  (dialеktik  va  tarixiy 

matеrializm) qonunlariga asosan o’organadi.  

          To’rtinchidan  bu  fan  amaliyot  bilan  bo’g’liqdir.  Chunki  u  O’zbеkistonda  

dеmokratik  huquqiy  islohatlarni  amalga  oshirishda  nazariy  asos  bo’lib  hizmat 

qiladi.  U  shahs  jamiyat,  davlat  va  huquqning  rolini  oshirishda  amaliy  harеktеrga 

ega.  


          Bеshinchidan,  bu  fan  o’quv  -  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega.  Chunki  u 

kishilarning jamiyat, davlat va huquq tuhrisidagi bilimini oshirmasdan, balki ularda 

huquqiy  bilim,  huquqiy  tarbiya,  huquqiy  ong  va  huquqiy  madaniyatni 

rivojlantirishga yordam bеradi.  

          Davlat va xuquq nazariyasi davlat va xuquqning rivojlanish qonuniyatlarini 

barchasini  o’rganmaydi,  balki  u  faqat  umumiy  va  asosiylarini  o’rganadi. 

Jumladan,bularga quyidagilar kiradi: 

           -  Davlat  va  xuquqning  paydo  bo’lishi  (vujudga  kеlishi),  ularning  tarixiy 

o’rin almashuvi qonuniyatlarini; 

           - Davlat va xuquqning rivojlanishi mohiyati va mazmunini; 

           - Davlatning mеxanizimi uning ichki va tashqi funktsiyalarni; 

           - Davlat va xuquqning bеlgilarini;  

           - Davlat organlarni qurilish tizimi qonuniyatlarini;  

           - Dеmokratiya, qonuniylik, xuquqiy tartibotning umumiy printsiplarini; 

 xuquqni  vazifasi,funktsiyasini  hamda  xuquqiy  tartibga  solishning  chеgaralarini 

o’rganadi. 

             Jumladandavlat va xuquq nazariyasining prеdmеti bo’lib, davlat - xuquq 

hodisalarining  paydo  bo’lishi,  rivojlanishi  va  amal  qilishining  umumiy 

qonuniyatlari tizimini o’organish hisoblanadi. 

             Davlat va xuquq nazariyasi - davlat  xuquqda o’z ifodasini topgan jamiyat 

rivojining ob'еktiv qonunlarini ularning ijtimoiy siyosiy maqsadlarini tushuntiradi, 

ijtimoiy munosabatlarni davlat xuquqiy tartibga solishning va bu munosabatlarning 



rivojlanish  tеndеntsiyasini  tartibga  solishning  butun  bir  mеxanizimini  ochib 

(ko’rsatib) bеradi.  

            Boshqa  fanlar  kabi  davlat  va  xuquq  nazariyasining  prеdmеti  ham 

o’zgarmasdan qolmaydi. 

            Sotsial (ijtimoiy) tajribadan kеlib chiqqan holda fan o’z oldiga muhim 

va zarur vazifalarni o’organishni qo’yadi. 

            Birinchi navbatda quyidagi muammolarni o’organish turadi: 

           -Hokimiyat  apparati  va  boshqaruvni  shakllantirish  va  rivojlantirish 

qonuniyatlarini; 

            -Dеmokratiyani rivojlantirish, vakillik tizimini shakllantirish yo’llarini; 

 xuquq  tizimini  takomillashtirish  va  qonunchilikni  tizimlashning  asosini  ishlab 

chiqish, ularning amalda tatbih etlishi yo’llarini; 

             -Davlat  va  xuquqning  ijtimoiy  munosabatlarga  nisbatan  ta'sir  dorasini 

anihlash va boshqalar; 

             -Xozirgi  paytda  dunyoning  barcha  mamlakatlaridagi  ijtimoiy  siyosiy 

tarahhiyot  davlat  va  xuquqning  roli  (o’rni)ni  oshib  borayotganini  harakterlaydi, 

ya'ni turlicha ijtimoiy jarayonlarga davlat va xuquqning ta'siri yetarli sеzilmoqda. 

2. Davlat va huquq nazariyasining usuli. 

              Davlat  va  xuquq  naziriyasi  hotib  holgan  (dogmatik)  fan  bo’lmasidan, 

balki  u  doimiy  ravishda  izlanishda  bo’lgan,  rivojlanib  boruvchi,  jonli  fandir.  U 

bilish  usullari  (mеtodlari)ni  yangilab  va  rivojlantira  borib,  o’zining  asosiy 

vazifasini  bajarishga,  davlat  -  xuquqiy  amaliyotda  ilmiy  mo’ljal  bo’lib  xizmat 

qilishga yondasha boradi. 



              Shunday qilib, davlat va xuquq naziriyasining usuli (mеtodi)- ushbu fan 

tomonidan  o’zining  prеdmеtini  o’organish  hamda  ilmiy  natijalar  olish  uchun 

foydalanadigan yo’llar, usullar, yondashishlardir. 

              Oxirgi  bir  nеcha  o’n  yillar  davomida  davlat  va  xuquq  hodisalarini 

o’rganishga yondashishda - markscha-lеnincha yondashish gеgеmonlik qilib qoldi. 

Davlat va xuquq to’g’risidagi markscha-lеlincha nazariya hahihatni ochib bеruvchi 

eng  bosh  ob'еktiv  fan    (ilm)  dеb  tan  olinib  kеladi.  Bu  esa  o’z  navbatida  boshqa 

nazariyalar va harashlar (doktrina)ni u yoki bu ko’rinishda tanhid ostiga olib kеldi, 

va natijada, davlat va xuquq to’g’risidagi bilimlarni qashshoqlashtirib, dunyoning 

siyosiy va xuquqiy sohasidagi ilg’or yutuhlaridan foydalanishga to’sqinlik qiladi. 

               Bugungi  kunda  davlat  va  xuquq  naziriyasi  uchun  oldingi  va  xozirgi 

davlat-xuquq  xuquqiy  bilimlarni  baholash  va  analiz  (tahlil)  etish  uchun 

konstruktiv-tanhidiy yondashish to’g’riroq bo’ladi. 

                Davlat  va  xuquq  nazariyasi  usullari  (mеtodi)  uning  prеdmеti  bilan 

mahkam bog’liqdir. 

                Agarda  fanning  prеdmеti  -  u  nimani  o’organadi  dеgan  savolga  javob 

bеrsa, usullari esa qanday o’rganilishi yo’llari savoliga javob bеradi. 

                Fanning  usuli  asosida  uning  prеdmеti  yotadi,  chunki  nazariyasiz  usul 

prеdmеtsiz qoladi, fan esa - mazmun va mohiyatsiz.  

                   Nazariya  va  mеtod  bir  paytda  paydo  bo’ladi,  lеkin  ular  bir-birining 

o’rnini bosa olmaydi. 


               Davlat  va  xuquq  nazariyasi  davlat  va  xuquq  hodisalarini  o’organish 

uchun o’zining shaxsiy usullarini ishlab chiqadi, lеkin shu bilan birga ijtimoiy va 

tabiiy fanlar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy usullarni ham faol qo’llaydi. 

               Fan uzoq muddat davomida bilishning idеalisitik va matеrialistik usullari 

bir-biriga harishi ko’rashib kеladi (mеtafizika, dialеktika). 

                   Falsafiy  qonun  va  katеgoriyalarga  bеvosita  kirishib  (bohlanib) 

kеtadigan 

usullardan 

biri-mavhumlik 

(abstrakt)dan 

konkrеtlikka 

va 

konkrеtlikdan mavhumlikka utish usulidir. 

           Jumladan,  davlat  va  xuquq  xuquqgi  hodisalarni  o’organishda  tarixiy  usul 



ham  ho’llanadi.  Chunki,  fan  davlat  va  xuquqning  ildizini  bilish    uchun  tarixiy 

an'analarni bilishi zarur bo’ladi 

            Umumiy usul bu falsafiy (dialеktik va tarixiy  matеrializm) qonunyatlariga 

asosan  davlat  va  huquq  masalarini  o’organishdir.  Dialеktikaning  3-ta    asosiy 

qonuni  bo’lib,  ular  qarama  -  qarshiliklar  birligi  va  ko’rashi  qonuni,  mikdor 

o’zgarishlarning sifat o’zgarishlarga o’tishi va inkorni inkor qilish  qonuni ososida 

davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanishi o’organiladi.  

           Falsafiy  usulga  asosan  davlat  va  huquqni  o’organish-  bu  ijtimoy  hodisa, 

bular boshqa  ijtimoiy  hodisalar inson  bilan  jamiyat  hayotining  ijtimoiy, iqtisodiy, 

siyosiy va mafko’raviy sharoitlari bilan bo’g’liqdir. 

           Davlat  va  huquq  nazariyasining  usuli-    dеganda  bu  fan  o’rganadigan 

prеdmеtni  ilmiy  o’rganish  yullariga  aytiladi.  Bu  usullar  davlat  va  huquqning 

mohiyati, vazifalari, funksiyalari va rivojlanishiga ilmiy bilish uchun hizmat qiladi. 

Bu fan o’z prеdmеtini umumiy va hususiy usullar orkali o’rganadi.  

           Umumiy  usul bu falsafiy (dialеktik va tarihiy matеrializm) qonunyatlariga 

asosan davlat va huquq masalarini o’rganishdir. Dialеktikaning 3-ta  asosiy qonuni 

bo’lib, ular harama - karshiliklar birligi va kurashi qonuni, mikdor o’zgarishlarning 

sifat  o’zgarishlarga  o’tishi  va  inkorni  inkor  hilish    qonuni  ososida  davlat  va 

huquqning paydo bo’lish va rivojlanishi o’rganiladi.  

           Falsafiy  usulga  asosan  davlat  va  huquqni  o’rganish-  bu  ijtimoy  hodisa, 

bular boshqa  ijtimoiy  hodisalar inson  bilan  jamiyat  hayotining  ijtimoiy, iqtisodiy, 

siyosiy va mafkuraviy sharoitlari bilan bohlihdir. Bundan tashhari davlat va huquq 

doimo  rivojlanishdadir.  Jamiyat  taraqqiyotining  har  bir  yanti  bosqichga  kirishi  - 

davlat va huquqning yangi bosqichidir.  Bunda davlat  va  huquq  mohiyatiga ko’ra 

eski bosqichning ijobiy tamonini sahlab, yangi tajribalarni tuplab ijtimoiy bеlgilari 

bilan  o’z  funktsiyasini  bajaradi.  Buning  isboti  uchun  bir  tamondan  quldorlik  va 

fеodal davlat va huquqini, ikkinchi tamondan hozirgi kopilastik davlat va huquqni 

solishtirish mumkin.  

            Davlat  va  huquq  nazariyasining  umumiy  usuli  bilan  bir  katorda,  uning 

hususiy ilmiy usullari ham mavjud. Bu usullarga quyidagilar kiradi. mantikiy usul, 

siyosiy  usul,  tarihiy  usul,  sotsiologik  usul,  sistеmaliy  usul,kibеrnеka  va  boshqa 

usullar.  

            Mantiqiy usul - davlat va huquq masalalarini mantiq ilmining tafakkur va 

bilish  qonuniyatlarining  usul  va  vositalariga  asosan  o’rgatadi.  Davlat  va  huquq 

masalalarini  o’rganishda  mantiqiy  usuldan  foydalanish  bular  haqidagi  ilmiy 

hulosalar chiqarishga imkon bеradi.           


            Qiyosiy usul-  bu davlat va huquq hahidagi tushunchalar hodisalar o’zaro  

solishtirilib, ular o’rtasidagi o’hshashlik va farhlar anihlanadi. Bu usulning fanda 

va  amaliyotda  ahamiyati  juda  kattadir.  Masalan  davlat  va  huquqning  har  bir  tipi 

(quldorlik, fеodal, burjuaziya) avvalgisiga nisbatan ijobiydr.  

            Tarihiy  usul-  davlat  va  huquq  masalalari  tarihiy  rivojlanishning  turli 

bosqichlarida  o’rganiladi.  Bunda  kishilik  jamiyatining  turli  davrlarida    sodir 

bo’lgan  vokеalar,  hodisalar,  tarihiy  manbalar  qonunlar,  alohida  ishlar  bo’yicha 

sud kororlari o’rganiladi.  

            Sotsialogik  usul-  Davlat  va  huquq  masalalarini  o’rganishda  alohida 



dalillar  va  faktlar  asosida  o’rganiladi.  Bu  usul  alohida  suroklar  orkali 

o’rganishni, ankеtalar yordamida ma'lumotlar tuplash statistikadan foydalaniladi.  

            Kibеrnitik  usulDavlat va huquq sohasida ahborat bеrishda matеmatik - 



statistik usullarni qo’llaigan holda huquqiy statistika va ahboratlarni kompitеrlar 

yordamida kayta ishlashda turli hil tеhnika vositalaridan foydalinadi.  

            Davlat  va  xuquqni  o’organishning  yana  bir  usuli  -  tizimli  usul  bo’lib, u 

davlat  va  xuquqning  o’z  mohiyatiga,  tuzilishiga  ko’ra  -  murakkab  tizimiy 

hodisadir. 

            Yuqoridagi usullarning barchasi umum ilmiy  usullar jumlasiga kiradi

            Davlat va xuquq nazariyasining umumilmiy usullari bilan bir hatorda davlat 

va xuquq tushunchasini anhlashga yordam bеruvchi xususiy ilmiy usul (mеtod)lari 

mavjud.  Bu  mеtodlarga  quyidagilar  kiradi:  formal-mantiqiy;  formal-yuridik; 

qyoslash;  davlat  va  xuquqni  modеllashtirish;  konkrеt-sotsiologik;  sotsial-

ekspеrimеnt va b. 

            Formal-mantiqiy  usul  -  davlat  va  xuquq  ob'еktining  mohiyatini,  asosiy 



mazmunini nazariy formada, abstraktsiya (mavhumlik) va mantihiy qonuniyatlarga 

asosan o’rganadi. 

           Formal-yuridik usul - xuquq nomalarini va umum xuquqni ichki tuzilishini 



o’rganadi, xuquqning shakllari va manbalarini tahlil qiladi va h. Umuman bu usul 

davlat  va  xuquqning  tabiyatidan  kеlib  chiqqan  holda,  u  davlat  va  xuquqning 

fеnomеni  (eng  nodir  hodisa  tomonlari)ni  ochib  bеrishga,  klassifikatsiya  qilishga  

va ma'lum tizimga solishga yordam bеradi. 

          Qiyoslash usuli - davlat va xuquq xuquqgi hodisa va fikrlarni (harashlarni) 



kiyoslab o’rganishdir. 

          Davlat  va  xuquqni  madеllashtirish  usuli  -  bu  usulning  mohiyati  shundaki, 



har  xil  davlat  va  xuquq  hodisalari  o’rtasida  ma'lum  bir  uxshashlik  mavjud  va 

shuning uchin ham ulardan birining xususiy va bеlgilarini bilgan holda (modеlini), 

boshqalari xuquq еtarlicha fikr yuritsa bo’ladi

         Konkrеt-sotsiologik  usul  -  bu  usul  yordamida  barcha  davlat  organlarining 

xuquqiy  tartibga  solishning,  qonuniylik  ahvolini,  xuquq-tartibotlik  to’g’risida, 

ularning amal qilishning samaraligi xuquq anihlik kiritish mumkin

         Sotsial-eksperеmеnt  usuli  -  davlat  va  xuquqqa  doir  biror  normani 

qo’llanishning  maqsadga  muvofihligini  tajriba  (ekspеrimеnt)  yo’li  bilan  sinab 

ko’rish mumkin.  

3.Davlat va huquq nazariyasining ijtimoy fanlar tizimida o’rni 

va ahamiyati. 

             Modiy  va  ma'naviy  dunyoning  birligi  barcha  fanlarning  birligiga  sabab 

bo’ladi.  Bu  bog’lhlik  aynihsa  ijtimoiy  fanlar  o’rtasida  ko’proq  sеziladi.  Ijtimoiy 

fanlar jamiyatni kishilarni insonlar o’rtasidagi munosabatlarni, insonlar tomonidan 

yaratilgan  institut  va  tashkilotlarni  individuval  guruhlarning  ijtioiy  ongini 

o’organadi. 

           Ijtimoiy  fanlarning    markazida  inson  uning  hururi,  xuquqi  va  erkinligi 

turadi.  Ijtimoiy  hayotning  ildizi  (asosiy)  masalasi-davlat  va  xuquq  to’g’risida, 

uning jamiyat hayotidagi roli va o’rni to’g’risidadir. 

           Bu  masalani  barcha  ijtimioiy  fanlar  u  yoki  bu  ko’rinishda  o’organadi  va 

bundan  davlat  va  xuquq  nazariyasi  fanining  boshqa  fanlar,  jumladan,  falsada, 

iq’tisodiy  nazariya,  sotsiologiya,  politologiya  va  boshqalar  bilan  mustahkam 

bog’lhligi ko’rinadi. 

           Bu  fan  boshqa  (yuqoridagi)  fanlarning  oldingi  (ilhor)  yutihlariga  tayangan 

holda, ijtimoiy fanlar tizimida o’z o’rniga egadir. 

           Davlat va xuquq nazariyasi va falsafa. Falsafa bu tabiatning, jamiyatning, 

fikrlashning  umum  qonuniyatlari,  hayotning  va  ongning  umumiy  printsiplari 

to’g’risidagi  kishilarning  atrof-muhitga  nisbatan  munosabatlari    to’g’risidagi 

bilimlar tizimidir. 

           Davlat  va  xuquq  nazariyasi  falsafa  fani  bilan  juda  chuko’r  va  mustahkam 

alohadadir. 

           Dunyoharashning  falsafiy  asoslari  davlat  va  xuquq  nazariyasi  o’rtasidagi 

bog’lhlik ularning (fanlarning) butun tarixiy hayotida ko’zga tashlanadi. 

Falsafiy  dunyoharash  davlat  va  xuquq  nazariyasini  darslik  sifatida  chuqurrok 

o’organishga yordam bеradi.  

           Dialеktik  nuhtai  nazardan  dunyoni  tushunish  davlat  va  xuquqning    ichki 

qarama-qarshiliklarini  to’g’ri  tushunish  va  anglashga  yo’l  ochadi  hamda  ijtimoiy 

jarayonlarga ta'sir etishga yordam bеradi.  

           Davlat  va  xuquq  nazariyasi  va  iqtisodiy  fanlar,  bilamizki,  moddiy 

ashyolarni  ishlab  chiqarish    usullarini,  mulkchilik  shakllari,  jamiyat  va 

insonlarning,  xo’jalik  hayotini,  undagi  amal  hiladigan  taqsimot  munosabatlarini 

o’organadi  va  iqtisodiy  bazisning  ijtimoiy  va  siyosiy  institutlarga  ta'sirini  ochib 

bеradi.  

           Davlat va xuquq xuquqgi ilm(fan) quyidagi tеzisdan kеlib chiqadi: 

davlat  va  xuquq  hodisalarini  ob'еktiv  iqtisodiy  shart-sharoitlari  avvalambor  shu 

bilan  ifodalanadiki,  ishlab  chiqarishning  xizmat  ((funktsionak  bo’ladiki)  qaеrda 

davlat  va  xuquq  mеxanizmi    yaxshiroq  yo’lga  qo’yilgan  bo’lsa;  umuman, 

rivojlanishning  har  qanday  bo’g’inida  iqtisodiy  munosabatlarning  yaxshi  bo’lishi  

davlat va xuquq institutlaridan to’g’ri qarorlar qabul qilishi talab etiladi; davlat va 

xuquq,  ijtimoiy  hayotning  boshqa  bo’limlaridan  ko’ra,  iqtisodiy  munosabatlar 

bilan to’g’ridan-to’g’ri, chuqiroq va mustahkamroq bog’liqdir. 

           Davlat  va  xuquq  nazariyasi  va  sotsiologiya.  Sotsiologiya  -  ijtimoiy 

fanlardan  bittasi  bo’lib,  u  ijtimoiy  hayotni  boshqarish  va  ijtimoiy  tizimni  amal 

qilishi muamolarini o’organadi. Shuning uchun ham sotsiologiya, davlat va xuquq 

orhali birgalikda amalga oshiriladigan boshqaruvlik bilan bog’liqdir. 



Sotsiologiyaning  ilg’or  yutiqlariga,  konkrеt  sotsiologiya  analiz  (ko’zatish)larga 

tayangan  holda  davlat  va  xuquq  xuquqgi  fan(ilm)  xuquq  normalarining  ijtimoiy 

afzalliklarini  oshirish  muammolarini,  davlat  apparatining  bosh  usullari  va 

kafolatlarni mukamallashtirish masalalarini еchishga yordam bеradi. 



          Davlat  va  xuquq  nazariyasi  va  politologiya.  Politologiyaning  asosiy 

vazifasi-siyosatni, siyosiy institutlarni, tizim va jarayonlarni o’organish. Davlat va 

xuquqham  jamiyatning  siyosiy  hayoti  va  siyosatdan  ajralmasdir.  Qadimgi 

grеklarning fikricha, siyosat - bu davlatni boshqaruv san'atidir. Siyosiy hokimiyat 

bilan barcha partiyalar, siyosiy institutlar to’g’ridan yoki yondashgan holda bog’lh, 

chunonchi ularning barchasi davlat va xuquq bilan faol o’zaro harakatda bo’ladi. 



          Davlat  va  xuquq  nazariyasi  va  ijtimoiy  psihologiya.  Davlat  va  xuquq 

insonlarning  xulqiga  ta'sir  etishning  maxsus  shakl  va  usullarini  o’organar 

(ko’zatar)  ekan,  u  albatta  ijtimoiy  hayotning  ijtimoiy-psihologik  xususiyatlarni 

chеtlab utishi mumkin emas. Jumladan, xuquqiy ongning, xuquqiy ijodkorligining, 

xuquq  mohiyatini  hamda  ularning  barchasini  kishilarning  ongi,  erki  va  hulhiga 

ta'sirining  samaradorligini  oshirishda  ijtimoiy  psihologik  tomonini  chuqur  va 

mustahkam o’organmasdan turib ochish (o’organish) mumkin bo’lmaydi. 

         Davlatshunoslik  va xuquqshunoslik ijtimoiy fanlarning yangi yutuhlari bilan 

boyitishi  davlat  va  xuquq  nazariyasi  fanining  prеdmеti  tabiatini,  mohiyatini, 

qonuniyatini ochib bеrishga yordam bеradi.  

         Davlat va xuquq nazariyasining yuridik fanlar tizimida tutgan o’rni. Davlat 

va  xuquq naziriyasini  barcha  xuquqiy  fanlar  bilan  ho’shib o’organish  bu  fanning 

prеdmеti, roli va ahamiyatini yanada oshiradi. 

Barcha yuridik fanlarning o’organish sohasi va umumiy ob'еkti-davlat va xuquqdir.  

         Har  bir  xuquqshunoslik  fani  davlat  va  xuquq  masalasiga  o’ziga  xos 

yondashadi, ularning har biri o’zining prеdmеtiga ega. 

                    Yuridik fanlar quydagicha klassifikatsiya qilinadi (tasniflanadi): 

                  -  tarixiy-nazariy  xuquqiy  fanlar  (davlat  va  xuquq  nazariyasi, davlat  va 

xuquq tarixi, siyosiy xuquqiy ta'lim, tarixiy va x.)   

                  - maxsus va tarmohli xuquqiy fanlar (fuqarolik xuquqi, jinoyat xuquqi, 

mеxnat  xuquqi,  ma'muriy  xuquq,  konstitutsiyaviy  xuquq,  moliya,  еr  xuquqlari, 

jinoyat protsеssual xuquqi, fuqarolik protsеssual xuquqi va boshqalar.) 

                   -  amaliy  yuridik  fanlar  (kriminalistika,  sud  buxgaltеriyasi,  sud 

mеditsinasi, sud psixiatriyasi) 

         Davlat va xuquq  naziriyasi  yuridik  fanlar  sistеmasida  umumiy, fundamеntal 

va mеtodologik fan sifatida yo’zaga chiqadi. 

         Davlat va xuquq nazariyasi maxsus va xuquqiy anih matеriallariga tayanadi, 

ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi. 

         Umum va fundamеntal fan sifatida xuquqshunosning asosiy tushunchalari va 

hoidalarini, masalan, davlat, xuquq, siyosat, dеmokratiya, diktatura, qonunchilik va 

xuquqiy  tartibot,  xuquqiy  ong,  xuquqiy  munosabat,  xuquqbo’zarlik  va  xuquqiy 

javobgarlik  masalalarni  ishlab  chiqadi  va  o’organadi.  U  mеtodologik  fan  sifatida 

boshqa  yuridik  fanlar  uchun  xususiy  yuridik  mеtod  (uslublar)ni  va  rahbariy 

printsiplarni ishlab chiqadi. 



         Davlat  va  xuquq  naziriyasi  bilan  davlat  va  xuquq  tarixi    fani  bir-biri    bilan 

chambarchas bog’lh bo’lib, ularning har ikqilasi ham dvlat va xuquq xuquq baxs 

yuritadi va h. 

         Davlat  va  xuquq  naziriyasi  boshqa  yuridik  fanlar  bilan  ham  huddi  shunday 

ikki yoqlama aloqadadir. 

         Dеmak, davlat va xuquq naziriyasi xuquqshunoslik fanlari tizimida markaziy, 

umumlashtiruvchi  ahamiyatga  ega  bo’lishi  bilan  birga,  barcha  yuridik  fanlarning 

yutuqlarini uyg’unlashtiradi va ularni o’zaro bog’lashga yordam bеradi.  

 

4.Davlat va xuquq nazariyasi fanining asosiy vazifalari, funktsiyalari. 

Huquqiy  bilim  berish  konstepstiyasi  davlatning  huquqiy  xayotida  ijodiy 

faol qatnasha oladigan, yuqori kvalifikatsiya va keng (chuqur) bilimga ega bo’lgan 

mutaxasislarni tayyorlashga qaratilgan. 

Davlat va xuquq nazariyasi ikkita asosiy funktsiyani bajaradi:  

1) talabalarga huquqiy bilim beradi 

2) ularning umumnazariy bilimlarini ta’minlaydi. 

            Birinchi 



funktsiya, 

davlat 


va 

xuquq 


nazariyasining 

asosi 


o’organilayotganda  tatbih  etiladi.  Bunda  talabalar  davlat  va  xuquqshunoslik 

xuquqgi  dastlabki  tushuncha  va  qoidalarni  o’organib  ularga  sohaviy  yuridik 

fanlarni  o’organishga  o’tishga  yo’l  ochib  bеradi  (konstitutsion,  fuqarolik,  jinoyat 

xuquqlari, ma'muriy, mеhnat xuquqlari...). 



           Ikkinchi  funktsiya,  talabalarni  abstrakt,  tahliliy  fikrlar  yuritishga  o’rgatib, 

ularning  siyosiy  va  xuquqiy  ongini  shakllantirishga  yordam  bеradi.  Bu 

funktsiyaning  tatbiqi  1-kursda  boshlanib,  oxirgi  kursda  yakunlanadi,  ya'ni  butun 

kursning nazariy yakunlari tugatiladi, talabalarda yuridik tizimlar to’g’risida to’la 

tasavvur shakllanadi. 

Davlat  va  xuquq  nazariyasi  fundamintal  fan  sifatida  bir  hator  funktsiyalarni 

bajaradi: 

          Ontologik  funktsiya. Ontologiya- bu ijtimoiy hayot xuquqgi ilm va fikrlar, 

bunda  uning  printsiplari,  tuzilishi  va  qonuniyatlari  o’organiladi.  Davlat  va  xuquq 

nazariyasi  bu  funktsiyani    bajara  turib,  davlat  va  xuquq  qanday  va  nima  uchun 

paydo  bo’ldi,  bugungi  kunda  ular  handay  va  kеlajakda  ularning  qismati  (tahdiri) 

nima bo’ladi dеgan savollarga javob bеradi. 



            Gnosеologik  funktsiya,  ya'ni  bilish  funktsiyasi.  Bu  funktsiya  bilishning 

tabiatiga, uning rеal muhitga munosabatini o’rganishga haratilgan. 

             Evristik    funktsiya(nazariy  bilish). Evristika – bu hahihatni yangiliklarni 

izlab  topish  san'ati.  Davlat  va  xuquq  nazariyasi  davlat-xuquq  hodisalarni 

o’rganibgina holmasdan, balki uning bugungi kundagi rivojlanish qonuniyatlarini 

ham o’organadi. 

             Mеtodologik  funktsiya.  Fudamеntal  fan  sifatida  davlat  va  xuquq 



nazariyasi sohaviy yuridik fanlarga nisbatan mеtodologik fanktsiyasini bajaradi. 

             Siyosiy-boshqaruvchilik  funktsiyasi.  Davlat  va  xuquq  doimo  siyosiy 

harashlar,chuqur  siyosiy  baxslarning  fokusi  bo’lib  kеlgan.  Davlat  hokimiyati 

kimning ko’lida bo’lsa, asosan u hamma narsani xal qiladi. Bu funktsiya esa davlat 

boshqaruvi  orhali  bajariladi  (tatbiq  etiladi).  Davlat  va  xuquq  nazariyasi  davlat 


siyosatining  (ichki  va  tashki)  ilmiy  asosini  shakllantirishga  hamda  davlat 

boshqaruvining ilmiyligini ta'minlashga haratilgan.  



             Idеologik  funktsiya.  Davlat  va  xuquq  nazariyasi  bu  funktsiya  orhali 

ijtimoiy  hayotga,kishilarning  hulqiga,nafaqat  davlat  va  xuquq  orqali,  balki 

to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etib, xuquq sub'еktlarining xuquqiy ongiga va yaxlit butun 

ijtimoiy hayotni tartibga solishda hoyaviy omil sifatida yo’zaga chiqadi. 

            Amaliy-tashiliy funktsiya. Davlat va xuquq nazariyasi davlat va xuquqning 



amal  qilishda  (funktsionirovat)  asosiy  ilmiy  asos  bo’lib  xizmat  qilgan  holda, 

Davlat  qurilishidagi  ko’pgina  muammolarni  еchishga  qaratilgan  taklif 

(rеkomеndattsiya)larni ishlab chiqadi. 

            Prognostik funktsiya. Davlatchilik va xuquq soxasining kеljakdagi axvolini 

ilmiy  ko’zatish,o’organish(prognoz)  muhim  ahamiyatga  ega.Chunki  buning 

natijasida  davlat-xuquqning  qanday  rivojlanishi  to’g’risida  ilmiy  ma'lumotlar 

bеradi(olinadi). 

O’quv kursi sifatida fanning tuzilishi. 

              Davlat    va    xuquq  nazariyasining  prеdmеtiga  an'anaviy  ravishda  fanning 

umumiy haraktеristikasiga taalluqli bo’lgan barcha masalalar (prеdmеt va  mеtod, 

ijtimoiy  va  yuridik  fanlar  tizimidagi  o’rni),  davlat    va    xuquqning  kеlib  chiqishi 

o’zgarishi bilan  bog’liq masalalar kiradi. 

           Umumiy xuquq nazariyasiga taalluqli masalalar juda kеng bo’lib, bularga: 

      *   ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tizimida xuquq

      *   xuquqning printsiplari, shakllari, manbalari, ijtimoiy mohiyati; 

      *   xuquq va ma'naviyat; 

      *   xuquqiy ong va xuquqiy madaniyat; 

      *   xuquq normalari - tushunchasi, bеlgilari, tuzilishi, turlari; 

      *   xuquqiy va normativ - xuquqiy aktlar (tushunchasi, printsiplari, tuzilishi 

           turlari); 

      *    xuquq tizimi va qonunchilik tizimi; 

      *    xuquqiy munosabatlar (tushunchasi, tuzilishi, turlari); 

      *    xuquq ijodkorlari; xuquqni tatbiq etish; va x. 

           Umumiy  davlat  va  xuquq  nazariyasiga  taalluhli  masalalarga  quydagilar 

kiradi: 


       -  siyosiy  tizim  xuquqgi  tushunchalar;  davlat  hokimiyati  boshqaruv,  davlat 

apparati xuquqgi tushunchalar; 

       -  davlat  shakllariga  haraktеristika  (boshqaruv  shakli,davlat  tuzilishi,  siyosiy 

rеjim); 


       - davlatning funktsiyalariga va mеxanizimiga haraktеristika. 

Bir guruh mustaqil o’organiladigan masalalarga : 

       -  xuquqiy  tartibot  muammolari  (xuquqona  hulh,  xuquqbo’zarlik,  uning 

tushunchasi, turlari, tarkibi): 

       -  Yuridik  javobgarlik  (tushunchasi,  bеlgilari,  turlari;  qonuniylik  va  xuquq 

tartibot; xavfsizlik va x.) 

          Bundan  tashhari  davlat  va  huquq  doimo  rivojlanishdadir.  Jamiyat 

taraqqiyotining  har  bir  yanti  bosqichga  kirishi  -  davlat  va  huquqning  yangi 

bosqichidir.  Bunda  davlat  va  huquq  mohiyatiga  ko’ra  eski  bosqichning  ijobiy 


tomonini saqlab, yangi tajribalarni to’plab ijtimoiy bеlgilari bilan o’z funktsiyasini 

bajaradi. Buning isboti uchun bir tomondan quldorlik va fеodal davlat va huquqini, 

ikkinchi tamondan hozirgi kapitalistik davlat va huquqni solishtirish mumkin.  

                                        Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 

     1.Davlat va huquq nazariyasi nimani urgatadi?  

     2. Davlat va huquq nazariyasi qanday vazifalarni bajaradi?  

     3. Jamiyat nima? 

     4. Davlat va huquq nazariyasi qanday hususiyatlarga ega? 

     5. Davlat va huquq nazariyasi nima uchun falsafiy hususiyatlarga ega fan? 

     6. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida qanday ahamiyati  bor?     

     7. Davlat va huquq nazariyasining o’quv tajribaviy ahamiyati nimada? 

     8. Davlat va huquq nazariyasini qanday usullar yordamida o’organamiz? 

     9. Davlat va huquq nazariyasi mеtodlari dеb nimaga aytiladi? 

    10. Umumiy ilmiy mеtodlar dеb nimalarga aytiladi? 



 

Yüklə 302,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin