Bmt ustavi, bmt ustavi



Yüklə 41,37 Kb.
səhifə1/2
tarix21.12.2023
ölçüsü41,37 Kb.
#188967
  1   2
Huquq manbalari darsda foydalanish uchun


Huquq manbalari — huquqiy nor-malarning ifoda etilish shakllari. Huquqning birlamchi manbai xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va qoidalari hisoblanadi. Bularga:
BMT Ustavi, (BMT ustavi — mohiyatiga koʻra zamonaviy xalqaro huquq yutuqlarini oʻzida mujassamlashtirgan benazir hujjat. BMT ustavi "Biz, Birlashgan Millatlar xalqlari, qatʼiyat bilan… " soʻzlari bilan boshlanuvchi muqaddima va 111 moddadan iborat boʻlib, 19 bobni oʻz ichiga oladi. BMT ustavining birlamchi loyihasi 1944-yilning avgust-oktyabr oylarida Dumbarton-Oks (AQSh)da boʻlib oʻtgan konferentsiyada sobiq Sovet Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya va Xitoy vakillari tomonidan ishlab chiqildi. „Katta uchlik“ rahbarlari ishtirokidagi Qrim (Yalta) konferentsiyasida (1945-yil, fevral) tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tinchliksevar kuchlar bilan hamkorlikda universal xalqaro tashkilot yaratish masalasi ham qizgʻin muhokama qilindi. Uch buyuk davlat Sovet ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya rahbarlari 1945-yil 13-fevralda eʼlon qilingan qoʻshma kommyunikellarida avvalgi kelishuvlarga muvofiq tashkilot Ustavini tayyorlash uchun 1945-yil 25-aprelda San-Fransisko shahrida Birlashgan Millatlar konferensiyasini chaqirish zarurligi taʼkidlandi. Tinchlikni taʼminlashning tub masalalarida ushbu tashkilotning faoliyati buyuk davlatlarning xamfikirligi prinsipi asosida boʻlishi belgilab quyildi[1].)
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi — BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan deklaratsiya. U muqaddima va 30 moddadan iborat boʻlib, uni qabul qilishdan maqsad har bir inson va davlat mazkur. Deklaratsiyani nazarda tutgan holda maʼrifat va taʼlim orqali shu huquq va erkinliklar hurmat qilinishiga ko'maklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va erkinliklari eʼlon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir. Shu tariqa xalqaro munosabatlar tarixida birinchi marta insonning hamma rioya etishi zarur boʻlgan asosiy huquqlari va erkinliklari doirasi belgilab berilgan. Deklaratsiyada "insoniyat oilasining hamma aʼzolariga xos qadr-qimmatni, ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish — erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi" ekanligi eʼlon etilgan. Unga koʻra, umumhurmat va rioya qilishi shart boʻlgan inson huquqlari doirasi shaxsiy, siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy huquqlardan iboratdir.) (1948-yil 10-dekabr) va boshqa kiradi.

Normativ-huquqiy hujjatlar huquqning asosiy manbalari qatoriga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida nor-mativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlarini koʻrsatish mumkin: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsi-yasi; Oʻzbekiston Respublikasining kon-stitutsiyaviy qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning huquqiy hujjatlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.


Huquqning eng qad. manbalaridan biri huquqiy odatdir. Huquqiy odat uzoq davr mobaynida amalda boʻlishi natijasida shakllangan, jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasi.
Huquqiy pretsedent ham huquq manbai hisoblanadi. Huquqiy pretsedent sud yoki maʼmuriy organning yozma yoxud ogʻzaki qarori boʻlib, bu qaror kelgusida barcha shunga oʻxshash ishlarni qoʻrib chiqish va hal qilish uchun asos boʻladigan namuna normadir. Huquqiy pretsedentning sud va maʼmuriy pre-sedent shakllari mavjud. Sud pretse-denti AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va Yangi Zelandiya kabi umumiy huquq amalda boʻlgan davlatlarda huquqning manbai sifatida keng qoʻllanadi.
Normativ shartnomalar ham huquq manbai hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan hamda ularning huquq va majburiyatlarini oʻrnatadigan, oʻzgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimlarga normativ shartno-malar deyiladi. Normativ shartnomalar ayniqsa xalqaro huquqda katta ahamiyatga ega. Normativ shartnomalar qatoriga kiruvchi xalqaro shartnomalar subʼyektlariga koʻra — ikki tomonlama va koʻp tomonlama, xususiyatiga koʻra — norma oʻrnatuvchi va taʼsis etuvchi shartnomalarga boʻlinadi. Huquqning tarixiy rivojlanish davrida huquqiy aqida va gʻoyalar huquqning manbai hisoblangan. Qurʼon, sunna, ijmo va qiyos Musulmon huquqlarning asosiy manbaini tashkil etadi.

Qurʼon (arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.
Qur'onni tushunishda "o'quvchi bilishi kerak" yana bir jihat shundaki, Qur'onda shoirlarga nisbatan qo'llangan salbiy iboralarga qaramay, Qur'onning o'zi she'riy tildan foydalanadi (26:224-225)(Makkiy suralarda). Ismoil Durmuş (Islom entsiklopediyasida) she'riyatning asosiy xususiyati "mubolag'a san'ati" ekanligini ta'kidlaydi.[1]
Dr. Daniel Brubaker eng qadimgi Qur'on matnlariga kiritilgan o'zgartirishlar, tuzatishlar va qo'shimchalar (unlilar va tinish belgilari kabi so'zlarning talaffuzidagi kichik farqlardan tashqari) haqida bir qator videolarni (uni "Qur'on versiyasi" deb ataydi) internetga joylashtirdi.[2]
Qur'onning izohlari va talqinlariga asoslanan Shariat qonunlari bugungi inson huquqlari, gender tengligi va individual din va so'z erkinligi nazaridan muammoli hisoblanadi.

Sunna (arabcha سنة — odat, anʼana, xatti-harakat tarzi) — islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan Muhammad (sav)ning soʻzi, qilgan ishi, xatti-harakatlari. Sunnaga tegishli har bir maʼlumot hadislarda berilgan va toʻplam qilingan. Sunna islomda Qurʼondan keyingi, uni toʻldiruvchi manba, islom ilohiyoti va shariatning ikkinchi asosi sifatida eʼtirof etilgan. Sunna VII asr oʻrtalaridan yigʻila boshlangan. Bir yarim—ikki asr davomida hadislar juda koʻpayib ketgan. Hadisshunoslik eng taraqqiy qilgan IX asrga kelib, ular tartibga solingan, din, axloq va fiqhning manbaiga aylangan. Imom Buxoriy va Muslim ibn Hajjojning hadis toʻplamlari eng obroʻli hisoblanadi. Sunnada arab xalifaligining dastlabki ikki asrida islom dinining taraqqiyoti va turli ijtimoiy qatlamlarning ahvolini koʻrsatadigan tarixiy maʼlumotlar oʻz ifodasini topgan.
Sunnaning ziddi bidʼat (Sunnada uchramagan yangilik) boʻlib, u ikki xildir. Birinchisi — "bidʼati hasana", yaʼni Sunnada uchramagan boʻlsada, islom dini taʼlimotiga zid boʻlmagan odatlar. Masalan, Muhammad (sav)ning tavallud kunini bayramona kutib olish; unga atalgan mavlud kitoblarini yozish; ramazon oyida jamoat bilan tunda tarovih namozi oʻqish; rasmiy hujjatlarga muhr bosish; arab tilini oʻrgatadigan qoida kitoblarini taʼlif etish va h.k. Ikkinchisi — "bidʼati sayyia", yaʼni Sunnada uchramagan va islom taʼlimotiga zid odatlar. Masalan, xatna munosabati bilan toʻy qilish; dunyodan oʻtganlarga bagʻishlab 7, 20, 40, yil, hayit kabi nomlar bilan xudoyi marosimlarini oʻtkazish; nikoh toʻyida qalin toʻlash va h.k. Muhammad (sav) ning hadislarida "Kimki biror yaxshi sunnatni joriy etsa, unga amal qiluvchilarning savoblaridan oʻz ulushini olib turadi, kimki yomon sunnatni joriy etsa, unga amal qiluvchilarning gunohlaridan oʻz ulushini olib turadi", deyiladi. Oʻzbek tilida sunna bilan sunnat soʻzlarining oʻrtasida farq bor. Hadisning barcha turlari ham sunnadir. Sunnat — hadislarda targʻib etilgan, ibodatda ham, muomalada ham qoʻllaniladigan amal. Masalan, tahoratda yuz, qoʻloyoklarni 3 martadan yuvish sunnatdir. Oʻgʻil bolani xatna qilish, uylanib oila qurish, farzandlarga yaxshi ism qoʻyish sunnat amallardan sanaladi.


Yüklə 41,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin