1. el-yurt umidi jamg‘armasi „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi



Yüklə 78,54 Kb.
səhifə1/18
tarix17.05.2023
ölçüsü78,54 Kb.
#115759
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mustaqil ta\'lim


1.EL-YURT UMIDI JAMG‘ARMASI
El-yurt umidi“ jamgʻarmasi — xorijda yashayotgan va professional faoliyatini yuritayotganlar, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va isteʼdodli yoshlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida hamda Oʻzbekistonda tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar tayyorlash maqsadida tuzilgan.
Quyidagilar jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilangan:

  • xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, ta’lim va tibbiyot muassasalarida, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida, ayniqsa, eng yangi materiallar, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va qoʻllash sohalarida ishlayotgan, qimmatli ilmiy-amaliy tajribaga ega vatandoshlar bilan aloqalar oʻrnatish;

  • davlat organlarining kadrlar boʻyicha xizmatlari tomonidan foydalanilishi va onlayn tarzda izlash amalga oshirilishi mumkin boʻlgan jahon mamlakatlari va mutaxassisliklar boʻyicha kataloglashtirilgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarning elektron reyestri (ma’lumotlar bazasi)ni yaratish va yuritish;

  • xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislar, shu jumladan vatandoshlarni ta’lim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, dolzarb muammolarini hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirish;

  • ta’lim, sogʻliqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida ishlayotgan vatandoshlar orasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha ularning gʻoya va fikrlarini toʻplash, umumlashtirish, tegishli tashkilotlarga yetkazish, shuningdek, toʻplangan materiallarni tayyorlash va tarqatishning samarali tizimini yaratish;

  • xorijda Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlashda, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy markazlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar salohiyatidan faol foydalanish;

  • rivojlangan mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha ta’lim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi istiqbolli mutaxassislarni, shu jumladan pedagoglar va ilmiy kadrlarni tanlab olish hamda tayyorlashni tashkil etish;

  • nufuzli xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda istiqbolli mutaxassislarni oʻqishini monitoring qilish, ularning Oʻzbekistonda munosib ishga joylashishiga koʻmaklashish, ushbu mutaxassislarning mehnat faoliyatini monitoring qilish, ularning kasbiy jihatdan oʻsishiga va lavozimlarga koʻtarilishiga koʻmaklashish;

  • Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning borishiga oid tahliliy materiallari chop etiladigan jurnallar, ilmiy toʻplamlarni tayyorlash va keng tarqatish;

  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarda kadrlarni xorijda tayyorlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish borasidagi ishlar holatini monitoring qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

ta’lim, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, ularni hamkorlik va rivojlanish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga jalb etish.

Yüklə 78,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin