1. Epidermal. Sub epiderma. O'rta qavat. Tapetum



Yüklə 2,41 Mb.
tarix17.10.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#156411
gul tuzilishi

  • Mavzu: Gullarning tuzilishi va to`pgillar. Osimlikklarning gullash davri, changlanish, urug`lanish, va ularning qishloq xo`jaligifagi ahamiyati.
  • Reja:
  • 1. Gullarning tuzilishi va rivojlanishi
  • 2.To’pgul va uning turlari
  • 3.Gulda sitoembriologik jarayonlarning amalga oshishi va rivojlanish bosqichlari
  • Gulo`rinda gul qismlari joylashishiga qarab uch guruhga bo`linadi

Changdonning shakli sharsimon, lentasimon, yoysimon ko'rinishida bo'lib,ko'pchiligida 6 burchakli - paralelopiped shaklida bo'ladi. Changdon devorning tuzilishi yaxshi o'rganilgan bo'lib ular quyidagilardan iborat 1. Epidermal. 2. Sub epiderma. 3. O'rta qavat. 4. Tapetum Sub epiderma qavati changdon yetilgandan keyin fibroz qavatini hosil qiladi. Fibroz qavatini doimiy o'lib borishi changdonni ochilishiga olib keladi. Changdonlarda yetilgan chang gulning ichiga (introz) va uning sirtiga (ekstroz) tushishi mumkin.Chang ipining tuzilishi, miqdori va uzun qisqaligi muhim sistematik belgi hisoblanadi. Ko'pchilik o'simliklarda chang ipi oddiy shoxlanmagan bo'ladi. Piyoz, kanakunjit, kayin o'simligida changchi ipishoxlangan bo'ladi.

  • Changchi va uning tuzilishi.

Changdonning tuzilishi

Urug'chi va uning tuzilishi

  • Urug'chilar yig'indisi ginisey deyiladi. Ular 1 ta yoki bir necha meva bargchaning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Masalan: olxo'ri, shaftolida 1 ta, karamda 2 ta, shoyigul, piyozda 3 ta, olma, nokda 5 ta, lolaqizg'aldoqda 9 - 11 ta meva bargchaning qo'shilishdan hosil bo'ladi.
  • Urug'chi quyidagi qismlardan tuzilgan bo'ladi. 1. tumshiqcha. 2. Ustuncha. 3. Tuguncha.
  • Tumshiqchaning vazifasi changni qabul qilishga xizmat qilishdir. Buning uchun unda ishlab chi-qilgan suyuqlik yordam beradi.Ustuncha tuguncha va tumshuqchani bir biriga bog'lab turadi. Ustun-chalar soni meva bargchalar miqdoriga bog'liq. Masalan: olma, nok 5 ta meva bargcha va 5 ta ustuncha hosil qilsa, chinnigulda 3 ta, labiguldoshlar va butguldoshlarda bitta ustuncha hosil qiladi. Uning rivojlanishidan urug' hosil bo'ladi.
  • Tuguncha gul qismlarining joylashgan o'rniga qarab quyidagi turlarga bo'linadi.
  • 1. Ostki tuguncha. 2. Ustki tuguncha. 3. O'rta tuguncha.
  • Gul tuzilishida changchi va urug'chini gulda joylanishiga qarab, gullar bir jinsli va ikki jinsli gullarga bo'linadi. Tabiatdagi yopiq urug'li o'simliklarning 75 % ikki jinsli gul hosil qilsa, 25 % bir jinsli gul hosil qiladi.
  • Bir jinsli gullar changchi va urug'chining qatnashishiga qarab otalik va onalik gullariga bo'linadi.

Gulkosa va gutojibarglar gul qavatlarini tashkil qiladi, gulda ham gulkosa, ham gultoji bargi bo'lsa ikki qavatli, gulda yoki gulkosacha yoki gultoji barg bo'lsa bir qavatli gullar deyiladi.

  • Gulkosa va gutojibarglar gul qavatlarini tashkil qiladi, gulda ham gulkosa, ham gultoji bargi bo'lsa ikki qavatli, gulda yoki gulkosacha yoki gultoji barg bo'lsa bir qavatli gullar deyiladi.
  • Bir qavatli gullar ayrimlari gulkosabargli (lavlagi, shavel) va gultojibargli (lola) bo'ladi.
  • Gultojibarglar - gulning ikkinchi qoplamini hosil qiladi. Ularning rangi xromoplastalar va hujayra shirasi pigmentlarga bog'liqdir. Hujayra shirasi tarikibidagi axtosian va antoxlor pigmentlari kislotali va ishqoriy muhitga bog'liq holda o'z rangini nomoyon qiladi.
  • Gul tekisligi tuzilishiga qarab gullarni 3 guruhga ajratish mumkin.
  • 1. Aktinomorf gullar. 2.Zigomorf gullar 3. Asimmetirik gullar.
  • Aktinomorf gullarda (to'g'ri) uning yuzasidan bir necha simmetirya o'tkazish mumkin. Zigomorf gullar yuzasidan faqat bitta simmetiriya o'tkazish mumkin.
  • Masalan: Labguldoshlar, dukkakguldoshlar shunday gul hosil qiladi. Asimmetirik gullar yuzasidan birorta ham simmetriya o'tkazish mumkin emas. (Kanna, valeriana gullari).
  • To'pgullar
  • To'pgullar

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin