1. Huquqshunoslik fani o`qitish metodikasining vazifalari, asosiy funksiyalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/6
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126785
  1   2   3   4   5   6
Райимкулов Отабек


REJA:
I. Kirish.


II. Asosiy qism.
1.Huquqshunoslik fani o`qitish metodikasining vazifalari, asosiy funksiyalari.
2. Huquqshunoslikni o'qitish metodikasi predmeti.
3. Huquqiy fanlarni o'qitishda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash metodikasi.
4. Huquqshunoslik darslarida o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning o`rni.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH



Insoniyat qadim zamonlardan buyon davlat va huquq masalalariga katta qiziqish bilan munosabatda bo'lib keladi. Davlat hokimiyati hamda huquqiy hayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelganligi barchaga ayon. Bu voqeliklar mustaqil O'zbekiston Respublikasi uchun ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Biz yaqin о ‘tm ishimizda sinfiv hukm ronlikning quroli sifatida davlat haqidagi markscha g'oyani shior qilib olib, bu nazariyani dogmaga, davlat va huquqni esa sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni yengish vositasiga aylantirgan edik. Mustaqillik tafakkurining mahsuli sifatida bu borada ham yangiclia nazariy qarashlar qaror topdi. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov talqinida davlat va huquq yangicha tavsifga ega bo'ldi. «Demokratiya sharoitida, — deb ta’kidlaydi yurtboshimiz, — davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo'rlik va bostirish yo'li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi.
Huquqning o'ziga esa ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi sifatida yondashiladi».
Demokratik huquqiy davlatni barpo qilish, rivojlantirish, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini o'stirish, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlovchi huquqiy tizim to‘g'risida asosiy tasavvurga ega bo‘lishi lozim.
Shunday ekan, asosiy maqsadimiz bo‘lmish demokratik huquqiy davlatni barpo etish va rivojlantirishda yoshlarga huquqiy-demokratik davlat tizimi va mohiyatini chuqurroq o'rganish, qonunlarni bilish, ularga rioya etishni ta’minlashda huquqiy maktab asosiy о‘rinni egallaydi. Bu borada prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek «Qonunlar ijrosini ta 'minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyatini ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Biz «Adolat-qonun ustuvorligida» degan hayotiy tamoyilga qat’iy amal qilib yashashimiz zarur».
Barcha oliy о‘quv yurtlarida huquqshunoslik fani о‘rganib kelinadi. U boshqa fanlar orasida yaqqol nufuzli mavqega ega. Mazkur fan о‘zining metodologik va nazariy asos sifatidagi xususiyatlari bilan, butun yurisprudensiya sohasini о ‘ziga qamrab olganligi bilan ajralib turadi.
Bugungi о‘zbek jamiyati о'zi uchun huquqiy davlat, inson huquqlari va shaxs erkinligi, demokratik fuqarolik jamiyati, siyosiy hurfikrlilik (plyuralizm), hokimiyatlar taqsimlanishi, qonun ustuvorligi, mustaqil sud hokimiyati kabi fundamental tushunchalarni qayta kashf etmoqda. Tan olish lozimki, jamiyat ijtimoiy siyosiy va ma’naviy hayotini zamonaviy marifiy tamoyillar asosida isloh etishda davlat va huquq benihoya katta rol о‘ynaydi. Shu bois davlat tuzilishi, demokratik siyosiy tuzilishning mavjud bo'lishi, huquqiy munosabatlar oqilona tizimining tashkil etilishi kо‘p jihatdan mamlakatimizdagi davlat-huquqiy institutlarning faoliyatiga bog’liqdir.
Mustaqillik yillari mobaynida yurtimizda demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish yo‘lida huquqiy jihatdan kо‘pgina ishlar qilindi. Respublikada davlat idoralarining, shu jumladan, huquqiy muassasalarning izchil tizimi shakllantirilmoqda. Demokratik institutlarni hayotimizga olib kiruvchi va bozor munosabatlarini ma’rifiy shaklda joriy etishga imkon beruvchi qonunlar majmui yaratilmoqda. Hozirgi vaqtda yangi iqtisodiy munosabatlarni shakllantiruvchi, demokratik siyosiy tizim tarkibiy tuzilmalarini ham fuqarolik jamiyati bo'g'inlarini vujudga keltiruvchi, inson huquqlari kafolatlari tizimini qaror toptiruvchi, bir so‘z bilan aytganda, butun ijtimoiy-siyosiy hayotimizning huquqiy negizini barpo etadigan 300 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilindi. Ayniqsa, О'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi о‘tgan mustaqil rivojlanish davrimizdagi qonun chiqarish faoliyatining gultoji bo'ldi.


  1. Yüklə 0,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin