1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 21,18 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü21,18 Kb.
#35643



[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.19.00 Chet ellik fuqarolarni o‘quv muassasalariga o‘qishga qabul qilish]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining

buyrug‘i

O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 5-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1992-2]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga muvofiq buyuraman:



1. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2009-yil 6-iyuldagi 180-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1992, 2009-yil 5-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 32-33-son, 365-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Vazir U. INOYaTOV

Toshkent sh.,

2018-yil 26-aprel,

5-mh-son

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 26-apreldagi 5-mh-son buyrug‘iga


ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

1. 4-bandning uchinchi xatboshisidan “va notarial tasdiqlangan nusxalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.



2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Qabul komissiyasi tomonidan maktabda o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqaroning hujjatlari, uni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma hamda u bilan tuziladigan shartnoma (kontrakt) loyihasi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga yuboriladi, shundan so‘ng ular tomonidan hujjatlar jamlanib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga yuboriladi.

Vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarda tashkil etilgan qabul komissiyasi tomonidan hujjatlar tegishli vazirlik va idoralarga yuboriladi.”.

3. 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Xorijiy fuqarolarning hujjatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzurida tuzilgan xorijiy fuqarolarni maktabga o‘qish uchun qabul qilish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.

Vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarda o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqarolarning hujjatlari ushbu vazirlik va idoralar tomonidan 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi.”.

5. 10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

6. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“13. Maxsus komissiya tomonidan xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng, hujjatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tegishli maktablarga yuborish uchun tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga yuboriladi.”.

7. 14-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

8. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I. MADJIDOV

2018-yil 26-aprel



Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV

2018-yil 26-aprel



Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV

2018-yil 26-aprel



Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV

2018-yil 26-aprel


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/1992-2/1171-son)

Yüklə 21,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin