Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 296,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.03.2023
ölçüsü296,27 Kb.
#88566
  1   2   3   4
Namuna referat (2) (1)



OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR 
VAZIRLIGI 
Ta’lim fakulteti
“Maktabgacha ta'lim” ta'lim yo'nalishi ish stajiga ega 
bo'lgan mutaxassislar uchun sirtqi ta'lim” yo’nalishi 
4-guruh talabasi Yo’ldashev Axrorjon Egamnazar o’g’lining
“Axborot kommunikatsiya texnologiyalari”
fanidan 
“Maktabgacha ta’lim sohasida dasturiy ta’minotlar”
mavzusida tayyorlagan 
Qabul qildi:
______________ 
Tayyorladi:
______________ 
Qo‘qon 2023 


Mavzu: Maktabgacha ta’lim sohasida dasturiy ta’minotlar
 
REJA 
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida AKT
2. MTT da Zamonaviy dasturlarning ahamiyati. 
3. MTT da dasturiy ta’minotlarning o’rni. 
4. Xulosa 
5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari. 


Maktabgacha ta’lim tashkilotida AKT
 
Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarsiz 
hech bir soha taraqqiyotini tasavvur qilib bo`lmaydi. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim 
va tarbiya berishda zamonaviy axborot texnologiyari imkoniyatlaridan keng 
foydalanish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish eng dolzarb vazifalardandir. Mazkur 
maqolada maktabgacha ta`lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda 
tashkil etish, bolalarni sog’lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazishda 
ta‘lim samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining ahamiyati to`g’risida 
fikr yuritilgan, shuningdek zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta‘lim 
tashkiloti pedagoglari va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari oldiga dolzarb 
vazifalarni qo`yganligi yoritilgan. 
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan axborotlashtirish tizimi jamiyatimizning 
barcha sohalari qatorida ta‘lim sohasini ham qamrab olmoqda. O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari 
sohasini yanada yanada takaomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi 2018-yil 
19-fevraldagi PF-5349 - sonli hamda 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son “Raqamli 
O`zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish 
chora-tadbirlari to`g’risida”gi Farmonlari shuningdek, “O`zbekiston Respublikasida 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini 
tashkil etish to`g’risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi 3549-sonli Qaroriga muvofiq 
jamiyatimizning boshqa sohalarida bo`lganidek, maktabgacha ta‘lim sohasida ham 
ta‘lim jarayonlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan keng 
foydalanish ta‘lim sifatini ta‘minlovchi vositalardan biriga aylanmoqda. 
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta‘limning ilk bosqichi bo`lgan 
maktabgacha ta‘lim sohasiga kiritilishi pedagog xodimlarning oldiga katta 
mas’uliyat qo`yilishi bilan birga, ularning o`z ustida ishlab, AKT buyicha bilim 
saviyasini oshirishni, shuningdek ularning izlanuvchanligi va ijodkorligini talab 
etadi. Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanishdan kutiladigan natijalar quyidagilarda yaqqol namoyon bo`ladi: 


birinchidan, maktabgacha ta‘lim sohasida ta‘lim sifati va bolalarni maktabga 
tayyorlash samaradorligining yaxshilanishi; ikkinchidan, bolalarning erkin fikrlashi 
doirasi va dunyoqarashining kengayishi; uchinchidan, bolalarning intellektual
ijtimoiy-hissiy va ijodiy rivojlanishi darajasining oshishi; ota-onalar bilan 
maktabgacha ta‘lim tashkiloti hamkorligining yanad mustahkamlanishi va 
qulaylikni ta’minlashi bilan afzaldir. 

Yüklə 296,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin