bo`lsak, kompyuterlashtirilgan texnologiyalarda samarali natijalar namoyon bo`ladi.
Kompyuter ekranida axborotning o`yin shaklida aks etishi
bolalarda shu faoliyat
turiga nisbatan diqqat va qiziqishini uyg’otadi; harakat, tovush, multiplikatsiya
tasvirlari bola xotirasida uzoq vaqt taassurot qoldiradi. Muammoli masalalarning
qo`yilishi va ularninig to`g’ri yechimini kompyuter
orqali topilishi bolalarda
mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. O`zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta'lim konsepsiyasida ko`rsatilganidek, kompyuter
bolaga alohida yondashuv imkonini yaratadi, bu jarayonda har bir bolada o`z
intellektual darajasida va shaxsiy xususiyatlaridan
kelib chiqib topshiriqni
bajarishiga imkon bo`ladi. O`z navbatida, bolalarda kompyuter va smartfonlardan
to`g’ri foydalanish ko`nikmasini shakllantirish, mazkur texnika vositalarining ijobiy
imkoniyatlari bilan birga salbiy tomnlari ham mavjudligini nazarda tutish zarur. U
faqat ta'limning samaradorligini va zamonaviyligini ta'minlash uchun xizmat qilishi
lozim.
AKTning maktabgacha ta'limga kiritishidagi
dolzarb muammolardan yana
biri
zamonaviy
axborot
texnologiyalari
sohasida
pedagog
xodimlar
kompetentligining yetarli emasligidir. Bugungi kun pedagoglari zmon bilan
hamnafas ravishda o`z bilim va ko`nikmalarini mustaqil oshirib borishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: