1. Ikki o‘xshash tovush bir so‘zda kelganda, ulardan birining noo‘xshash tovushga almashinishi qaysi



Yüklə 7,17 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.12.2023
ölçüsü7,17 Kb.
#197944
test



1.Ikki o‘xshash tovush bir so‘zda kelganda, ulardan birining noo‘xshash tovushga almashinishi qaysi
qatordagi so‘z talaffuzida uchraydi? a)ketdi b)tuproq c)birorta d)tuzsiz 2.n harfi so‘z tarkibida qaysi
harflardan oldin kelganda ba’zan m tarzida talaffuz qilinadi? a)v, p b)k, sh c)f, t d)b, m 3. “’”belgisi
orqali undoshning unlidan ajratib aytilishi qaysi so‘zlarda uchraydi? a)a’lo, ta’na b)ma’vo, sa’va
c)san’at, fe’l d)qit’a, jur’at 4.Qaysi qatordagi so‘zlar talaffuzida tovushga nisbatan harf ko‘pligini
aniqlang. a) g‘isht, shirin, farzand b)do‘st, go‘sht, dastyor c) qiynalib, traktor, daraxt d)yurist,
xursand, metr 5.Quyida berilgan gaplarning qaysisida ohang o‘zgarishi orqali farqli fikr hosil qilish
mumkin? a)- Nima bo‘ldi, qizim, nega yig‘layapsan? b)Haligi sumka ko‘targan qizini chaqirdi.
c)Gulchehra mo‘ysafidga nima javob qilishni bilmay, o‘zini tramvayga otdi. d)Tog‘ qushlarining
sayrashi qo‘ylarning ma’ragan ovozlariga jo‘r bo‘lmoqda. 6.Og‘zaki nutqning tovush tizimini yozma
nutqda qanday berilishini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi qanday nomlanadi? a)orfografiya
b)orfoepiya c)grafika d)fonetika 7.Berilgan qaysi so‘zlarda qo‘sh undosh bir undosh sifatida talaffuz
qilinadi? 1) chaqqon; 2) million; 3) metall. a)3 b)2 c)1, 2, 3 d)2, 3 8.Adabiy talaffuzning umumiy
me’yoridan chekinish bo‘lgan so‘zlar qatorini aniqlang. a)ushta, usso‘m, besso‘m, yussiz, qushdi,
yeshdi, issiz b)oshshi, ishshi, yuzzi, qorri, otta, aqqa, boqqa c)bo‘sa, kesa, bo‘gan, kegan, qogan, opti,
qopti d)pas, go‘sh, xursan, Samarqand, dart, balant, bant 9.So‘zlar tarkibida “q” tovushi “x” tarzida
talaffuz etiladigan qatorni toping. a)maqtanmoq, taqsimot, taqsir b)chiroq, qaymoq, qirg‘oq
c)chumchuq, qisqa, to‘qmoq d)maqbara, to‘liq, tutqun 10.Imloda tor va keng unli ketma- ket kelgan,
tor unli talaffuz qilinmaydigan so‘zlar qatorini toping. a)muovin, muallim b)saodat, maorif c)muattar,
taomil d)muammo, tabiiy 11. Og‘zaki nutqda qaysi so‘z tarkibidagi portlovchi tovush ba’zan
sirg‘aluvchi tovush tarzida talaffuz qilinadi? a)to‘qson b)xohish c)maktab d)tuzsiz 12.Qaysi qatordagi
so‘zlarda ikki undosh tovush o‘rtasida unli tovush orttirilib talaffuz qilinadi? a)stol, stul b)sport, mehr
c)fikr, hukm d)do‘st, xursand 13. 1) tinmay; 2) o‘n besh; 3) qamchin; 4) qantarmoq; 5) manmanlik; 6)
sunbul. Berilgan qaysi so‘zlarda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi? a)1, 3, 4, 5 b)2, 4, 6 c)3, 5, 6 d)1,
2, 5, 6 14. Talaffuz qoidalariga ko‘ra qaysi so‘zda “’” belgisi bo‘g‘ini ayirib o‘qish uchun xizmat
qiladi? a)qal’a b)ma’naviy c)she’r d)ta’rif 15.Qaysi qatordagi sozlarda “o” unlisi “a” singari talaffuz
qilinadi? a)savol, bahor, zamon b)dekoratsiya, boks, noyabr c)okulist, tonna, tort d)dekoratsiya,
omonim, monitoring 16.So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga qaratilgan maxsus qonun-qoidalar majmui
… a)fonetik qoidalar deyiladi b)orfoepiya qoidalari deyiladi c)orfografiya qoidalari deyiladi
d)grammatik qoidalar deyiladi 17.Og‘zaki nutqning tovush tizimini tilshunoslikning qaysi bo‘limi
o‘rganadi? a)orfoepiya b)orfografiya c)fonetika d)grafika 18.Og‘zaki nutqning qonun va qoidalarini
tilshunoslikning qaysi bo‘limi o‘rganadi? a)orfoepiya b)orfografiya c)fonetika d)morfologiya

Yüklə 7,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin