TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT
UNIVERSITETI
«XISOB VA BIZNES »
kafedrasi
Ishlab chiqarish amaliyot
Hisoboti.
BAJARDI: BXA- 1 guruh talabasi ASHURALIYEV DAVLATJON
QABUL QILDI: BABAXANOVA NILUFAR
TOSHKENT-2023
Kirish.
Men Ashuraliyev Davlatjon Qoʻqon shahrida joylashgan
Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli (pch
-6) da
buxgalteriya boʻlimida amaliyotimni oʻtadim.
Amaliyot
davomida ancha koʻnikmaga ega boʻldim. Amaliyot
davrining 1-haftasida tashkil obyekti bilan tanishib
chiqdim. Tashkilotnig oʻz qonun qoidalari,
tartib qoidalari
va xavfsizlik qoidalari bilan tanishdim.Qisqacha
korxonaning tarkibiy tuzilishi haqida maʼlumot oldim.
Avvalo "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ tarixiga nazar
s
oladigan boʻlsak, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ
O’zbekiston respublikasi hududida joylashgan sobiq O’rta
Osiyo temir yo’llari bazasida 1994 yil 7 noyabrda tashkil
topgan. Umumiy temir yo’l uzunligi 3645
kmni tashkil
etadi. Jamiyatda 54.7 mingdan ortiq xodimlar faoliyat
ko’rsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha turdagi
transportlarning yuk ayirboshlashi qo’shilmasining 90%
tashkil etadi.
Hozirgi kunda jamiyat tuzilamasi tubdan isloh qilinmoqda.
Alohida e’tibor muayyan sohalarni hususiylashtirishga
qaratilmoqda.
Jamiyatning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilardir:
Tarqatish va temir yo’l orqali
yuklarni yetkazib berish;
Temir yo’l vagonlarini sozlash va texnik xizmat ko’rsatish;
Yo’lovchi, sayyohlik tashishlar;
Xizmat ko’rsatish, lokomotiv va vagon p
arkini yangilash.
Jamiyat uchun ustuvor yo’nalish
quyidagi sarmoya
loyihalarini amalga oshirish hisoblanadi:
Optik tolali liniyalar yordamida aloqa kanallarini
mustahkamlash;
Yangi harakatlanuvchi tarkib sotib olish (elektrovoz va
vagonlar) hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish;
Yangi temir yo’l
liniyalarini qurish;
Temir yo’llarni elektrlashtirish;
Yo’llarni kapital ta’mirlash loyihalarini amalga oshirish,
jamiyat zavodlarida yo’lning ustki
qurilmasi elementlarini
ishlab chiqarishni tashkil qilish va h.z
Jamiyatda sarmoyaviy qo’llab quvvatlashni talab
qiladigan bir necha loyihalar mavjud bo’lib, ular amalga
oshirilgan taqdirda sarmoyachiga
katta foyda olib kelishni
va’da qiladi.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ 1993 yildan beri Temir yo’l
Hamkorlik Tash
kiloti a’zosidir. Jamiyat Xalqaro Temir
yo’llari Ittifoqi va Osiyo va Tinch okeani hududidagi
BMTning Iqtisodiy komissiyasi
bilan uzviy aloqaga ega
.